23-ma’ruza. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi. Ko’poyoqlilar katta sinfi


Ko’poyoqlilar katta sinfi - Myriopoda



Download 27,77 Kb.
bet2/12
Sana01.08.2021
Hajmi27,77 Kb.
#135481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
23-мавзу

Ko’poyoqlilar katta sinfi - Myriopoda

Tashqi tuzilishi. Ko’poyoqlilar nuqul quruqlikda yashovchi bug’im-oyoqlilarning 13000 ga yaqin turini o’z ichiga oladi. Tana shakli chuvalchagsimon bo’lib, asosan ikki qismdan yaxlit bosh va segmentlardan tashkil topgan gavda bo’limlaridan iborat. Ko’poyoqlilarning gavdasini tashkil etuvchi segmentlar soni har xil guruhlarida turlicha sonda bo’ladi. Masalan, simfillalarda gavda bo’g’imlari 14 ta, pauropodalarda 11 ta bo’lsa, laboyoqlilarning ayrimlarida 177 tagacha bo’lishi mumkin. Ko’poyoqlilarning boshi gavdadan aniq chegara bilan ajralib va u akron hamda 4 ta (ba’zilarida 3 ta) segmentning qo’shilib yaxlit bo’lib ketishidan iborat. Boshda mo’ylovlar va og’iz organlari joylashgan. Mo’ylovlar bir juft, bir juft yuqori jag’lar yoki maksillalar bo’ladi. Mo’ylovlar qisqichbaqalarning antennulalariga gomologdir. Bu mo’ylovlar ma’lum darajada uzun, ingichka bo’g’imlarga bo’lingan va shoxlanmagan. Mo’ylovlar tuyg’u va hid bilish vazifasini bajaradi.

Ko’poyoqlilarning og’iz organlari turli guruhlarida turlicha tuzilishga ega. Masalan, simfillar va laboyoqlilarda og’izni old tomondan xitin teri burmasidan hosil bo’lgan yuqori lab to’sib turadi. Yuqori jag’larning ichki qirralari ikkita tishchali kalta plastinkalardan iborat. Ko’poyoqlilarning ko’pchiligida ikkala juft pastki jag’lar asosiy bo’g’imdan va unda joylashgan bo’g’imli jag’ paypaslagichi va bo’g’imlarga bo’linmagan chaynash plastinkalaridan iborat. Ba’zan paypaslagich ham, chaynash plastinkasi ham qisman reduksiyalangan bo’lishi mumkin. Pauropodlar va ikki juftoyoqlilarda yuqori lab va yuqori jag’dan keyin bitta toq plastinka ya’ni gnatoxilyariy joylashgan. U laboyoqlilarning pastki jag’larining 1-nchi juftiga mos keladi. Ko’poyoqlilarning tuban taraqqiy etgan guruhlarida boshdan keyingi gavda segmentlari gomonomdir. Laboyoqlilarning tanasida bunday bug’imlar navbatlashib joylashadi. Ikki juftoyoqlilar tanasida dastlabki to’rtta bo’g’imdan tashqari hammasi juft-juft bo’lib qo’shilib ketadi.

Ko’poyoqlilarning yurish oyoqlari ham bir xilda tuzilgan bir qator bo’g’imlardan iborat. Oyoqlarning uchi tirnoqqa aylangan. Lekin laboyoqlilarning birinchi juft jag’oyoqlari ancha yirik bo’lib, asosiy bo’g’imi yo’g’onlashgan, keyingi bo’g’imi ilmoqqa o’xshash bo’ladi. Ushbu oyoqlarning asosida zahar bezi joylashgan bo’lib, uning teshigi ilmoq uchida ochilgan. Bezning zahari hayvonlarga ta’sir etib, o’ldiradi. Ba’zida zahar odamga ham ta’sir etishi mumkin.

Ko’poyoqlilarning tana qoplag’ichi ham yupqaroq bo’lib, mum qavatiga ega emas, suv bug’lanishiga to’sqinlik qilolmaydi.




Download 27,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish