2020 Domuladjanov Ibragimjon


SANOAT KORXONALARINING YONG‘INGA VA PORTLASHGA XAVFI



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

SANOAT KORXONALARINING YONG‘INGA VA PORTLASHGA XAVFI 
BO‘YICHA KATEGORIYALARI 
Xar  bir  sanoat  korxonasi  ishlab  chiqarish  texnologiyasi,  ishlatiladigan  xom  ashyosie 
chiqaradigan  maxsuloti  va  joylashgan  binosining  konstruksiyasi  xisobga  olingan  xolda  yong‘in 
chiqishga,  portlashga  va  yong‘in  chiqqan  taqdirda  uning  tarqalishiga,  shuningdek  yong‘ining 
asoratiga asoslangan xolda yong‘inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.  
Albatta xar bir sanoat korxonasida yong‘in xavfi birinchi navbatda u erda ishlatilayotgan xom 
ashyoning va chiqarilayotgan maxsulotning yong‘inga xavfliligi darajasi bilan o‘lchanadi.  
Masalan ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan maxsuloti 
engil  alangalanuvchi  suyuqliklar  xolatida  bo‘lsa,  unda  albatta  yonmaydigan  xom  ashyo  ishlatilib, 
yonmaydigan maxsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong‘in chiqish extimoli albatta ko‘p, shuning 
bilan  birga  bu  korxonada  yong‘inni  tarqalib  ketishi  osonlashadi  va  bu  kroxonada  yong‘indan 
ko‘riladigan zarrari albatta katta bo‘ladi.  
SHuning  uchun  xam  sanoat  korxonalarini  kategoriyalarga  ajratganda  ishlatilayotgan 
moddalarning fizika-ximiyaviy xususiyatlari albatta xisobga olinadi.  
Mana  shu  xususiyatlarni  xisobga  olgan  xolda  Qurilish  norma  va  qoidalari  (SNiP  II-90-81) 
asosida xamma sanoat korxonalari, skladlar yong‘in va portlashga xavfi bo‘yicha beshta kategoriyaga 
bo‘linadi.  
A-kategoriyasi-yong‘inga  va  portlashga  xavfli  kategoriyadagi  sanoat  korxonalari.  Bularga 
o‘zaro  birikishi  natijasida  yonishi  va  portlashi  mumkin  bo‘lgan  gazlar,  yoki  alangalanish  quyi 
chegarasi  10%  dan  kam  bo‘lgan  gazlar,  shuningdek  chaqnash  xarorati  28(gradus)S  gacha  bo‘lgan 
suyuqliklar,  agar  bu  suyuqliklar  va  gazlarning  portlash  imkoniyatini  tug‘dirish  mumkin  bo‘lgan 
xonaning 5% xajmini egallashi mumkin bo‘lgan sanoat korxonalari kiradi.  
Bu  kategoriyaga  oltingugurtli  uglerod,  efir,  atseton  va  boshqa  shunga  o‘xshash  moddalar 
olinadigan  sanoat  korxonalari  kiradi.  B-kategoriyasi  -  portlash  va  yong‘ina  xavfli  kategoriya.  Bu 
kategoriyaga quyi alangalanish chegarasi xavo xajmiga nisbatan 10%dan ortiq yonuvchi gazlar bilan 
ish  olib  boriladigan,  shuningdek  chaqnash  xarorati  28  dan  61 
o
Sgacha  bo‘lgan  suyuqliklar  bilan 
xamda  ishlab  chiqarish  jarayonida  chaqnash  xaroratigacha  yoki  undan  ortiq  darajada  qizdirilgan 
suyuqliklar bilan va pastki alangalanish chegarasi 65g/m
3
 dan kichik bo‘lgan chang va tolalar bo‘lgan 
xolda bu gazlar, suyuqliklar va changlar xona xajmining 5%ko‘proq miqdorda to‘planib, portlovchi 
aralashma xosil qilishi mumkin bo‘lgan sanoat korxonalarini kiradi.  
Bunday sanoat korxonalariga ammiak xaydovchi kompressor stansiyalari, detallarni kerosin 
bilan yuvib tozalash korxonalari kiradi.  
V-kategoriyasi-yong‘inga xavfli kategoriya. Bu kategoriyaga parlarning chaqnash xarorati 61 
o
Sdan yuqori bo‘lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m
3
 dan ortiq bo‘lgan yonuvchi 
changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, xavodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan xolda 
yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. 
Bunday sanoat korxonalariga ko‘mir kukuni xosil qilish va yog‘ochsozlik sanoat korxonalari kiradi.  
G-kategoriyasi-yong‘inga  xavfli  kategoriya.  Bu  kategoriyaga  yonmaydigan  jism  va 
materiallarga,  qizdirib,  cho‘g‘lantirib  va  eritib  ishlov  beradigan  va  ishlov  berish  davomida  nurli 
issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo‘lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg‘i 
sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi.  
Bu kategoriyaga qozonxonalar, eritish va quyish sexlari, marten sexlarini kiritish mumkin.  


 
93 
D-kategoriyasi-yong‘inga  xavfsiz  kategoriya.  Bu  kategoriyaga  yonmaydigan  jismlar  va 
materiallarga  sovuq  ishlov  beradigan  sanoat  korxonalari  kiradi.  Bunga  mashinasozlik  sanoat 
korxonalari, qurilish sanoat korxonalari kiradi.  
Skladlar va ba’zi tashqariga o‘rnatilgan xajmli idishlarning yong‘inga va portlashga xavflik 
kategoriyalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga qarab u yoki bu kategoriyaga kiritish mumkin. 
Odatda skladlarning yong‘inga va portlashga xavfligi uni loyixalash va ishga qabul qilish vaqtida xar 
bir ministrlik tasdiqlargan ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi.  
Bundan  tashqari  ba’zi  bir  sanoat  korxonalarining  ishlatilayotgan  gaz,  engil  alangalanuvchi 
suyuqlik  va  changlar  tarkibiga  qarab  SN  463-74  ko‘rsatmalariga  qarab  xam  korxonani  yong‘inga 
xavflilik kategoriyasini aniqlash mumkin.  
SHuningdek  yonuvchi  gaz  va  suyuqliklar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  sanoat  korxonalarining 
yong‘inga  xavflilik  kategoriyalarini  belgilaganda  xuddi  shu  moddalar  sanoat  korxonasi  xonasi 
xajmining 5% dan ortiq qismida portlashga xavfli aralashma xosil qila oladimi, yo‘qmi ekanligini 
aniqlash kerak.  
Portlashga xavfli aralashma miqdorini xisoblashda quo‘idagi muloxazalarga e’tibor beriladi.  
1)Apparatlardan  birida  avariya  natijasida  bino  xonasiga  xavfli  moddaning  katta  miqdori 
to‘kilishi mumkin; 
2)Aparatdagi  xamma  modda  tashqariga  chiqariladi,  bir  qismi  esa  avariya  sistemasi  orqali 
boshqa idishga o‘tkazib yuboriladi.  
3)Ta’minlovchi trubalardan birida modda to‘kilishi mumkin bo‘lgan imkoniyat tug‘ildi va bu 
to‘kilish  ta’minlovchi  oqimni  to‘xtatib  qo‘yish  davrida  ma’lum  miqdorda  to‘kilishi  mumkin, 
avtomatik ravishda to‘xtatganda 2 min, qo‘lda to‘xtatganda 15 min; 
4)To‘kilgan suyuqlik yuzasidan parlanish natijasida xosil bo‘lishi mumkin. Bunday xollarda 
to‘kilgan  suyuqlik  yuzasini  xisoblaganda  agar  ma’lumotnomalarda  ma’lumot  yo‘q  bo‘lsa,  1m
2
 
yuzaga 1l suyuqlik yoyiladi deb xisoblanadi; 
5)Normal sharoitda idishlarning ochiq yuzalaridan va yangi bo‘yalgan yuzalardan parlanish; 
6)Suyuqliklar  va  suyultirilgan  gazlarning  parlanish  davrlari,  shu  suyuqlik  va  gaz  to‘la 
parlanishgacha o‘tgan vaqt xisoblanadi, ammo bu vaqt 1soatdan oshmasligi kerak; 
7)Muxitda  portlashga  xavfli  aralashma  xosil  bo‘lishi  aralashmaning  alangalanishning  quyi 
chegarasiga qarab belgilanadi. Bu zapas koeffitsienti 1, 5 qabul qilinadi; 
8)Xamma xollarda sanoat korxonasi xonasining bo‘sh xajmi, ya’ni mashina va mexanizmlar 
o‘rnatilmagan  xajmi  xisobga  olinadi,  yoki  xonaning  umumiy  geometrik  xajmining  80%  qabul 
qilinadi.  
Mashina  va  mexanizmlardan  to‘kilib,  parlanish  natijasida  portlashga  xavf  tug‘diradigan 
miqdor  xosil  qiladigan  gaz  aralashmasining  alangalanishning  quyi  chegarasidagi  xajmini  quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi.  
V
sm
 = 1,5 G / C
qch
 
bunda C
qch
 - modda alangalanishning quyi konsentratsiya chegarasi,  
g/m3; G - binoga tarqalib ketgan modda miqdori, g; 
 
G = G
a
 + G
T
 
bunda  G
a
  -  apparatdan  to‘kilgan  modda  miqdori,  g;  G
T
  -truboprovoddan  to‘kilgan  modda 
miqdori, g; 
Agar xona avariya shamollatish sistemasiga ega bo‘lsa  va sistema puxta ishlovchi avtomat 
yurgizish sistemasiga ega bo‘lsa, unda xonaning bo‘sh xajmini    1 marta ko‘paytirib qabul qilinadi.  
Bunda  n  -  avariya  shamollatishi  ta’minlayotgan  xavo  almashish  darajasi;   

  -  avariya 
rejimining ishlash davri, soat.  
Sanoat korxonalarining gaz va suyuqlik parlar bo‘yicha portlashga xavflilik kategoriyalarini 
quyidagi tartibda aniqlanadi.  
1. Apparatdan to‘kilib parlpnish natijasida, 1, 5 xavfsizlik koeffitsientini xisobga olgan xolda 
alangalanishning quyi konsentratsiya chegarasida portlash uchun xavfli xajmini aniqlanadi.  


 
94 
2.  Sanoat  korxonasi  xonasining  mashina  mexanizmlar  bilan  to‘ldirilmagan  bo‘sh  xajmini 
aniqlanadi.  
3. Avariya shamollatish rejimi aniqlanadi.  
4.  Xisoblab  topilgan  portlovchi  aralashma  xajmini  xonaning  bo‘sh  xajmiga  nisbatan 
to‘ldirilish protsenti aniqlanadi.  
5.  Agar  xisoblab  topilgan  gaz  xavo  aralashmasi  xona  xajmining  5%dan  ko‘p  miqdorini 
egallasa, bunda bu sanoat korxonasi portlashga va yong‘inga xavfli kategoriyaga kiradi.  
6. Sanoat korxonasi xonasining 5%dan ortiq xajmini to‘ldiradigan portlashga xavfli parning 
xavo bilan aralashmasini ta’minlaydigan suyuqlikning parlanish davrini aniqlaymiz: 

5%
 = 24V
x
C
qch
 (k P 
M
 F) 
Bunda  24  -  parlarning  portdashga  xavfli  xona  xajmining  5%ni  ta’minlash  darajasini 
ko‘rsatuvchi  yig‘indi  koeffitsienti;  V
x
  -  xonaning  jixozlardan  bo‘sh  bo‘lgan  xajmi,  m
3
;  C
qch
  - 
moddaning  alangalanish  quyi  konsentratsiya  chegarasi;  g/m
3
;  K  -  suyuqlik  yuzasidagi  parlanishni 
borishiga ta’sir ko‘rsatadigan xarorat va xavo xarakatiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient. R - to‘yingan 
parlar  bosimi(suyuqlik  yuzasidagi  issiqlik  bilan  xavo  muxitini  xaroratidan  o‘rta  arifmetik  miqdor 
chiqarib belgilanadi), Pa; M - moddaning molekulyar og‘irligi;  G‘ - suyuqlikning  parlanish yuzasi 
m
2

Agar  portlashga  xavfli  xavoning  par  bilan  aralashmasining  xona  xajmiga  nisbatan  5% 
miqdori,  shamollatishni  ishlashini  xisobga  olmasdan  xisoblansa,  yoki  shamollatish  butunlay 
ishlamasa, unda suyuqlik yuzasining xavo xarakati yo‘q xisoblanib, K=1 qabul qilinadi.  
Agar avariya shamollatishi ishlagan xolda, avariya shamollatishi ta’minlagan xavo xarakati 
tezligi xisobga olinadi va K miqdori ma’lumotnomadan olinadi.  
Agar xonada bir necha moddalardan tashkil topgan suyuqlik parlanishi mumkin bo‘lsa, unda 
xqoridagi xisoblab eng tez parlanuvchi modda asosida amalga oshiriladi. Bir necha suyuqliklardan 
tashkil topgan aralashmaning parlanish davrini aniqlaganda aralashma tarkibiga kirgan moddalarning 
miqdoriy  bosimi  qo‘yiladi,  aralashmaning  alangalanish  quyi  chegarasi  Sm  (g/m
3
),  Le-SHatele 
formulasi asosida aniqlanadi.  
C
M
 = 100/(q
1
/C
1
 + q
2
/C



 + q
i
/C
i

Bunda q
1
, q
2


 q
i
 - aralashma moddalari xar birining miqdori, xajmiga nisbatan % xisobida. 
C
1


 C
i
  - aralashmadagi xar bir moddaning alangalanish chegaralari, g/m
3
.  
Agar xonadagi portlashga xavfli aralashmaga xona xajmining 5%ini bir soatdan kam bo‘lgan 
vaqtda to‘ldirgan bo‘lsa, bunday sanoat korxonasi yong‘inga va portlashga xavfli kategoriyaga kiradi.  
Agar aralashma miqdori portlashga va yong‘inga xavfli bo‘lgan xonaning 5% ortiq xajmini 
qoplashga etarli bo‘lgan miqdorga etmasa, yoki bu miqdorga etish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to‘g‘ri 
kelsa,  unda  bu  sanoat  korxonasining  kategoriyasini,  moddaning  xossasiga  asosan,  uning  xonani 
qoplashini xisobga olgan xolda, ammo portlash xavfi, yo‘q xisoblab, aniqlanadi.  
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish