2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Til strukturasi va uning o‘rganilishi



Download 6,57 Mb.
bet9/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

1.4. Til strukturasi va uning o‘rganilishi

Strukturaviy tahlil va strukturalarni qoliplashtirish tabiiy va gumanitar fanlar uchun bir xilda muhimdir. Struktura tushunchasining shakllanishida va barcha fanlarda qo‘llanishida psixologiya fanida yuzaga kelgan ruhiy struktura (Gestalt) atamasi muhim rol o‘ynadi. Keyingi davrlarda lingvistik strukturalizm g‘oyalarining boshqa gumanitar fanlar, masalan, falsafa rivojiga ta’siri haqida fikrlar bildirilmoqda (Skrelina 2002: 59).

Xullas, struktura g‘oyasi inson bilimlari to‘plamidan muhim o‘rin egalladi. Qator fanlarni umumlashtiruvchi kibernetika ham aslida sistemalar, ularning strukturasi va ushbu sistemalarni qoliplashtirish muammolari bilan shug‘ullanadi. Shu sababli «struktura» tushunchasining mohiyatini aniqlashtirish harakati davom etmoqda (Shalina 2005).

Ushbu tushunchaning umumiyligi uning ta’rifini falsafiy mazmun ifodasi nuqtai nazaridan izohlashni talab qiladi. Tilshunoslikda ham, xuddi boshqa sohalardagidek, ushbu tushuncha izohi u yoki bu falsafiy ta’limot ta’sirida bo‘lishi mumkin (Qiyoslang: Gumboldt 1985: 370-381; Protasov 1999: 142-143; Radchenko 2002: 140-144; Backhouse 1994: 12-14).

Binobarin, semasiologiyaning asoschilaridan biri bo‘lgan V.Bryondal «struktura» tushunchasi Sossyur talqinidagi «sistema»ga va Sepir talqinidagi «lisoniy maqsad modeli»ga mos kelishi haqida gapirib, quyidagicha ta’rif bergan: «Psixologiyada struktura (nem.gestalt, ing. pattern) tushunchasi yangicha mazmunda, ya’ni elementlarning oddiy birikmasiga qarama-qarshi yaxlitlikni atash uchun qo‘llanmoqda. Bu yaxlitlikdagi elementlar bir-birini taqozo etadi va o‘zaro aloqasi asosida mavjuddir» (Bryondal 1965: 97).

L.Yelmslev til strukturasini «tobeliklar zanjiri yoki aniqroq aytilganda, funksiyalar to‘ri» sifatida aniqlaydi. «O‘z ichki tuzilishi jihatidan bosqichli bo‘lgan» til strukturasi tahlilini Yelmslev «deduktiv asosda, ketma-ket mavhumlikdan konkretlikka intilgan holda bajarilish»ni taklif qiladi va olim bu usulni imperik metod deb ataydi (Yelmslev 1965: 101).

Praga strukturalistlari til strukturasini vazifaviy yondashuv asosida talqin qilmoqchi bo‘lganliklari haqida to‘xtalgan edik. Ularning vakili V.Skalechko, L.Yelmslev ta’rifini izohlab, quyidagilarni yozadi: «Yelmslev tilshunosligi ham muammoni chegaralash yo‘lidadir. Birinchidan, unda semasiologiya o‘ta cheklangan. Semasiologiya muammosi struktura muammosiga tobelashtirilgan: semasiologik vazifa lisonning vazifalaridan biridir, vazifa esa til tarkibiy qismlarining munosabatidan boshqa narsa emas. Turli tillarning farqi ham ularni shakllantiruvchi tamoyillarning turlicha yaratilganligidadir. Demak, farqlanish masalasi struktura muammosiga tenglashtiriladi» (Skalechko 1965: 154).

V.Skalechkoning qaydicha, strukturani shakl sifatida talqin qilish ayrim masalalarga bir tomonlama yondashishga olib keladi. Masalan, til va borliq munosabatini (semasiologik muammo), tillarning o‘zaro munosabatini (lisoniy tipologiya), til va uning qismlari o‘rtasidagi munosabatni (til strukturasi). Pragalik olimlar «til boshqa ijtimoiy strukturalardan ajralgan mustaqil struktura» degan fikrga qo‘shilmaydilar (Skalechko 1965: 151). Tilni lisoniy jamoaning muloqot va ekspressiv – ifoda ehtiyojini qondiruvchi tizim sifatida talqin qilish til strukturasining boshqa strukturalar bilan aloqasini e’tirof etishga olib keladi. Demak, til taraqqiyotini lisoniy jamoa taraqqiyoti tarixidan ajratib bo‘lmaydi.

AQSH tilshunosligida (Chomsky 1993: 17-20) til strukturasi muammosi qo‘yilmaydi, chunki amerikaliklar asosan nutq faoliyati tadqiqi bilan shug‘ullanadilar; diskreptiv tilshunoslikda ham xuddi generativ grammatikadek til strukturasi va sistemasi nazariy muammo emas. Amaliy tadqiqotlarda struktura tushunchasi lug‘at tushunchasiga qarama-qarshi qo‘yiladi (Xemp 1964: 209-210) va matn tahlili asosida mantiqan shakllantiriladigan model sifatida qabul qilinadi. dastlabki bosqichlarida asosiy maqsad tilning kuzatilayotgan holatini tavsiflash bo‘lib, uning sabablarini aniqlash yoki izohlash esa nazardan chetda qoldi. Tadqiqotchining vazifasi nutq elementlarini qayd qilish va tasniflashdan iborat edi. Z.Z.Xerrisning yozishicha, «diskreptiv tilshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda biror bir shevadagi misollarni to‘plash va ularni tahlil qilish amallari bajariladi. To‘plangan nutqiy birliklar misollari tadqiqot materialini tashkil qiladi, uning tahlili esa elementlarning nutqiy tuzilmada joylashuvinii yoritish bilan chegaralanadi. Tahlil qilingan material tilning despriktiv modeli sifatida qaraladi» (Xerris 1965: 216).

To‘plangan materialning, kategoriya va ularning munosabatlarining tavsifi diskreptiv tilshunoslikda ramzlar vositasida beriladi. Bu nutqiy uzviylikni yoritish imkonini beradi. Til deskriptiv modelining tuzilishi nutq doirasidan boshlanadi.

Deskriptiv tahlil natijalaridan qoniqmagan generativistlar (Klimova 2000) ham til strukturasi tahliliga biror bir yangilik kiritishmadi, chunki transformatsiya grammatikasi deskriptivizmni davom ettirib, uni to‘ldiradi.

Tilning generativ (yaratuvchan) modeli deskriptiv g‘oyalarga asoslanadi va nutqiy tuzilmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bu model oldindan berilgan, «tug‘ma» struktura sifatida izohlanadi. Bu fikrning to‘g‘riligi tavsiflanayotgan obyektga nisbatan aniqlanmasdan, balki uning tuzilishinng aniqligi bilan belgilanadi. Bunday yondashuv balki to‘g‘ridir, chunki tadqiqotchining diqqati shakllantirilayotgan tizimga qaratilib, uning qo‘llanishi esa e’tiborga olinmaydi. Bu yo‘sindagi tahlil metodi mavhum xulosalarga olib kelishi muqarrardir.

Shunday qilib, generativ tilshunoslik sohasida amerikalik tilshunoslarnig asosiy e’tibori lisoniy hodisalarning formal tahlili uslublarini yaratishga qaratildi.

Bu borada E. Koseriuning fikrini eslatmoqchimiz: «Amerika strukturalizmi tadqiqot uslubidir, Yevropa strukturalizmi esa mavhum nazariy tuzilmadir (faraz)» (S.O.Soseriy 1963: 146). Amerika tilshunosligining pragmatik tus olishi esa L.Blumfild va boshqalar tayangan falsafiy pozitivizm g‘oyalarining ta’siri deb hisoblanadi (Blount, Sanches 2003: 111-112).

Tilning struktur qurilishi muammosi «struktura» tushunchasining umumfalsafiy muammolariga borib taqaladi, chunki har bir nazariyaning umummetodologik asoslarini aniqlamasdan turib, tahlil metodlari va amallari borasida biror bir tavsiya berish mushkuldir.

Falsafa fanida «struktura» tushunchasiga qator ta’riflar berilgan. Bular orasida V.I. Sviderskiy keltirgan ta’rif ko‘pchilikka ma’qulroq: «Dunyoda strukturaga ega bo‘lmagan hodisa va jarayon yo‘q. Bu harakatning mohiyati bilan bog‘liqdir, zero, u nafaqat materialning turli sifatdagi, ko‘rinishdagi holatini yaratadi, balki ularning umumiy aloqasini, hamkorligini, bir-birini taqoza etishini ta’minlaydi» (Sviderskiy 1962: 18).

O‘zaro aloqadagi har qanday hodisa, jarayonni element sifatida qaragan V.I.Sviderskiy ushbu aloqaning xarakteri, uni hosil qiluvchi vosita, qonuniyatni struktura deb hisoblaydi: «struktura tushunchasi sifatida biz yaxlitning aloqa vositasi tamoyili va qonuniyatini hamda ushbu yaxlitlik doirasida elementlar munosabatini tushunamiz» (O‘sha asar, 18-b).

Strukturaga elementlarning yaxlit doirasidagi aloqa usullari va qonuniyatlari sifatida qaralishi har bir elementning yaxlitlikdagi o‘rnini ta’kidlash imkonini beradi. Yuqorida aytilganidek, geshtaltpsixologiya oqimida elementlarning yaxlitlikka nisbatan roli yo‘qqa chiqarildi. Bu g‘oya tilshunoslikka ham singgib kirib, sistema elementlari munosabatining absolyutlashtirilishiga olib keldi. Masalan, bunday holni glossematikada ham kuzatish mumkin. Bu oqimda voqeiy lisoniy elementlar sifatida «tovushlar yoki belgilar vositasida ifodalanadigan munosabatlar elementlari» qaraladi (Yelmslev 1965: 103). Natijada, «munosabatlar to‘plami» «tilshunoslikning predmeti» deb e’lon qilinadi (O‘sha asar, 104-b).

Deskriptiv tilshunoslikdagi tahlil jarayoni ham ushbu g‘oyaga tayanadi. Bu yerda ham elementlarning tavsifi uning atrofidagi bo‘laklar bilan bo‘lgan munosabati, aloqasiga asoslanadi.

Strukturaning ustunligi muammosi haqidagi bahs davom etmoqda.

Til sistemasini aniqlashda ifodalanmish (denotat) yoki ifodalovchi (signifikat) nuqtai nazaridan yondashish mumkin. Birinchi holda ma’noning lisoniy kategoriya ekanligi haqidagi fikr bahs uyg‘otadi (Monech 2000: 69-70; Pirs 2000: 16-17).

Birinchi yondashuvga ergashish natijasida tilshunoslikni psixologiyadan, inson muloqot qobiliyatining psixologik xususiyatlaridan chetlashtirish holati yuzaga keldi. Til «toza munosabatlar» tizimi, belgilar tizimi sifatida talqin qilina boshlandi. Bundan tashqari, ma’noni lingvistik kategoriyalar safidan chiqarib tashlash istagi kuchaydi. Xuddi shunday fikrda bo‘lgan faylasuflardan biri – A.G.Volkov ma’noni lisoniy hodisalar qatoriga kiritmaslik, tilning moddiy belgilar sistemasi bo‘lishi hamda bu belgilar strukturadagi vazifalariga binoan ma’lum xususiyatga ega bo‘lishi haqidagi g‘oyaga mos keladi deb ko‘rsatgan edi (Volkov 1966: 68). Bu olim ma’noni «nolisoniy, tilning belgili strukturasi bilan bog‘liq bo‘lmagan» kategoriya sifatida qaramoqchi bo‘ladi: «demak, lisoniy belgida ma’no yo‘q, u ongda hosil bo‘ladi (psixik hodisa) va tilshunoslik, mantiq, psixologiya fanlari uchun umumiy obyektdir» (Volkov 1966: 69).

Boshqa bir yondashuvda ma’noning lisoniy kategoriya ekanligi to‘liq e’tirof etiladi va lisoniy tahlil birliklarining ma’no xususiyatlarini qamrab oladi deb ko‘rsatiladi. Bu borada, albatta, farang tilshunosi G.Giyomning nomini eslamaslikning iloji yo‘q. U har bir elementning ifodalanmishlar tizimidagi rolini uning ma’nosi orqali aniqlashga undaydi. Demak, elementning tizimdagi o‘rnini aniqlash uning boshqa elementlarga munosabatini aniqlashdan oldin turadi.

Til, Giyomning ta’rificha, ifodalanmishlar va ifodalovchilarning umumiyligi asosida tarkib topgan sistemadir. Ifodalanmish tasavvur doirasiga kirsa, ifodalovchi esa ifoda doirasidadir. Bu holda til nutqning imkoniyati va yashirin zahirasi bo‘lib xizmat qiladi.

G.Giyomning morfologiya doirasiga oid tahlil uslublari uning shogirdlari tomonidan sintaktis sathiga tadbiq etildi (Moeschler 1998: 14).

«Til sistemasi» iborasini ba’zan «til strukturasi» iborasi bilan baravar ishlatadilar. Masalan, A.A.Reformatskiyning fikricha, «Sistema bu bir xil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning birligidir». «Struktura» deganimizda turli elementlarning yagona yaxlitlikdagi birligi tushuniladi (1967: 25; 31). Agar sistemani o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli elementlarning birligi deb tushunsak, gap tilning umumiy sistemasi haqida emas, bir til ichidagi bir necha sistemalar haqidagina ketishi mumkin. Bu holda bir necha kichik sistemalardan iborat bo‘lgan tilni «sistemalarning sistemasi» deb tan olsak, bu atamaning ishlatilishi yuqoridagi qoidaga xilof bo‘lar edi.

G.S.Shurning fikricha, «Muayyan obyektning elementlari (umumlashmasi) struktura deb ataladi. Bu strukturada mavjud elementlarning umumiy o‘zaro bog‘liqligi sistema deb ataladi» (1964).

Y.S.Stepanovning qaydicha, «struktura deyilganda, elementlarning o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi». Tilning strukturasi bu uning fonemalari, morfemalari, tuzilmalari va ular orasidagi munosabatlardir.Til strukturasi uning yashirin asosidir. U mavjud tilga nisbatan abstrakt tushunchalar orqali o‘rganiladi»(1966: 8).

G.P.Melnikov til tizimi ta’rifida tizimlilik nazariyasining umumiy xulosalariga tayanadi: «Sistema deyilganda, o‘zaro bog‘liq qismlardan-elementlardan tashkil topgan, munosabatlarning aniq sxemasiga, ya’ni strukturasiga ega bo‘lgan har qanday murakkab birliklar tushuniladi. Shunday ekan struktura sxemaning ko‘rsatkichlaridan biridir» (1967:98).

Shunday qilib, «sistema» va «struktura» tushunchalari bir-birlariga yaqin tursalarda, bir xil ma’no anglatmaydilar. Lug‘atlarda ta’riflanishicha, «sistema» so‘zi grekcha bo‘lib «tashkil qiluvchi qismlardan iborat bo‘lgan butunlik» degan ma’noni anglatadi. «Struktura» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «tuzilish», «qurilish», «joylashish» degan ma’nolarni ifodalaydi. «Sistema» so‘zi «struktura» so‘ziga nisbatan kengroq ma’noga ega.

«Til sistemasi» - til birliklari, kategoriyalari, sathlarining tipik munosabatlaridir.

«Til strukturasi» bu birliklarning qismlari va sathlari orasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchadir.

«Til birligi» deyilganda, tilning bir-birlaridan bajaradigan vazifasi, tuzilishi va til sistemasidagi o‘rni bilan farq qiladigan doimiy elementlari tushuniladi. Tilning nominativ birliklari - so‘zlar, kommunikativ birliklari - gaplar, tuzuvchi birliklari (nominativ va kommunikativ birliklarni tuzuvchi) – fonema va morfemalar, so‘z shakllari va so‘z birikmalari mavjud.

«Til kategoriyasi» deyilganda, bir xil til birliklarining guruhlari tushuniladi. Kategoriyalar umumiy belgiga asoslangan holda ajratiladi. Masalan, otlarda va sifatlarda rod, son, kelishik kategoriyalari, fe’llarda zamon, mayl, nisbat kategoriyalari mavjud.




Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish