Ikki juft oyoqlilar sinfi – Diplopoda. Turlarida har bir tana bo’g’imida ikki juftdan yurish oyoqlari bo’ladi. Boshida bir juft kalta mo’ylovlari, ikki juft jag’lari va ko’zlari joylashgan. Boshidan keyingi bo’g’imida oyoq bo’lmaydi, undan keyingi uchta bo’g’imda esa bir juftdan oyoqlar bo’ladi. Gavdaning oxirgi 1-3 segmentlaridan tashqari, barchasida ikki juftdan oyoqlar bo’ladi. Kenja sinf 3000 ga yaqin turni o’z ichiga olib, ular chirindisi ko’proq bo’lgan tuproqda yashaydi. Ayrimlari zaharli bo’ladi. Keng tarqalgan turlaridan har xil kivsyaklar, masalan o’rmonlarda kulrang kivsyak (Sarmatoiulus kessleri), qrim kivsyagi (Pachyiulus flavipes) larni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |