Sezgi organlari tuyg’u, hid bilish va ko’zlardan iborat. Tuyg’u va hid bilish vazifasini mo’ylovlardagi tuklar va qadoqchalar bajaradi. Ko’poyoqlilarning anchagina guruhlarida noma’lum vazifani bajaruvchi maxsus sezuv organlari bo’lib, ular temeshvar organlari deyiladi. Aftidan bu organlar gigro- va xemoresepsiya vazifasini bajaradi. Ular boshning ikki yon tomonidagi kichikgina chuqurchalardan iborat. Ushbu chuqurchalar tubi sezuvchi hujayralar to’plamidan iborat yo’g’onlashgan bo’ladi. Bu organ bosh miya tomonidan nervlar bilan ta’minlangan.
Aksariyat ko’poyoqlilar ko’zlar bilan ta’minlangan. Ular 2, 4 yoki ko’p bo’lishi mumkin. Ko’zlar boshning ikki yon tomonida joylashgan bo’lib, tuzilishi jihatdan oddiy ko’zlarni eslatadi. Lekin ayrim ko’poyoqlilarning (pashsha tutar - Scutigera) ko’zlari haqiqiy fasetkali ko’zlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |