2020-yil samarqand – 2020 mundarej a mavzu: O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli I bob. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi


III. 2. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli



Download 279,17 Kb.
bet2/12
Sana24.02.2022
Hajmi279,17 Kb.
#207383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Руфат диcc20май. Dissertatsiya

III. 2. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
ILOVA: XARITALAR. RASMLAR.


KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarini tosh asri o’z ichiga oladi (3-2 mln- mil avv. IV yillklar). Bu davr tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o’ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining turmushda bajargan funtsiyalari asosida o’z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar) va neolit (6-4 ming yilliklar) tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o’ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik xo’jalik mashg’ulotlari, mehnat qurollari bo’lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro’y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to’la qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o’tishi bilan inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o’ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu aloqadorlik tarixiy davrlarda o’ziga xoslikni tashkil etib, ularning har birida inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlar, ya’ni o’z davri uchun innovatsiyalar bilan xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining o’zi o’z davri uchun buyuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi esa, so’zsiz, insonlar turmushida, o’zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanavvul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan.
Magistrlik dissertatsiyasi uchun tanlagan mavzumiz O’rta Osiyo miqyosida tosh asri taraqqiyoti bosqichlarida odamzod tomonidan yaratilgan moddiy madaniyatning kelib chiqishi tarixiy ildizlariga bag’ishlanadi. Bu mavzuni biz be’jizga tanlamaganmiz. Sababi, tadqiqotlar ko’rsatishicha, so’nggi paleolit davridan e’tiboran etnos, etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumotlar bor. Ma’lumki, kishilik tarixi ibtidoiy davri, xususan tosh asri jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini o’rganishda etnik jamoalar, etnomadaniyat, etnogenetik jarayonlar masalasi dolzarbdir. Aniqrog’i, etnogenetik jarayonlar tosh asrining qaysi taraqqiyot bosqichiga oid degan masala mutaxassislar diqqat markazida bo’lgan va hanuzgacha tadqiqot ob’ekti bo’lib kelmoqda. Nima uchun shunday, sababi etnik birikma jamoalarning mustaqil madaniyati demakdir. Demak, dissertatsiyamizning mazmuni O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatining shakllanishi va rivojining tarixiy ildizlariga bag’ishlangan ekan, buni yoritishda so’zsiz, tadqiqotlarda aniqlangan va mustaqil madaniyat sifatida paleolit, mezolit va neolit davrlar uchun ilmiy asoslangan arxeologik madaniyatlarning o’rni va ahamiyati katta. Sababi shu O’rta Osiyo sarhadlari miqyosida tosh asri tarixiy davrlari kesimidagi ushbu madaniyatlarning kelib chiqishi tarixiy ildizlarini biz o’z ishimizda yoritib, eng so’nggi arxeologik tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi.
O’rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg’ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg’ona vohasida), Vaxsh (Tojikiston hududida), Aydabol (Ustyurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg’ona (Farg’ona vodiysida), Sazog’on (O’rta Zarafshon vohasida) Ustyurt neolit madaniyati kabi tosh asri jamoalariga tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari ishda yoritiladi. Ta’kidlash joizki,hozirgi kunda kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o’z ichiga oluvchi butun bir davr, ya’ni O’rta Osiyoda tosh asri tarixi, tarixshunosligi xususan, antropogenez jarayoni, inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, tosh asrining davrlashtirilishi va tarixiy bosqichlarning o’ziga xos xususiyatlari, davr yodgorliklarining xronologik doirasi va mustaqil arxeologik madaniyatlari, jamoalar moddiy madaniyati, odamlar turmush tarzi, kunlik mashg’ulotlari, mehnat qurollari va ularning evolyutsiyasi, xo’jalik va madaniy ixtiro, kashfiyotlar, aholining mafkuraviy qarashlari ma’naviy kechinmalari, diniy tasavvurlari, ibtidoiy san’at, etnos, etnomadaniy qiyofasi va antropologik tiplar, shu davrda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar, urug’chilik jamoa tuzumining shakllanishi va rivoji, ikki xo’jalik va madaniy tiplar, ya’ni o’zlashtirma xo’jalik va ishlab chiqarish iqtisodiyotiga asoslangan jamoalar madaniyati, iqtisodiy va madaniy aloqalar, madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari haqida keyingi yillar tadqiqotlarida muhim natijalarga erishilmoqda. Bizning mazkur dissertatsiyamizning mazmuni va uning yozilishi keyingi uch o’n yilliklar davomida O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekiston hududida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida qo’lga kiritilgan kashfiyotlar, zamonaviy yondoshuvlar asosida katta hajmdagi arxeologik manbalar tahlili bo’yichachiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz mustaqilligi yillarida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida jahonning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorliklar yo’lga qo’yildi, xalqaro arxeologik qo’shma ekspeditsiyalar (O’zbekiston-Rossiya, O’zbekiston-Polsha, O’zbekiston-Frantsiya, O’zbekiston-Xitoy kabi) faoliyat ko’rsatdi, zamonaviy metodikalar qo’llanildi, taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi.
Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. Keyingi yillarda O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonda xalqimizning o’tmish tarixi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni chuqur o’rganish va uni jahon hamjamiyatiga taqdim etish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1998 yil yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan uchrashganida haqqoniy tariximiz faqat birlamchi manbalar asosida yaratilishini alohida ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan mavzumiz dolzarbligi belgilanadi. Sababi, dissertatsion tadqiqotimiz manbaviy asosi faqat birlamchi manbalarga asoslanadi. Moddiy, madaniy va arxeologik meros ob’ektlari tadqiqoti borasida jahonning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilib, xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar faoliyat ko’rsata boshladi. Tosh davri, xususan mezolit, neolit davri jamoalari madaniyatini o’rganishda O’zbekiston-Rossiya, O’zbekiston-Polsha, O’zbekiston-Frantsiya kabi xalqaro arxeologik ekspeditsiyalarining tadqiqotlari natijalari muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy uslublar, asbob uskunalar qo’llanila boshladi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan asos solingan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan taraqqiyotimizning “o’zbek modeli”ni dunyo hamjamiyati tan oldi. 2016 yil 4 dekabrda yangi saylangan Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev o’zining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi nutqida taraqqiyot yo’limiz borasida to’xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “Biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov boshlab bergan keng ko’lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo’lini og’ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo’l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir"1. Shuningdek, madaniy merosimizni tadqiq etishning huquqiy asoslari yaratila boshlandi. Konstitutsiyamizning 49-moddasida fuqoralar O’zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini avaylab asrashga majburligi, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo’yildi. 2001 yilda «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida», 2009 yil 16 iyunda «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida» gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 17 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi F-5181-son farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to’g’risidagi 21 sentyabr 2019 yil 792-sonli qarori shular jumlasidandir. Madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish borasidagi farmoyishlarning ijrosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviyat va tarix, arxeologiya yo’nalishlaridagi darsni o’quv yili davomida muzeylar, madaniy meros ob’ektlarida tizimli olib borilishini ta’minlashning qo’shma chora-tadbirlari rejasining (2019 yil 7 dekabr,№ 87-03-4783) ishlab chiqilganligi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dasturil amal bo’ldi.
O’rta Osiyo tosh asri yodgorliklari tadqiqoti natijalari dissertatsiyamiz mazmunida o’z ifodasini topgan. Yuqorida keltirganimizdek, keyingi yillarda O’rta Osiyo tosh asri paleolit davriga oid qator yangi yodgorliklar kashf etildi, antropogenez jarayonini oydinlashtiruvchi muhim antropologik manbalar (Farg’ona odami, Obirahmat odami) qo’lga kiritildi, oldingi yillarda tadqiq etilgan yodgorliklarda (Ko’lbuloq, Qo’tirbuloq, Obiraxmat g’or makoni kabilar) xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar qayta qazilma ishlarini amalga oshirishdi va muhim arxeologik, antropologik manba, ma’lumotlarni qo’lga kiritishdi, yangi chakmoqtosh ustoxonalari (Qizilqumda Ko’kayaz 1-8) kashf etildi. Mezolit davri jamoalariga tegishli yangi yodgorliklar kashf etildi (Zarafshon vohasida-Chorbaqti yodgorliklari, Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki madaniy qatlami va h.k.), yangi qoyatosh rasmlari yodgorliklari (Nurota tog’ tizmasi qoyatosh rasm yodgorliklari) ochildi. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha yaqin yillarda muhim kashfiyotlar qo’lga kiritilgani faktini keltirish mumkin. Xususan, Quyi Zarafshon vohasida kaltaminor jamoalari madaniyatiga oid yangi yodgorlik (Oyoqog’itma) xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar (O’zbekiston-Polsha, O’zbekiston-Frantsiya) tomonidan tadqiq etildi. O’rta Zarafshon vohasida Sazog’on madaniyatiga oid qator yodgorliklar ochilib, Sazog’on madaniyati O’rta Osiyo neolit davri madaniyatlari tizimida mustaqil madaniyat sifatida ajratilib, ilmiy asoslandi, Surxondaryo sarhadlarida neolit davriga oid yangi To’da yodgorliklari tadqiq etildi. Tojikiston hududida Kangurttut, Lyulikutal, Charmgaron, Uchqunkabi qator neolit yodgorliklari kashf etildi, Hisor neolit madaniyatining mahalliy madaniy variantlari (“Klassik hisor”, “Qulob guruhi”, “Yavon guruhi) ajratilib, ilmiy asoslandi. Neolit davri jamoalari (kaltaminor, sazog’on, hisor neolit jamoalari) turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tganligining dastlabki qadamlari, jamoalarning o’zaro qo’shnichilik madaniy aloqalari hamda neolit jamoalari madaniyati shakllanishi va rivojlanishining yangi materiallar asosida avtoxton xarakter kasb etganligi faktlari aniqlandi.

Download 279,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish