Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқур-
лаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. - Т., 2010.
425
tutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan iboratdir. Qonunlarni qabul qilish,
kuchga kiritish tartibi Konstitutsiyaning 84-moddasida, Konstitutsiyaga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi esa, uning oltinchi bo‘limida
belgilangan.
Konstitutsiyaga ko‘ra (84-modda), qonun Qonunchilik palatasi
tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan
tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon
qilinishi ular qo‘llanishining majburiy shartidir.
O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va
uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish ham Oliy Majlis
palatalarining birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. «O‘zbekiston
Respublikasining referendumi to‘g‘risida» (yangi tahrir) 1991-yil 18-noyabr-
dagi qonunga muvofiq, referendum O‘zbekiston Respublikasining qonun
larini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz
berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita
ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
referendumni tayinlash tartibi mazkur qonunning 14-moddasida mustah-
kamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish Oliy
Majlis palatalarining birgalikdagi eng muhim vakolatlaridan hisoblanadi.
Oliy Majlis palatalari ushbu vakolatlarini, qoida tariqasida qonunlar va
muhim davlat dasturlarini qabul qilish orqali amalga oshiradi. Jumladan,
2012 yildagi qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tashqi
siyosiy faoliyati konsepsiyasi bilan O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy
maqsadi, prinsip va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Parlament
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi (1997-y.) va
boshqa bir qator strategik ahamiyatga ega davlat dasturlari qabul qilingan.
Oliy Majlis palatalarining muhim vakolatlaridan yana biri - bu
O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilashdan iborat. Ushbu
vakolat ham odatda qonun qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xususan, Oliy Majlis «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
to‘g‘risida», «Sudlar to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarni qabul qilish orqali
ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimi va vakolatlarini
belgilab bergan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati davlat hamda ma’muriy-
426
hududiy tuzilish masalalarini hal etish borasida ham keng vakolatlarga ega.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini
qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi
haqidagi qarorlarni tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-
hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini
o‘zgartirish, tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning
nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiradi. Ushbu vakolatlarni amalga
oshirish tartibi «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish
masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida» (1996-y.) hamda «Geografik
obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi (2011-y.) qonunlar bilan belgilangan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bojxona, valuta va kredit
ishlarining qonun yo‘li bilan tartibga solishni ham amalga oshiradi. Bunga
misol tariqasida «Boj tarifi to‘g‘risida» (1997-y.), «Valutani tartibga solish
to‘g‘risida» (yangi tahrir) (1993-y.), «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»
(1996-y.), «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi (2006-y.) qonunlarni keltirish
mumkin.
Konstitutsiyamizning 78-moddasida soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni joriy qilish ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining
birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. Ushbu vakolatning ijrosi, qoida
tariqasida, qonunlar qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Jumladan,
parlament tomonidan 2007-yilda qabul qilingan Soliq kodeksida soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarning tizimi o‘z aksini topgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi
vakolatlaridan yana biri - bu davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis
etishdan iborat. Ushbu vakolatni amalga oshirish tartibi 1995-yilda qabul
qilingan «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilangan.
Konstitutsiyamizning 78-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
va Senatining parlament nazoratini amalga oshirishga oid muhim vakolatlari
ham mustahkamlangan. Jumladan, ushbu moddada Oliy Majlis palatalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilishi va uning ijrosini
nazorat etishi belgilab qo‘yilgan.
Parlament palatalarining ushbu vakolatlarini amalga oshirish tartibi
2003-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun
chilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunlarda belgilab
qo‘yilgan. Ularga ko‘ra, navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjeti
loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy
yilning 15 oktabridan kechiktirmay Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Davlat
budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi
427
shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, bu ma’ruzadan so‘ng mas’ul
qo‘mitaning vakili so‘zga chiqadi. Bunda mas’ul qo‘mitaning vakili
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha
fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Fraksiyalarning (depu
tatlar guruhlarining) qaror loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga
olinishi shart. Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan
joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunchi
lik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti mazkur budjet qabul
qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida ko‘rib chiqish uchun Senatga
yuboriladi. Davlat budjeti bo‘yicha qaror Senat tomonidan joriy yilning
15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida
Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi
axborotni va zarur materiallarni yuboradi. Qonunchilik palatasi Davlat
budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini ko‘rib chiqadi. Uni
ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
hisoboti, mas’ul qo‘mitaning xulosasi fraksiyalarning (deputatlar guruh
larining) fikrlari va takliflari eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi va tegishli
qaror qabul qilinadi.
Konstitutsiyamizning
78-moddasida
belgilangan
Oliy
Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining parlament nazoratini amalga oshirish
sohasidagi vakolatlari qatoriga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va
muhokama qilish, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini
ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda
urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon
qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki
tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlashni kiritish mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati davlat hokimiyati
organlarini shakllantirish sohasida ham birgalikdagi muhim vakolatlarga ega.
Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda
tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylashni kiritish
mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Konstitusiyamizning
78-moddasida belgilangan birgalikdagi vakolatlaridan yana biri - bu xalqaro
428
aloqalar sohasiga doir bo‘lib, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va
denonsatsiya qilishdan iborat. Parlament palatalarining ushbu vakolati qonun
qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Oliy
Majlis palatalarining barcha vakolatlari ifodalanmagan. Shu bois, ushbu
moddaning 21-bandida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Konstitu-
tsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mustah-
kamlab qo‘yilgan. Bunday vakolatlar qatoriga, xususan, Oliy Majlis tomoni-
dan Konstitutsiyaning 10-moddasida belgilangan O‘zbekiston xalqi nomidan
ish olib borish, 60-moddasida belgilangan siyosiy partiyalarning o‘z
faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqidagi oshkora hisobot-
larini eshitish, 98-moddasida belgilangan Bosh vazir lavozimiga nomzod
taqdim etadigan Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga
mo‘ljallangan harakat dasturini ko‘rib chiqish kabilarni kiritish mumkin.
Konstitutsiyaning 79-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
mutlaq vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda «mutlaq vakolat»
deganda, faqat Qonunchilik palatasining o‘zi amalga oshiradigan vakolatlar
nazarda tutiladi. Bunday vakolatlarga:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning
o‘rinbosarlarini saylash;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini
daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
- o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar
yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qilish kiradi.
Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning
80-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, ular nafaqat Senat faoliyatini tashkil
etish, balki davlat organlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza
qiluvchi organlarni shakllantirish, tashqi siyosat, amnistiya, davlat rahbari-
ning farmonlarini tasdiqlash, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish
bilan bog‘liqdir.
Xususan, Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, Oliy sudi
va Oliy xo‘jalik sudini saylaydi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muho
faza qilish davlat qo‘mitasining raisini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki boshqaruvining raisini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod
etadi.
Oliy
Majlis
Senati
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
429
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Hisob palatasi raisi, Milliy
xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda ularni lavozimlaridan ozod etish
to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
raisining hisobotlarini eshitadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo-
matik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod
etadi.
Oliy Majlis Senatining yana bir mutlaq vakolati - bu O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi
hujjatlarni qabul qilishdan iborat. 2005-yilda, ya’ni ikki palatali parlament
shakllanguniga qadar amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi.
Senat, shuningdek, mutlaq vakolatlari doirasida:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik
huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
- o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar
yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |