2020-yil samarqand – 2020 mundarej a mavzu: O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli I bob. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi


I.2. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli



Download 279,17 Kb.
bet6/12
Sana24.02.2022
Hajmi279,17 Kb.
#207383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Руфат диcc20май. Dissertatsiya

I.2. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli
O’rta Osiyo xududida neolit davri nisbatan yaxshi o’rganilgan. Bu davr moddiy madaniyatini o’rganishda S.P.Tolstov, V.M.Masson, Ya.G’.G’ulomov, A.V.Vinogradov, U.Islamov, A.Asqarov, A.Muxammadjonov, M.Jo’raqulov, E.Bijanov, R.Sulaymanov, M.Qosimov, T.Mirsoatov, R.A.Ranov, G.F.Korobkova, T.G.Filimonova, V.V.Timofeev, N.Xolmatov singari arxeolog olimlarning tadqiqotlari samarali natijalar berdi.
O’rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining tadqiq etilishi ishlari S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi faoliyati bilan bog’liq. 1937 yili bu ekspeditsiya xodimlari tomonidan Qoraqalpog’istonning Shabboz va To’rtko’l tumanlarida qadimgi sug’orish inshootlarini tadqiq etdi. 1939 yili S.P.Tolstov tomonidan Jonbos-4 neolit yodgorligining kashf etilishi bilan Kaltaminor madaniyati tadqiqoti keng ko’lamda boshlanib ketdi.1939,1940-1945 yillari S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan Kaltaminor madaniyatiga tegishli qator yodgorliklar tadqiq etilgan. Shuningdek, shu yillariVatanimizning boshqa sarhadlarida ham tosh davri yodgorliklari bo’yicha tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, 1940 yili I.F. Lamaevtomonidan tadqiq etilgan qadimgi jamoalar ma’naviy kechinmalarini ifodalovchi Zarautsoy qoyatosh rasmlari yodgorligining ahamiyati hozirgi kunda ham beqiyos hisoblanadi.Xorazm arxeologik ekspeditsiyasining Amudaryo guruhi tomonidan 1946 yili Qarshi, Kanimex cho’llarida, keyingi yillardaAmudaryoning Oqchadaryo havzasi, Sariqqamish, Uzboyningquyi va yuqori havzalari, Qizilqum sarhadlarida amalga ohirilgan keng ko’lamli arxeologik izlanishlari jarayonida Kaltaminor neolit madaniyatiga oid100 dan ortiq yodgorliklar topilgan35(II.1.1-rasm).
Vatanimiz sarhadlari tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda O’zR FA tarix va arxeologiya Institutining Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagiO’zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o’tgan asrning 50-60 yillarida Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlarningnatijasi juda sermahsul bo’ldi. Xususan, ekspeditsiya tarkibidagi Mohandaryo arxeologik guruhi tomonidanXo’jayli, Mohandaryo, Katta va Kichik Tuzkan atrofidan50 dan ziyod tosh va jez davri jamoalariga tegishli yodgorliklar topilgan (II.1.2-rasm). Xususan, Dorbazaqir 1.2 makonlarida bevosita arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilib, ular moddiy madaniyati Kaltaminor jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan36.N.I. Vakturskaya, E.D.Mamedov tomonidan qo’lga kiritilgan qiziqarli tosh qurollari to’plami 1965 yildan Qizilqum hududi tosh davri jamoalari madaniyatining keng ko’lamli tadqiqotlarining boshlanib ketishiga turtki bergan. Bu tadqiqotlar Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (A.V.Vinogradov) va Toshkent Davlat Universiteti Geografiya fakulteti (E.D.Mamedov) hamkorligida amalga oshirilgano’n yillik arxeologik mavsumda:-1965-1972, 1975-1978 yillar Qizilqumning ichki hududlari37, 1965-1966 yillar Lavlakan, 1967-1968 yillari Sharqiy va G’arbiy Oyoqog’itma, 1968-1969 yillarda esa Daryosoy vohalarida keng ko’lamli arxeologik ishlar amalga oshirilib, yuzlab tosh davri yodgorliklari arxeologik xaritaga olindi, tadqiqoti tashkil etildi38. 1970-80-yillarda Qizilqumning ichki hududlari va Quyi Zarafshon vohasida tosh davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotidamuhim ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Xususan, 1970 yili Echkilisoy tadqiq etilgan.1971 yili Beshbuloq, Mingbuloq havzalari atrofidan asosan neolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklar topilgan. 1972 yili Mingbuloq, Bukantov atrofi tadqiq etilib, qator tosh davri yodgorliklari arxeologik xaritaga olingan. 1976-1980 yillar maboyinida Tolstov makoni tadqiq etilgan. 1978-yili Mohandaryo va Daryosoy orlig’ida Quyi Zarafshonning qadimgio’zanlaridan bo’lgan Chorbaqti vohasi aniqlandi. Vohada 1984 va 1986 yillar moboynida60 ga yaqin mezolit, neolit davriga oid yodgorliklar topilib, tadqiq etilgan (-rasm ).
Zarafshon vohasi neolit davri jamoalari moddiy mada­niyati juda yaxshi tadqiq etilgan. Quyi Zarafshon vohasi, aniqrog’i uning qadimiy o’zanlari Echkiliksoy, Oyoqog’itma, Daryosoy, Chorbaqti, Xo’jayli va Mahondaryo vohalarida ko’plab ibtidoiy davr makonlar topilib, ular kaltaminor jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan39. Yuqori Zarafshon vohasida neolit jamoalari moddiy madaniyatiOq-Tanga makonida V.A.Ranov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotnatijalari bilan fanga ma’lum40.
O’rta Zarafshon vohasi neolit davri jamoalari moddiy madaniyati Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ri yirik soy yon qayirlariga tarqalgan bo’lib, bu o’lkaning arxeologik ob’ektlari “Sazog’on madaniyati” nomi ostida fanga kiritilgan41.Ta’kidlash joizki, Samarqand Davlat universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o’tgan asrning 60-yillarida kashf etilgan Sazog’on madaniyati makonlarini o’rganish hozirgi kungacha davom etib kelmoqda va ushbu madaniyatga oid yangidan-yangimakonlar topilmoqda42. 1966 yili D.N. Lev raxbarligida SamDU arxeologik ekspeditsiyasi Samarqand makonida qazilma ishlarini amalga oshirish bilan bir paytda Pastdarg’om tumani Sazog’on qishlog’i hamda Samarqand tumani Navbog’ qishlog’i atroflarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirdi. Xususan, Sazog’on 1,2 makonlari xaritaga olinib, qidiruv shurflari qazishmalari jarayonida qiziqarli tosh qurollari to’plami qo’lga kiritilgan. Sazog’on 1 yodgorligi dastlab 1966-1969 yillari D.N.Lev boshchiligidagi SamDU arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan tadqiq etilgan43, keyingi tadqiqotlar 1969-72 yillari M.D.Djurakulov tomonidan amalga oshirilgan.Sazog’on 2 yodgorligi esa 1978-1983 yillar maboyinida M.D.Djurakulov tomonidan tadqiq etilgan44.1986-1989 yillar maboyinida Sazog’onsoyga qo’shni bo’lgan Egriqulchasoydan Jangal 1 yodgorligi tadqiq etilgan. Zamicha-tosh makoni 1989 yili UzRFA arxeologiya institutining paleolit guruhixodimlari tomonidan kashf etilgan bo’lib, Qoratepa tog’ massivishimoliy yon bag’ridan voha tomon chiqib keluvchi soylardan biri bo’lgan Sevasoy yonqayirida joylashgan. ( Samarqand viloyati, Urgut tumani)45. Ohalik makoni O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon o’z suvini oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo’lgan Ohaliksoy yon qayirida joylashgan bo’lib, 1986 yili O’z FA Arxeologiya instituti paleolit otryadi xodimlari tomonidan kashf etilgan46.
XX asr oxiri –XXI boshlarida Quyi Zarafshon vohasida O’zbekiston-Polsha, O’zbekiston-Frantsiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyalari a’zolari Oyoqog’itma yodgorligini tadqiq etishdi47. Shuningdek, O’rta Zarafshon vohasida Tepaqul 3, Tepaqul 4, Tepaqul 5, Olmabuloq makoni, Lolab, Qorakamar, Ochilg’orkabi yangi yodgorliklarningkashf etilishi mazkur mintaqada nafaqat neolit davri jamoalari, balki mezolit va hatto paleolit jamoalari ham yashashib o’ziga xos moddiy madaniyat yaratishganligini ko’rsatdi (II.2.2-rasm). Xususan, Tepaqul 3 yodgorligi 1990-1996 yillari maboyinida, Tepaqul-4 neolit makoni esa 1996-2004 yillarda tadqiq etildi. 2000 yil kuzida Sazog’onsoy va unga qo’shni bo’lgan soylar yon daralarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan paytda Katta Quruqsoy yon darasida Qorakamar g’or makonini kashf etishga erishilgan. Tosh qurollarining tipologik tahlili makon tosh industriyasi mezolit davri jamoalariga tegishli ekanligidek dastlabki xulosa chiqarish imkonini bermoqda48. Olmabuloq makoni SamDU ekspeditsiya xodimlari tomonidan 2000 yili kashf etilib, 2001 yili ham tadqiqot davom ettirilgan arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Makon tadqiqoti jarayonida qo’lga kiritilgan tosh qurollari levallua – muste texnologik uslubiga ega bo’lib, ular o’z jihatlari bilan Zirabuloq, Omonqo’ton kabi paleolit makonlari tosh qurollariga o’xshaydi. Ba’zi tosh qurollari shakli va ishlov berishi uslublarida Samarqand makoni tosh qurollariga xos texnologik uslub va xususiyatlar saqlanib qolganligi holatlari kuzatiladi49.
SamDU arxeologlari tomonidan 2004 yilda kashf etilgan Ochilg’or makonida arxeologik tadqiq ishlari 2017 yilgacha davom etdi50. 2017 yil yozida talabalarning dala arxeologik amaliyoti jarayonida Sazog’onsoy yuqori vohasida (Sazog’on 2 yolgorligidan chamasi 700-800 metrlar yuqorida) Turk qishlovi degan joyda soyning chap yoni terrasasi sathidan yangi yodgorlik aniqlanib, Sazog’on 3 deb nomlandi va tadqiq etildi51.O’rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti bo’yichayaqin yillarda muhim kashfiyotlar qo’lga kiritilgani faktini keltirish mumkin. Xususan, Quyi Zarafshon vohasida kaltaminor jamoalari madaniyatiga oid yangi yodgorlik (Oyoqag’itma) xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar (O’zbekiston-Polsha, O’zbekiston-Frantsiya) tomonidan tadqiq etildi. O’rta Zarafshon vohasida Sazog’on madaniyatiga oid qator yodgorliklar ochilib, Sazog’on madaniyati O’rta Osiyo neolit davri madaniyatlari tizimida mustaqil madaniyat sifatida ajratilib, ilmiy asoslandi, Surxondaryo sarhadlarida neolit davriga oid yangi To’da yodgorliklari tadqiq etildi. Tojikiston hududida Kangurttut, Lyulikutal, Charmgaron, Uchqunkabi qator neolit yodgorliklari kashf etildi, Hisor neolit madaniyatining mahalliy madaniy variantlari (“Klassik hisor”, “Qulob guruhi”, “Yavon guruhi)ajratilib, ilmiy asoslandi.
Janubiy Turkmaniston hududi Kopettog’ yon bag’rida tadqiq etilgan Joyitun jamoalari ilk dehqonchilik madaniyatining yaratuvchilari bo’lishgan (mil.avv. VII ming yillik oxiri – VI ming yilliklar boshlari – IV ming yillik). Tadqiqotlarda e’tirof etilishicha, bu mintaqa Yaqin Sharq dehqonchilik madaniyati tarqalgan hududning shimoli-sharqdagi eng chekka qismi bo’lgan. Joyitun madaniyati o’tgan asrning 50-yillaridan boshlab B.A.Kuftin, A.A.Marushenko, V.M.Masson, O.K.Berdiev kabi arxeologlar tomonidan o’rganildi. Keyingi yillarda bu madaniyatni atroflicha V.M.Masson tadqiq etgan52.
O’rta Osiyo neolit jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Hisor jamoalari makonlari tadqiqotlari natijalari ham muhim o’rin tutadi. Markaziy va Janubiy Tojikiston hududi tog’, tog’ yon bag’ri mintaqalariga tarqalib yashashgan bu neolit jamoalari madaniyati o’rganishni o’tgan asrning 50-yillarida A.P.Okladnikov boshlab bergan bo’lsa, keyinchalik uni atroflicha o’rgangan olim V.A.Ranov bo’ldi53. Hisor madaniyatining asosiy yodgorliklari Sayyod 1, 2; Tutqovul 1, 2; Tepagazion, Kangurtut kabilar hisoblanadi. V.A.Ranov va T.A.Filimonovalar 1987-1990 yillarida Kangurttut yodgorligida neolit qatlamini o’rganib, muhim arxeologik manbalarni qo’lga kiritishgan54. O’zbekiston sarhadlarida tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Farg’ona vodiysi istiqbolli o’lkalardan biri sanaladi. Vodiyda tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bo’lgan dastlabki ma’lumotlar o’tgan asrning 50-yillari o’rtalariga to’g’ri keladi. Xususan, B.Z.Gamburg va N.G.Gorbunovalar tomonidan Damko’l atroflarida amalga oshirilgan tadqiqotlari natijasida qo’lga kiritilgan tosh buyumlar to’plamlari muhim ahamiyat kasb etadi. 1963-64 yillar mobaynida Yu.A.Zadneprovskiy vodiyning markaziy sarhadlarida keng ko’lamda tadqiqot olib borib, 21 ta tosh davriga tegishli makonlar kashf etishga muvaffaq bo’lgan.55 Keyingi yillarda vodiyning neolit davri jamoalari madaniyati tadqiqoti ishlari asosan U.Islomov, V.I.Timofeevlar tomonlaridan bajarilib, tadqiqotlar natijasi sifatida mustaqil «Markaziy Farg’ona» neolit madaniyatiajratilib, ilmiy asoslangan56. Mazkur madaniyatga tegishli yodgorliklar(hozirgi kunda ularning soni 80 dan ortiq) ular soha tadqiqotchilari tomonidan quyidagi guruhlarga bo’lingan: vodiyning shimoliy qismida – Madyar guruhi; vodiyning shimoli-sharqiy qismida – Sariqsuv, Mingbuloq makonlari guruhi; vodiyning janubiy qismida – Zambar, Taypoq, Sigirchilik, Yangisuv guruhi makonlari; vodiyning markaziy qismida esa Yangi qadam, Dorazko’l, Xonobod makonlari guruhlari o’rganilgan(II.1.5-rasm). Markaziy Farg’ona madaniyati jamoalariga tegishli makonlarningmadaniy qatlamlari asl holatda saqlanib qolmagan, ularning maydon sathlari ham unchalik katta emas. Shu xususiyatlarni inobatga olgan holda tadqiqotchilar ularni jamoalar mavsumiy xarakterdagi manzilgohlari bo’lishgan, deb hisoblaydilar.57
Vatanimiz sarhadlaridaneolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini o’rganishda Ustyurt platosi miqyosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari ham ahamiyatli hisoblanadi58. Hozirgi kunda Ustyurt platosining deyarli barcha sarhadlarida neolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etilgan bo’lib, ularning umumiy soni 150 taga yaqin. E.Bijanov neolit makonlari tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollari tipologik tahlilidan kelib chiqib, neolit jamoalari moddiy madaniyatini quyidagi uchta taraqqiyot bosqichiga bo’ladi: 1. Ilk neolit – Oqtoyloq 1, Oqto’ba 2, Churuk 2, 3, 7, Jarinquduq 2, Aydabal 2, 4, 7, 10, 20, 23 kabi makonlardan iborat bo’lib, ularning moddiy madaniyati mil. avv. VI-V ming yilliklarga to’g’ri keladi. 2. O’rta (rivojlangan) neolit (mil.avv. V-IV ming yilliklar) – Kosbuloq- 5, 7; Churuk- 5, 6, 8, 9; Allam 3, Aydabal 3, 5, 8, 13, 19, 24, 26; Jarinquduq kabi makonlardan iborat.3. So’nggi neolitga (mil.avv. IV-III ming yilliklar) – Isatay- 3, Churuk -1, 4, Kaskajol, Oqtumsiq, Kugesem kabi makonlar kiritilgan (II.1.6-rasm).
Xullas, ushbu bobda yuqorida keltirilganidek, biz O’rta Osiyo sarhadlarida tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixini keltirdik. Bunda O’rta Osiyo mintaqalari kesimida tosh asri yodgorliklarining dastlabki tadqiqotlari, tadqiqotlarni amalga oshirgan ilmiy ekspeditsiyalar, olimlar, tosh asri taraqqiyoti bosqichlari paleolit, mezolit,neolit davrlari asosiy yodgorliklari va ular tadqiqotlari natijalari, tadqiqot muammolari va istiqboli haqida ma’lumotlarni bayon etdik.


Download 279,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish