2021 denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy – gumanitar fakulteti «ilmiy tadqiqotlar metodologiyaSI»


Nazariy tadqiqot: maqsadi va vazifalari



Download 2,71 Mb.
bet59/129
Sana03.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#735437
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129
Bog'liq
ЎҚУВ УСЛУБИЙ МАЖМУА МЕТОДОЛОГИЯ 2021 (2)

1. Nazariy tadqiqot: maqsadi va vazifalari
2. Nazariya: mohiyati va funksiyalari
3. Nazariya va fakt
4. Nazariy tadqiqot bosqichlari

  1. Nazariy tadqiqot: xususiyati, maqsadi va vazifalari



Empirik tadqiqotda olingan ma’lumotlar va faktlar nazariy tadqiqotda mantiqiy tahlil, mavhumlashtirish, umumlashtirish, xayoliy eksperiment o‘tkazish, asoslab berish jarayonlari doirasiga kiritiladi, izlanish predmetiga aylandi.
Empirik va nazariy tadqiqot izlanishni o‘ziga xos tiplari (turlari) bo‘lib, ular tadqiqot predmeti bo‘yicha farqlanadilar: empirik tadqiqotlar hodisalarni bevosita, qanday kuzatilsa, priborlarda qayd qilinsa, shundayligicha o‘rganishga qaratilgan; nazariy tadqiqotda esa hodisalarni ortida bo‘lgan, bevosita idrok hodisalarni ortida bo‘lgan, bevosita idrok qilib bo‘lmaydigan, lekin kuzatilgan hodisalarni harakatida namoyon bo‘ladigan xossalar, bog‘lanishlar, qonuniyatlar tadqiq qilinadi.
Shunday qilib, nazariy tadqiqot vazifalaridan biri empirik tadqiqotda qo‘lgan kiritilgan faktlarni tushuntirishdir.
Faktlarda hodisalar, ularning xossalari, xossalarning ketma-ketligi, miqdoriy qiymatlari, koordinatalari qayd qilinadi. Hodisa va xossalarni bog‘laydigan aloqa va munosabatlar esa na kuzatishda, na priborlar yordamida tavsiflab bo‘lmaydi, ularni mavjud bo‘lish va o‘zgarish qonuniyatlarini ochish, tushunish va tushuntirishga intilish nazariy muammoni keltirib chiqaradi.
Nazariy muammoni hal qilish uchun mavhumlashtirish yo‘li bilan xossalarni ob’ektdan fikrda ajratib olish, tahlil qilish, yangi tushunchalarni shakllantirish kerak.
Xossalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va aloqadorlikni aniqlash mantiqiy tahlil, umumlashtirish, doimiy bog‘lanish va bir-butun sifatni ifodalaydigan tushuncha va tamoyillarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. Nazariy bilish jarayoni sababiy asos va qonuniyatni kashf qilish, ularni tushuntiradigan nazariyani yaratish bilan yakunlanadi. Shu yo‘l bilan K.Darvinning evolyusion nazariyasi, A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Dj.Keynsning makroiqtisodiy taraqqiyot nazariyasi ishlab chiqilgan.
Yaratilgan nazariya, bir tomondan, keyingi empirik va nazariy tadqiqotlarni o‘tkazish, texnologik loyihalarni ishlab chiqish, ikkinchi tomondan, jamiyatda ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Nazariyaning bunday xislati uning asos va qurol sifatida yaratuvchanlik kuchini namoyish qiladi.
Har qanday tadqiqot konkret ifodalangan maqsadga ega. Nazariy tadqiqot maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. Empirik tadqiqotda qo‘lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish.

  2. O‘rganilayotgan ob’ekt tavsifini berish.

  3. Ob’ektning muhim xossalari va tomonlarini tushunish imkoniyatini beradigan g‘oya va tushunchalarni shakllantirish.

  4. Ob’ektning mavjudligini belgilab beradigan sabab, asos va qonuniyatlarni ochish, tushuntirib berish.

  5. Ob’ektning xossalari va qonuniyatlarini tushuntirib beradigan, shu orqali bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan nazariyani ishlab chiqish.

Tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsad izlanishni birinchi bosqichida ishlab chiqilgan rejada konkretlashtiriladi. Rejada qayd etilgan tadbirlarni metodologik yo‘nalishi va mazmuni tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarda belgilanadi. Bular asosan quyidagilardir:
- ob’ekt xususida o‘zida faktual va mantiqiy ziddiyatni saqlamagan tavsifni ishlab chiqish;
- ob’ektga xos sababiy bog‘lanish va qonuniyatlarni ifodalaydigan qoida aksioma va tamoyillarni ishlab chiqish;
- ob’ektning xossasi, strukturasi va funksional o‘zgarishlarini tushuntirib beradigan konsentual tizim yoki nazariyani yaratish;
- tadqiqot natijalari va umumlashmalarini boshqa, lekin shu turdagi ob’ektlarni o‘rganishga tatbiq qilish;
- olingan nazariy xulosalarni eksperimental tadqiqotda tasdiqlash, natijalarni ishonchli bo‘lishini asoslash.
Ko‘rinib turibdiki, nazariy tadqiqotlar fanda izlanish jarayoni, yo‘li va oqibatini hal qilib beradigan bo‘g‘inni tashkil qiladi.Bu bo‘g‘inning asosiy unsuri esa nazariya uni ishlab chiqish, amaliyot va texnologiyaga tadbiq qilishdir.




  1. Download 2,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish