2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Rus va chet-el fonologik maktablari



Download 6,57 Mb.
bet11/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

1.6. Rus va chet-el fonologik maktablari.

Harf bilan tovushning qorishtirilishi Yevropada Yunon-Rim tilshunoslari asarlarida ham kuzatiladi. Masalan, IV asrda yashagan Prissiananing grammatikasida harfga oid terminlar tovushga nisbatan qollanadi. Bunday qorishtirilish XIX asrgacha davom etadi. Taniqli olim, qiyosiy-tarixiy tilshunosliknjng asoschilaridan biri bo`lgan Yakob Grimmning 1819-yilda yozilgan «Nemis grammatikasi» («Deutsche Grammatik», LGottingen, 1819) kitobining birinchi qismi «Harflar xususida» («Von den Buchstaben») deb nomlanganligi ham shundan guvohlik beradi. Yosh grammatikachilar (mladogrammatikachilar) tillarning qadimgi tovush tizimlarini qayta tiklash va bu tizimlarning keyingi taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlash ishlarida qadimgi yozma yodgorliklarning harflariga tayanib ish ko`rganlar. Bu ham yuqoridagi fikrimizning bir isboti.

Akademik L.V. Shcherba bunday holatning maktab darsliklarida ham kuzatilishini tanqid qilib, 1904- yilda shunday degan edi: «Tovush va harflarning qorishtirilishi mualliflarni morfologiyada ham noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi». Prof. L.R. Zinder L.V. Shcherbaning bu tanqidiy fikrini maktab darsliklarigagina emas, ayrim ilmiy grammatikalarga ham xos deb hisoblaydi: uningcha «-a» va «-h» ning ikkita har xil qo‘shimcha ekanligi faqat yozuvdagi holatdir, tilda esa ular, aslida, bitta qo‘shimchaning o‘zi.

Korinib turibdiki, o‘tmishda harf va tovush sistemalari ko‘pincha farqlanmagan. Biroq XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, tilshunoslikda og‘zaki va yozma nutqlar tilning alohida-alohida yashash formalari ekanligi ta'kidlana boshlanadi. Xususan, taniqli rus va polyak tilshunosi I.A. Boduen de Kurtene o`zining «Rus vozuvining rus tiliga munosabati» kitobida nutqiy faoliyatning ikki turi - talaffuz va eshituvga hamda yozish va ko‘rishga asoslangan turlari borligini aytadi, ammo bu ikki formani u bir-biriga teng dcb hisoblamaydi. Uningcha, nutqning talaffuzga va eshitishga asoslangan shakli yozma shaklga bogliq bo`lmagan holda mustaqil ravishda yuzaga kelishi mumkin, yozishga, va ko‘rishga asoslangan nutq shakli esa faqat talaffuzga va eshitishga asoslangan nutqqa bog`liq ravishda anglashiladi.

Tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti shuni ko‘rsatdiki, faqat tovush biian harf emas, balki tovushning fizik tabiati bilan uning til mexanizrnidagi roli ham doimo bir-biriga mos bo`lavermas ekan. Bu masala I.A. Boduen de Kurtenening 1870- yilda yozilgan «X1V asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik dissertatsiyasida o‘z ifodasini topadi: unda fonetikaning ikkita vazifasi borligi alohida takidlanadi: 1- vazifa — tovushning fizik tabiatini o`rganish. Bu vazifa fonelikaning akustik va fiziologik aspektiarini tashkil qiladi; 2-vazifa — tovushlarning til mexanizmidagi rolini, xalqning sezishi, his etishida tovushlarning ahamiyatini o`rganish. Bunda tilning eng kichik (minimal) birligi haqidagi tushunchaga asos solinadi. Keyinroq bu birlik I.A.Boduen de Kurtene va uning shogirdi N.Krushevskiy tomonidan fonema deb nomlanadi. Shundan boshlab, fanda harf bilan tovushnigina emas, baiki tovush (fon) bilan fonemani ham qat’iy farqlash zarurati paydo boladi.

I.A. Boduen de Kurtene 1881-yilda nashr etilgan «Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari» nomli asarida «Fonema so‘zning o‘zaro qiyoslanayotgan qismlari orasida o‘zining bo‘linmasligi bilan xarakterlanadi», - deydi. Tovushlarning morfema tarkibidagi almashinuvi qonuniyatiga asoslanib, u fonemaning bo`linmas bir butun tovush shaklidagina emas (masalan, вopom. poв so‘zlarida bo‘lganidek), balki tovushning bir qismi (masalan, cяду so‘zidagi yumshoq «c» caд so‘zidagi qattiq «c» ning bir qismi) bolishi yoki hatto morfema va so'zning tarkibida bolaklarga ajralmaydigan holga kelib qolgan ikki va undan ortiq tovush qo‘shilmasidan (masalan, врашать, воротить so'zlaridagi «pa» va «opo» dan) tarkib topishi ham mumkinligini aytadi. Bundan shu narsa anglashiladiki, I.A. Boduen de Kurtene fonemani fonetik birlik sifatida emas, etimologik-morfologik birlik sifatida qaragan, biroq shu joyning o‘zida u «fonema» tushunchasining ikki xil ekanligini:

1) antropofonik (akustik- artikulatsion) xususiyatlar umumlashmasidan iboratligini;

2) morfemaning harakatchan komponenti va muayyan morfologik kategoriya belgisi bolishini ham aytib o‘tadi. Shunday qilib, u fonemaning antropofonik aspekti borligini tan oladi, uni morfologik aspektdan farqlash lozimligini uqtiradi.

Keyinroq I.A. Boduen de Kurtene fonema haqidagi fikrini o‘zgartirib, unga sof psixologik taVifberadi: 1894- yilda (polyak tilida) yozilgan «Fonetik alternatsiyalar nazariyasi yuzasidan tajriba» nomli ishida u fonemani til tovushlarining psixik ekvivalenti deb baholaydi, 1917- yilda yozilgan «Tilshunoslikka kirish» kitobida ham olim shu fikrni takrorlaydi: «... bizning psixikamizda tovush xususida, aniqrog'i, tovushni talaffuz qilish paytidagi murakkab ish kompleksi haqida doimiy tasavvur shakllangandir. Biz uni fonema dcb ataymiz», - deydi u.

I.A. Boduen de Kurtenening yuqoridagi fikrlari va ta'riflarini tahlil qilar ekanmiz, ularda quyidagi muhim holatlar ko‘zga tashlanadi: 1) olim tilda nutq tovushlaridan boshqa elementlar borligini sezgan, tilshunoslarning e`tiborini shu elementlarga tortishga harakat qilgan. Bu elementlarni u keyinchalik «fonema» deb nomlagan; 2) u fonemani goh morfemaning harakatchan komponenti, goh «nutq tovushlarining psixik ekvivalenti, goh morfema tarkibida lisoniy qiymatga ega bo'lgan til bitiigi deb tariflagan. Bularning barchasida fonemaga oid tovush almashinuvi muammolari va nutqning morfologik bolinishi nazariyasi bilan bog`langanligini ko‘ramiz.

A. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi g‘oyalari tilsliunoslikda fonetika fanining yanada ko‘proq rivoj topishiga, uning yuqori bosqichi (oliy formasi) bo`lgan fonologiyaning tarkib topishiga olib keladi. Bu g‘oyalar keyinchalik chet ellarda, masalan, Praga tilshunoslik to‘garagi faoliyatida fonologik tadqiqotlar olib borilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Akademik Filipp Fedorovich Fortunatov rahbarlik qilgan Moskva Tilshunoslik maktabi, I.A. Boduen de Kurtenening rahbarligidagi Qozon lingvistik maktabi, A.X.Vostokov rahbarligida Peterburg lingvistik maktablari yaratildi va ular tilshunoslikning bir qator sohalari bilan birga tilshunoslikning Fonetika va fonologiya sohasida ham muhim tadqiqotlar olib bordi. Mashhur rus va polyak tilshunosi Boduen de Kurtenening ilmiy faoliyati muhim ahamiyatga ega.

XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar maydonga keldi. Bu maktablarning ilmiy prinsiplari hozirgacha ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

I. A. Boduen de Kurtenening ta’limotida tubandagilar juda muhimdir:

Ma’lum tarkibiy qismlar va kategoriyalar kompleksi bo’lgan tildan uzluksiz takrorlanib turadigan protsess tilini farqlash kerak. Ma’lumki, buni de Sossyur til va nutq deb nomlaydi.

Tilda tovushlar emas, fonemalar, ya’ni tovush tasavvurlari mavjuddir. Fonema esa material birlik bo’lmay, psixik birlikdir. Uningcha, til hodisalarini psixologik va fiziologik jixatdangina tushuntirish mumkin. U fonema haqidagi ta’limotni yaratar ekan, fonemani akustik-fiziologik tasavvur elementlarining yig’indisi, ayrim shaxsning psixo-fonologik faoliyati deb izoxlaydi. Unda psixologizm, shteyntalchilik juda kuchli.

Boduenning ta’limotiga ko’ra, fonemaning o’zi ma’noga ega bo’lmasa xam, ma’noga va morfologiyaga aloqador bo’lib qoladi. Shuning uchun u farqlash, ajratish vazifasini bajaradi. Qiyoslang: ruscha chaynik— taynik, mat — dat.

2. Til qurilishida Boduen uch darajani: I) so’z va gaplarning fonetik tuzilishi;

2) so’zlarning morfologik tuzilishi;

3) gaplarning morfologik tuzilishini ajratdi.

SHu asosda u tilshunoslikka morfema haqidagi ta’limotni kiritdi.




Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish