Ovqat hazm qilish sistemasi. Ichak to’g’ri naysimon. Oldingi ichak og’izdan boshlanadi va u jag’larning o’rtasida joylashgan. Og’iz halqumga ochiladi. Og’iz bo’shlig’i bilan so’lak bezlari bog’langan. Kivsyaklarda u uch juft bo’lib va har qaysi juft o’z yo’llariga ega. So’lak bezlarining ikki juftini yo’llari og’iz bo’shlig’iga ochilsa, 3-nchi juftining yo’li gnatoxilyariumga ochiladi. Laboyoqlilarda so’lak bezlari 3-5 juft bo’lib, ektodermadan shakllangan. O’rta ichakda oziq mahsulotlari hazm bo’ladi va so’riladi. Keyingi ichak ancha kalta bo’ladi. Ko’poyoqlilarning ayrim guruhlari o’simlikxo’r bo’lib, chiriyotgan barglar, o’simlik qoldiqlari, yog’ochchil qismlarning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Laboyoqlilar esa yirtqichlik bilan oziqlanib, hasharotlarni ko’plab nobud qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |