Ekologik xususiyatlari. Ko’poyoqlilar tunda faol hayot kechiruvchi hayvonlardir. Kunduzgi yorug’dan qochib toshlar osti, daraxtlar po’stlog’i tagi va yoriqlariga yashirinib oladi. Ko’poyoqlilar nasl uchun qayg’iruvchi hayvonlar hisoblanadi.
Ko’poyoqlilar yirtqichlik bilan oziqlanadi. Ularning oziqasi turli mayda hasharotlar, chuvalchanglar va boshqa tuproq hayvonlari hisoblanadi. Ko’poyoqlilar issiq o’lkalarda keng tarqalgan. Eng yiriklari esa tropik mintaqalarda uchraydi. Masalan, uzunligi 28 sm keladigan kivsyak va skolopendra tropiklarda ko’p tarqalgan. Shuningdek Kavkaz, Markaziy Osiyo va Qrimda ham ko’pgina turlar tarqalgan. Ayrim ko’poyoqlilar (laboyoqlilardan skolopendra) zaharli bo’ladi.
Ko’poyoqlilar katta sinfi simfillar, pauropodalar, ikki juftoyoqlilar va laboyoqlilar sinflariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |