2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


I-Modul. “Ona tili nazariyasi” qismi bo’yicha



Download 6,57 Mb.
bet6/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

I-Modul. “Ona tili nazariyasi” qismi bo’yicha

1-Mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Fonetika va fonologiyaga oid g’oyalar. Fonetikaning tadqiqot aspektlari.

Reja:

  1. Til belgilar sistemasi sifatida

  2. Til sistem-strukturaviy tuzilma sifatida

  3. Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar

  4. Tilshunoslikda sistema va struktura tushunchalarining mazmuni

  5. Fonetika va fonologiya

  6. Rus va chet-el fonologik maktablari.

  7. O’zbek tilshunosligida fonetika va fonologiya

  8. Anatomik-fiziologik aspekt

1.1. Til belgilar sistemasi sifatida

Til odamlarning o‘zaro muloqotga kirishuvida foydalaniladigan, ularning ongida saqlanadigan, biroq konkret fikrlaridan, hissiyotlaridan, istaklaridan xoli bo‘lgan material birliklar tizimidir (Djonson – Lerd 1988: 234-235).

Til bu belgilar tizimi. Belgilar esa muayyan ma’noni va uni ifodalash vositasining umumlashmasidir.

Insoniyat jamiyatida muloqot, o‘zaro fikr almashinuvning ro‘y berishi, ya’ni qanday vositalar bilan axborotni bir-birlariga uzatish, bu vositalarning paydo bo‘lishi, ularning qanday qo‘llanilishi, qanday o‘zgarishlarga duchor bo‘lishi haqidagi fan semiotika (grekcha «sema» - belgi) deb ataladi (Kravchenko 2001: 20).

Semiotika fanining asoschisi amerikalik faylasuf Ch.Pirs (1839-1914) birinchilardan bo‘lib, o‘zi asoslagan fanning tekshirish obyektini (jamiyatda foydalanadigan turli belgilar sistemasi), belgilarning mohiyatini va o‘zaro munosabatlarini aniqlab, tasnif qildi.

Tilshunos olimlardan semiotika fanining rivojlanishiga Ferdinand de Sossyur katta hissa qo‘shdi. U tilni belgilar sistemasi sifatida ta’riflaydi. Agar Ch.Pirs semiotika fanining asoschisi hisoblansa, Sossyurni, tom ma’noda, tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan umumiy tilshunoslikning bir bo‘limi – lingvosemiotika fanining asoschisi deb atash mumkin.

Til belgisi moddiy tuzilmadir. U voqelikdagi predmetni, xususiyatni, munosabatlarni anglatadi. Til belgilarining majmui belgilar sistemasining vujudga kelishiga olib keladi. Ushbu sistema muayyan fikriy (mantiqiy) mazmun (ifodalanmish) va fonematik jihatdan bir-birlaridan ajrala oladigan belgilar (ifodalovchi) yig‘indisidan iborat. Lisoniy belgining bu ikki aspekti inson ongiga doimiy bog‘langani holda turg‘un birikuvni hosil qiladi va ijtimoiy ahamiyatga molik ma’noni anglatadi. Bu ikkala aspektning ajralmasligi, yagona butunligi asosida borliqnnig muayyan bir bo‘lagi, ya’ni alohida voqea va hodisalar inson ongida o‘z aksini topadi va lisoniy ifodalanadi (Losev 1982: 30-31).

Belgining har ikkala aspekti bir-biriga bog‘liq holda mavjud bo‘ladi, ammo til tizimining umumiy assimetriya qonunlariga bo‘ysunadi.

Eng tipik lisoniy belgi so‘zdir. Chunki insoniy bilimlarning barchasi va predmetlarni obrazlari orqali bilish ajdodlarning fikrlash jarayonining natijasi sifatida so‘zlarda o‘z ifodasini topgan. Shunday qilib, so‘z birligi kumulyativ ma’noga ega, u ya’ni ilgaridan jamlanib kelinayotgan axborotlar yig‘indisidan iborat.

Ayrim so‘z birliklarida ifodalangan ma’no insoniyat to‘plagan tajribalarning, ularni o‘rab turgan olamdagi fakt va hodisalarning sxematik in’ikosi bo‘lib, ular tavsiflovchi, ta’riflovchi belgilarni, ya’ni to‘liq ma’noli so‘zlarni hosil qiladilar.

Boshqa til belgilari ifodalaydigan ma’nolar (olmoshlar, predloglar, bog‘lovchilar) til belgilari orasidagi ichki munosabatlarni, murakkab lisoniy belgilar – gaplar tarkibida fikrning turli munosabatlarini ifodalovchi axborotdan iborat.

Alohida ichki tizim orqali ifodalanadigan ma’nolar, masalan, o‘ziga xos ma’no anglatuvchi belgilar so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi morfemalar bo‘lib, ular ma’no ifodalaydilar va shu sababli ularni ayrim hollarda «yarim belgilar» deb ham atashadi (Back, Harnish 2000: 44-46).

So‘z belgisining asosiy farqlovchi xususiyatlaridan biri u ifodalaydigan ma’noning (ifodalanmishning) bosqichli prinsip asosiga qurilganidir. Zero, har qanday so‘z belgisi ifodalagan shakl fonemalardan, har qanday tilda chegaralangan miqdordagi «semasiologiyalashgan» (I.A. Boduen de Kurtene) tovushlardan tashkil topadi. Ular turli birikuvlar orqali obyektiv borliqdagi, inson faoliyatining barcha jihatlariga oid tushunchalarni nomlovchi birliklarni yasaydilar. So‘z birligining quyi bosqichida turuvchi ishtirokchilari fonemalarning farqlovchi belgilari bo‘lib, ular faqat perseptiv (his qilish, idrok qilish) funksiyanigina emas, balki distinktiv (farqlovchi) funksiyani ham bajaradilar. Differensial belgili fonemalar o‘ziga xos «belgilarning belgisi» (K.L.Byuler, O.S.Axmanova, Y.S.Stepanov), «figuralar» (L.Yelmslev) deb ham talqin qilinadi.

Shunday qilib, so‘z belgisi umumiy bilishga oid vazifadan tashqari, tilning kichik strukturaviy (fonema, morfema) va katta (so‘z birikmalari, gap) birliklarini identifikatsiyalash (ajratish) vazifasini ham bajaradi.

Bu birliklar til belgilarining murakkab tizimi sifatida ikki tomonlama ifodalanishi bilan xarakterlanadi, zero, ular dastlab vositalar sistemasida (predmet va hodisalarning ma’nosini anglatish uchun), keyin esa nutqda kommunikantlar o‘rtasida axborot uzatish, pragmatik ta’sir o‘tkazish uchun ishlatiladi (Makeyeva, Selenko 1998).

Lisoniy belgilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va shuningdek, bir-biridan ajralgan holda ishlatilmaydi. Har qanday til elementi u yoki bu sistema, mikrosistema, qator doirasida sayqallangan namunalar asosida ikki turdagi strukturaviy o‘zgarishlar, ya’ni paradigmatik va sintagmatik birikuv qonuniyatlariga ko‘ra qo‘llaniladi.

Xullas, lisoniy belgi quyidagi xususiyatlariga nisbatan tasnif qilinishi mumkin:

1. Belgi yasash tamoyiliga (usuliga) ko‘ra:

a) belgi yasashning semiologik usuliga ko‘ra (leksik morfemalar, to‘liq ma’noli va yordamchi so‘zlar);

b) ikkilamchi ma’no anglatuvchi belgilar (E.Benvenist). Ular semantik interpretatsiya tamoyiliga binoan farqlanadilar (bular qatoriga barcha diskursiv – nutqiy birliklar kiradi);

2. Fikrning tugallanganligi yoki tugallanmaganligiga ko‘ra lisoniy belgi to‘liq (gap) yoki to‘liqsiz (so‘z, so‘z birikmasi) bo‘lishi mumkin;

3. Nutq harakatiga bog‘liq va bog‘liq emasligiga nisbatan lisoniy belgi virtual (nutqda faollashmagan) yoki aktual (faollashgan) bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘z belgisi ma’nosini faollashtirish uch bosqichda amalga oshadi:

a) so‘z-leksema, semantik jihatdan bo‘linmas virtual belgi (masalan, «uy»).

b) so‘z birikmasi semantik jihatdan alohida belgilardan tashkil topadi (masalan, «eski uy», «ota uyi»);

v) so‘z qo‘llanishi–jumlada to‘liq faollashgan so‘z belgilari (masalan, «Bu uy arzon sotiladi»).

Misollarda keltirilgan oxirgi ikki lisoniy belgi o‘zaro oppozitsiyaga ega: virtual so‘z belgisi (leksik sistemada) – aktual so‘z belgisi (nutq aktida); Ular o‘rtasidagi oraliq uzv ma’lum darajada faollashgan so‘z belgisi – til leksik tizimining elementi (birligi).

4. Asosiy xususiyatlari umumiyligiga ko‘ra (kategorial ma’nosiga, nutqda bajaradigan funksiyasiga, qo‘llanish doirasiga ko‘ra) til belgilari semiologik sinflarga ajratiladilar:

a) xarakterlovchi – to‘liq ma’noli so‘zlar;

b) identifikatsiyalovchi – atoqli otlar;

v) kvantitativ – sonlar;

g) deyktiv belgilar – subyektiv, obyektiv va ichki struktural munosabatlarni ifodalovchi so‘zlar (kishilik, ko‘rsatish va boshqa olmoshlar);

d) bog‘lovchi so‘zlar (relyativ) – predloglar, bog‘lovchilar.

Nutqiy xususiyatga ega strukturasi va ifodalagan ma’nosiga ko‘ra turli-tuman bo‘lgan, nafaqat vaziyatni, balki «fikr mahsuli» bo‘lgan hodisalarni, faktlarni ifodalovchi to‘liq lisoniy belgilar alohida semiologik guruhni tashkil qiladi.


Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish