2021 denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy – gumanitar fakulteti «ilmiy tadqiqotlar metodologiyaSI»



Download 2,71 Mb.
bet61/129
Sana03.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#735437
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129
Bog'liq
ЎҚУВ УСЛУБИЙ МАЖМУА МЕТОДОЛОГИЯ 2021 (2)

Nazariya va fakt

Fakt empirik bilish natijasi sifatida o‘rganilayotgan hodisa haqida ma’lumot beradi. Nazariya esa bitta faktni emas, balki fakt ortida bo‘lgan hodisa, u bilan turdosh hodisalar, ular o‘rtasidagi aloqadorliklar va mavjud qonuniyatlarni tavsiflaydi, tushuntiradi.
Fakt yakka, individual hodisa haqidagi axborotni saqlaydi. Nazariya ob’ektga oid barcha faktlarni umumlashtiradi, ular uchun umumiy bo‘lgan qoida yoki xulosaga ega bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, fakt yakkalikni, nazariya umumiylikni ifodalaydilar. Mazkur qat’iy farq ayni paytda ular o‘rtasida dialektik bog‘lanishni taqozo etadi. Dialektik bog‘lanishni asosida:

  1. Nazariya faktlarda ifodalangan mazmunni umumlashtiradi, tushuntiradi, shu asosda ob’ektning holati va funksiyalarini bashorat qilishi mumkin.

  2. Fakt nazariy qoida va xulosalarni asoslaydi, isbot qiladi, namoyish etadi.

  3. Har qanday nazariya strukturasi va tarkibida (zaminida) faktlar qatlami mavjud.

  4. Yangi faktlarni tushuntirish asosida yangi nazariyani ishlab chiqish imkoniyati mavjud.

Hozirgi zamon postnoklassik ijtimoiy – gumanitar fanlarda faktning metodologik xususiyati yangicha talqin qilinmoqda. Yangi yondashuvga kura faktni mazmuni bitta hodisa haqida ma’lumot, empirik bilim berish bilan cheklanmaydi. Mammoli vaziyat mazmunni tushunishda, unga berilayotgan talqinda namoyon bo‘ladi.Sababi, fakt ortidagi hodisa ko‘p boshqa hodisalar bilan bog‘langan, turli vaziyatda o‘zini turlicha ko‘rsatishi mumkin.
Demak, faktni tushunish va tushuntirish ochiq, ko‘p variantli bo‘lib, har xil sharoit va voqelik doirasida turli mazmunga ega bo‘ladi, bir qancha uslubiy yondashuv negizida talqin qilish imkoniyati mavjud.


4.Nazariy tadqiqot bosqichlari

Tadqiqotni strukturasi haqida gapirganimizda uning ko‘p bosqichli jarayon ekanligiga e’tiborni qaratgan edik. Har bir bosqichda tadqiqotning ma’lum muammolari hal bo‘ladi.


Rossiyalik olim V.P.Branskiyning fikricha tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Ob’ektni empirik, tajribaviy o‘rganish;

  2. Birlamchi nazariy tadqiqot;

  3. Mushohadali nazariy tadqiqot;

  4. Fundamental nazariy tadqiqot

Empirik tadqiqot bosqichida, qayd qilganimizdek, kuzatish, faktlarni yig‘ish, muammoga oid materiallarni qayd qilish, ularni qayta ishlash, tasniflash va birlamchi umumlashtirish amalga oshiriladi.
Birlamchi nazariy tadqiqotda oldingi bosqichda olingan ma’lumotlar va faktlar o‘rganiladi, ular mavjud nazariy tasavvurlar va tushunchalar bilan taqqoslanadi. Bu esa yangi nazariy tasavvurlar ishlab chiqilishni zarur shartidir. Shu tarzda bo‘lajak nazariyaning unsurlari shakllanadi.
Birlamchi nazariya tadqiqot empirik bilishdan nazariy bilishga o‘tishda oraliq bo‘g‘in rolini o‘ynaydi.
Mushohadali nazariy tadqiqot bosqichida ob’ekt, uning xossalari va tomonlarini ideallashtirilgan obrazi, shu obrazdan umumlashtirilgan tushuncha hosil qilinadi. Bunda tadqiqot jarayonida ob’ektning biron-bir xossasini aks etadigan yoki ob’ektni tushunishga yordam beradigan mavhum obraz, ideal model (matematikada «nuqta», «nol» tushunchalari), tushuncha ishlab chiqiladi.
Fundamental nazariy bosqichda oldingi ,ya’ni endi shakllanayotgan ilmiy obrazlar va tushunchalar mazmuni yangi olinayotgan faktlar bilan taqqoslanadi, o‘zida nazariy ziddiyatni saqlaymaydigan nazariya yoki qoidalar,xulosalar ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqilgan nazariya asosida yangi olingan eksperimental faktlar tushuntiriladi, olingan natijalarning nazariy, amaliy va texnologik ahamiyati aniqlanadi.
Biz ilmiy tadqiqot jarayonini, uning mazmuni va yo‘nalishini umumlashtirilgan modelni ko‘rib chiqdik.
Endi shu modelni, ya’ni tadqiqot jarayoni va mazmunini fan tarixi misolida konkretlashtiramiz. Misol sifatida yorug‘liknng elektromagnit nazariyasini yaratilishini olamiz. XIX asrda olimlar empirik tadqiqot darajasida elektr tokini fizik, ximik, yorug‘lik va issiqlik xossalarini o‘rganishda ilmiy faktlar to‘pladilar.
Savol tug‘iladi: bu xossalar bir-birlari bilan qanday bog‘langan? Bu savolga javob berish uchun olingan faktlar nazariy tahlil qilinadi, elektr haqidagi mavjud tasavvurlar bilan taqqoslanadi. Shunda ma’lum bo‘ladiki, simdagi musbat va manfiy elektr zaryadlarni o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan tushuncha, ya’ni atama yo‘q ekan.
Tadqiqot mushohadali – nazariy bosqichga o‘tadi. Nemis fizigi Ersted yangi aniqlangan fizik jarayonni ideallashtirgan mazmunga ega bo‘lgan «elektrli ixtilof» atamasi bilan ifodaladi. Mana shu atamadan foydalanib, olim mushohadali nazariy tahlilni amalga oshirdi. Elektrmagnit hodisasini tushuntirish maqsadida «quyun» (vixr) tushunchasini ishlatadi. Bu tushuncha elektromagnit hodisasini mushohadali obrazi bo‘lib qoldi.
Olim simda sodir bo‘ladigan elektrli ixtilof quyunni hosil qildi, degan nazariy xulosaga keladi.
Shunday qilib, Ersted elektr tokini magnit o‘qiga ta’sir qilish hodisasini kashf qilish yo‘lini ko‘rsatadi, tez orada bu hodisa ilmiy faktga aylandi.
Lekin tadqiqot bu bilan tugamadi.
Maksvell bu hodisani mushohadali nazariy tahlil usulini qo‘llab ko‘rib chiqdi , simdagi elektr toki bir xil elektrmagnit mohiyatiga ega degan farazni olg‘a suradi. Olim induksiya hodisasiga oid empirik ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganadi va umumlashtiradi.
K.Maksvell mushohadali – nazariy tahlil natijasida elektromagnit induksiyasini yangicha tushunirib berdi. Ungacha induksion jarayonlar faqat o‘tkazgichlarda mavjud, deb hisoblaganlar. Maksvell bu jarayonni o‘zgaruvchan magnit oqimi atrofida tutashgan elektr maydoni chiziqlarini vujudga kelishi, deb tushuntiradi.
Olim mushohadali nazariy tadqiqotni davom ettirib, shunday xulosaga keladi: o‘zgaruvchan magnit maydoni elektron maydonini hosil qiladi. Elektromagnit induksiya nazariyasini yaratilishiga yo‘l ochilgan 2 ta muhim postulat ta’riflanadi:

  1. Yorug‘lik elektromagnit to‘lqinidir;

  2. Muhitni optik xossalari uning elektromagnit xossalariga bog‘liqdir.

O‘z tadqiqotlaridan Maksvell metodologik xarakterga ega bo‘lgan xulosalarga ham keladi. Uning fikricha elektromagnit hodisasini ifodalaydigan tenglamalar mexanika emas, balki fizik jarayonlarning yangi sohalariga oid qonunlarni ifodalaydi. U elektr haqidagi yangi fanni ostonasida turganini anglagan edi.
Yana bir marta qaytaramiz!
1.Ob’ektning qaysi tomonlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilganiga qarab,izlanish empirik va nazariy tadqiqot turlariga bo‘linadi.
2.Empirik tadqiqotda ob’ektning tashqi,o‘zgaruvchan,bevosita yoki priborlarda kuzatsa bo‘ladigan,faktlarda qayd qilinadigan belgilar va xossalar o‘rganiladi.
3.Nazariy tadqiqotda aynrim xossa yoki o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan,o‘zlarini bevosita kuzatib bo‘lmaydigan,lekin hodisalarning o‘zgarishi va yo‘nalishini boshqaradigan sababiy bog‘lanishlar,qiymatlar,qonuniyatlar ochiladi,ularning mohiyati tushuntiriladi.
4.Nazariy tadqiqotning asosiy quroli tahlil qilish,mavhumlashtirish,tafakkurda faktlar va obrazlarni taqqoslash va umumlashtirishdir.Shu jarayonda ob’ektni tushuntiradigan dastlabki tasavvurlar va g‘oyalar shakllanadi.
5.Nazariy tadqiqot ma’lum tartibda amalga oshiriladi:
-empirik tadqiqot natijalarnini tahlil qilish;
-ochilgan xossa yoki bog‘lanishlarni ifodalaydigan tushunchalarni
shakllantirish;
-xossalarning mavjudligi va o‘zgarishini belgilab beradigan sabab,asos va qonuniyatlarni ochish,tushuntirib berish,tegishli g‘oya yoki nazariyani ishlab chiqish.
6.Har qanday nazariy tadqiqot rejalashtiriladi,amalga oshiriladigan tadbirlar konkretlashtiriladi,tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsad,vazifa,foydalaniladigan vosita va usullar belgilanadi.
7.Nazariy tadqiqotning samarali natijasi o‘rganilayotgan ogb’ekt haqida bir-butun tasavvur beradigan,ayrim hollarda ularni bashorat qila oladigan nazariyani ishlab chiqishdir.Bunga A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
8.Ishlab chiqilgan nazariya keyingi empirik va nazariy tadqiqotlarni o‘tkazish,texnologik va ijtimoiy loyihalarni yaratish,ularni amaliyotga tatbiq qilish uchu nasos bo‘lib xizmat qiladi.
9.Keng va tor ma’noda ishlatiladigan nazariyalar mavjud bo‘lib,ular bir-biridan ichki konseptual tuzilishi,tushuntirish va bashorat qilish miqyosi,g‘oya va tamoyillarini aniqligi,etukligi bilan farqlanadi.
10.Ijtimoiy-gumanitar fanlarda tadqiqot ob’ekti xususiyati,tadbiq qilinayotgan tushunchalar va tamoyillar mazmunidagi aniqlik darajasi,ijtimoiy hayot qonuniyatlarini qanchalik to‘la qamrab olishiga qarab bilimlar nazariya yoki ta’limot ko‘rinishiga ega bo‘ladilar.
11.Etuk xolatga erishgan nazariya 3-ta funksiyani –tavsiflash,tushuntirish va bashorat qilish vazifalarini bajaradi.
12.Nazariy tadqiqotlar asosini faktlar tashkil qiladi.Fakt ob’ekt haqida ma’lum aniqlik darajasida axborot beradi.Axborotni o‘rganish,faktlarni taqqoslash va umumlashtish jarayonida nazariy umumlashmalar,xulosalar va g‘oyalar ishlab chiqiladi.
13.Fakt va nazariyani bir-biridan farqi:fakt axborot beradi,echimni tasdiqlaydi,nazariya esa tavsiflaydi,ob’ektga doir xossa va qonuniyatlarni tushuntiradi,uning bir-butun tasvirini beradi.
14.Nazariy tadqiqot o‘zaro farqlanadigan davriy bosqichlarga ega.Rossiyalik olim V.P.Branskiyning fikricha bular:
-empirik izlanish;
-birlamchi nazariy tadqiqot;
-mushohadali nazariy tadqiqot;
-fundamental nazariy tadqiqot bosqichlaridan iborat.Shu bosqichlardan o‘tgan tadqiqot kashfiyot,ob’ektning mohiyatini tushuntiradigan nazariyani ishlab chiqish bilan yakunlanadi.

Savollar va vazifalar


1.Empirik tadqiqot qanday xususiyatga ega?


2.Nazariy tadqiqotda nima o‘rganiladi?
3.Nazariy muammoni kelib chiqish sababi nimada?
4.Nazariy muammoni hal qilishda qanday amallar bajariladi?
5.Nazariy tadqiqot maqsadini izohlab bering.
6.Nazariy tadqiqot oldiga qo‘yiladigan vazifalar.
7.Ilmiy tadqiqotda nazariyani o‘rni va roli.
8.Nazariyani samaradorligi nimada namoyon bo‘ladi.
9.Nazariyaga keng ma’noda berilgan ta’rif.
10.Nazariyaga tor ma’noda berilgan ta’rif.
11.Nazariyani tarkibiga nimalar kiradi.
12.Ijtimoiy-gumanitar nazariya qanday xususiyatga ega.
13.Nazariya bajaradigan asogsiy funksiyalar.
14.Fakt nima?
15.Fakt va nazariya: ular o‘rtasidagi farq va bog‘lanish.
16.Postnoklassik fanlarda fakt qanday xususiyaga ega bo‘lmoqda?
17.Tadqiqot jarayoni qanday bosqichlardan iborat?

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish