2020 Domuladjanov Ibragimjon


  Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

 
2020
 
Domuladjanov Ibragimjon  
Xadjimuxamedovich 
 
 
 
 
 
H
a
y
o
t
f
a
o
l
i
y
 
 
 
F
A
N
I
D
A
N
MA’RUZALAR MATNI  
 


 

Mundarija: 
1 – MAVZU MA’RUZASI 
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIGA KIRISH 
2 -  MAVZU MA’RUZASI 
3-BET
 
SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH XIZMATINI 
TASHKIL ETISH 
5-bet 
3 -  MAVZU MA’RUZASI 
DAVLAT NAZORAT ORGANLARI 
7-bet
 
4 -  MAVZU MA’RUZASI 
MEXNATNI MUXOFAZA QILISHNING  NOMENKLATURA CHORA-
TADBIRLARI 
10-bet
 
5- MAVZU MA’RUZASI 
ISHLAB CHIQARISHDA XAVFLI ZARARLI HOLATLAR VA BAXTSIZ 
HODISALAR 
14-bet
 
6 – MAVZU MA’RUZASI 
ISHLAB CHIQARISHDA MIKROKLIMAT PARAMETRLARI 
28-bet
 
7-MAVZU MA’RUZASI 
SHOVQIN VA TEBRANISHNING FIZIK VA FIZIOLOGIK 
XUSUSIYATLARI 
41-bet
 
8-MAVZU MA’RUZASI 
KORXONALARDA TEXNIKA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI 
56-bet
 
9– MAVZU MA’RUZASI 
BOSIM OSTIDA ISHLATILADIGAN VA YUK KO‘TARUVCHI TASHUVCHI 
TRANSPORT VOSITALARINING XAVFSIZLIK TALABLARI 
84 –bet
 
10– MAVZU MA’RUZASI 
YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI 
89-bet 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

1 – MAVZU MA’RUZASI 
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIGA KIRISH 
 
Insoniyat taraqqiyotining  XX asri o‘tib, XXI asr bo‘sag‘asida turibmiz.  O‘tgan asrga nazar 
tashlasak,  bu  asrda  xar        qanday  bo‘xronlar,    falokatlar,  ikki  marta  jaщon  urishi  va  xozirgacha 
tinmayotgan  xududiy  janja  llar  va  boshqa  inqiroziy  voqealardan    qat’iy  nazar,  birmuncha  ijobiy 
o‘zgarishlar xam ro‘y berdiki, bularni xisobga olmaslikning iloji yo‘q. 
Eng  avvalo  va  bunisi  asosiy  ijobiy  voqea  bo‘lishi  tabiiy,  O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligini 
ta’minladi. 
Tarixdan ma’lumki  xali dunyodagi mustaqillikka erishgan davlatlardan birortasi qurbonlarsiz 
va  yo‘qotishlarsiz erishgan  emas. Tarix taqozosi bilan O‘zbekiston mustaqilligi imkon qadar kam 
yo‘qotishlar va qurbonlarsiz  va  vayronagarchiliklarsiz  bo‘lganligi, O‘zbekiston mustaqilligining 
o‘ziga xos xususiyati xisoblanadi. 
O‘zbekiston  mustaqilligining  birinchi  yilidan  boshlab,    Davlat  bosh  isloxatchi  -  taomili 
asosida  O‘zbekistonning  siyosiy,    ijtimoiy  va  iqstisodiy  yo‘nalishlar  belgilandi  va  bu  yo‘ldan 
og‘ishmay  borilmoqda. 
O‘tgan  asrda  yuz  bergan  yana  bir  ijobiy  o‘zgarish  ilm  -  fan    taraqqiyotining    yuqori 
bosqichlarga ko‘tarilganligi,  yangi texnika va texnologiyalarning paydo bo‘lganligidir. 
Ma’lumki fan - texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlarini qayta 
taqsimlashga  olib  keladi.  YAngi  texnologiya  bilan  ishlab  chiqarish  samaradorligi  oshadi,  ishlab 
chiqarilayotgan  maxsulotlar  sifati  yaxshilanadi,  dunyo  bozoridagi  raqobatni  vujudga    keltiradi    va  
ilm - fan darajasi past bo‘lgan davlatlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni jaxon  bozorida  sotish  
imkoniyati yo‘qoladi. 
SHuning  uchun  xam  davlatimiz  siyosatining  asosiy    yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lgan  ilm-fan 
tizimini islox qilish xozirgi vaqtda dolzarb masalalar qatorida turibti. 
Davlatimiz  raxbari    shaxsiy    tashabbusi    bo‘yicha  o‘tkazilayotgan  o‘quv  tizimi  isloxati 
birnecha bosqichdan iborat qilib belgilangan. Bunda birinchi bosqich to‘liqsiz o‘rta ma’lumot, 9 yillik 
maktablarda  amalga  oshiriladi,    ikkinchi bosqich    kasb-xunar    kollejlari    va  akademik    litseylarda  
bajariladi  va  keyingi  bosqichda  Universitet  va  Institutlarda  to‘liqsiz  oliy  ma’lumotli    bakalavrlar  
tayyorlash  yo‘lga    qo‘yiladi,    nixoyat  oxirgi  bosqich  magistrlar,    ya’ni  yo‘nalish  bo‘yicha  etuk 
mutaxassislar tayyorlash bilan natijalanadi. 
Bu ishlarni  amalga oshirishda ikkita katta muammo paydo bo‘ladi.  Bulardan birinchisi bu 
tayyorlov  bosqichlarini  amalga    oshirishi  kerak    bo‘lgan    mutaxassis  kadrlar  va  ikkinchisi  o‘quv-
uslubiy ko‘rsatmalar va darsliklar masalasidir. 
Xozirgi  vaqtda    bu  masalalarni  xal  qilishga  birmuncha  axamiyat  berilayotgan  bo‘lsa  xam,  
o‘zbek tilida darsliklar yaratish  masalasi etarlicha oldinga siljiyotgani yo‘q. 
Xattoki o‘quv tizimining quyi  bosqichlarida  xam  darsliklar masalasi xal qilingan emas. 
Oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili Davlat tili deb e’lon qilingan  vaqtdan  beri,  darslar o‘zbek 
tilida olib borilayotgan bo‘lsa xam,  foydalanilayotgan darsliklar eski ittifoq zamonida chiqarilgan 
rus tilidagi darsliklardan iborat. 
O‘zbek tilida dars olib borilgandan keyin, rus tilidagi adabiyotlar tavsiya qilish, shubxasiz 
noqulay axvol xisoblanadi. 
YAna  shuni  xam  ta’kidlash  kerakki,  rus  tilidagi  adabiyotlarning  texnika    soxasiga  tegishli 
xollarda atamalar (terminlar) masalasi xam ancha murakkab. SHuning uchun talabalar bu masalalarni 
o‘zlaricha xal qiladilar deb o‘ylash mutloqo mumkin emas.  CHunki atamalar ustida xali atamalar 
komiteti  tomonidan  echimi  topilmagan  muammolar  mavjud  va  buni  talabalar  elkasiga  yuklash,  
albatta ularga og‘irlik qiladi. 
SHuning uchun  xam  texnika oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar yaratish muammosi, dolzarb 
muammo bo‘lib turibti. 
Xayot  faoliyati  xavfsizligi  fani  texnika  fanlari  sirasiga  kiradigan  fan  xisoblanadi.    Bu  fan 
uchun  yuqorida    keltirib    o‘tilgan  muammolar  to‘laligicha  o‘tishi  bilan  birga,  uning  paydo 


 

bo‘lganligiga  uncha  ko‘p  vaqt  o‘tmaganligini  xisobga  olsak,    bu  fan    uchun    umuman  darsliklar 
yozilgani yo‘q. 
Albatta bu fan quruq erda va o‘z-o‘zidan paydo  bo‘lgani  yo‘q. Uning negizini uchta mustaqil 
fan  tashkil  qiladi.    Bular:  mexnatni  muxofaza  qilish;  atrof-muxitni  muxofaza  qilish;  va  fuqorolar 
mudofasi    fanlari  bo‘lib,    avvallari  bu  fanlar  mustaqil  o‘qitilganligi  sababli,  xar  biri  o‘z  uslubiy 
qo‘llanmalari, darsliklari va tajriba o‘tkazish xamda amaliyotdan masala va misollar to‘plamlariga 
ega. Tabiiyki bularning xammasi rus tilida nashr etilgan o‘quv qurollari va darsliklaridan iborat. 
Bu  fanlarning  asosini  tashkil  qilgan  "Mexnatni  muxofaza    qilish"  fani  ilgaridan  o‘qitilib 
kelingan. Bu soxada texnika universiteti masshtabida adabiyotlar  yaratilmagan bo‘lsa xam, o‘zbek 
tilida  chiqarilgan    yaxlit  adabiyot  bo‘lmasa  xam,    ayrim  bo‘limlar  o‘quv  qo‘llanma  va  ma’ruzalar 
to‘plami  sifatida  nashr  etilgan.  SHuningdek  atrof-muxitni    muxofaza  qilish  bo‘yicha  birmuncha 
masalalar xal qilingan. 
SHuni  aloxida  ta’kidlash  lozimki,  mexnatni  muxofaza  qilish  fanining  sanoat  sanitariyasi 
bo‘limi  bilan  atrof-muxitni  muxofaza qilish  fanlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni qurollanmagan ko‘z 
bilan xam ko‘rish mumkin.  Lekin shu davrga qadar Toshkent Davlat texnika universitetida bu fanlar 
mustaqil  fan  sifatida  faoliyat  ko‘rsatganligi  sababli,    ularni  ajratib,  atmosfera  xavosiga  chiqarib 
yuborilayotgan zararli moddalar va changlarga qarshi kurash mexnatni muxofaza qilish darsliklarida 
berilsa,    sanoat  koxonalari  oqova  suvlari va  kimyoviy  moddalar,    shuningdek  xar xil  yoqilg‘ilarni 
yoqishdan,  avtomobil  va  boshqa  ichki    yonar    vositalaridan    ajraladigan    zararli  moddalar    atrof-
muxitni muxofaza qilishga taalluqli deb qarash qabul qilingan edi. 
Bu masalalarga  kengroq  qaralsa  bunday chegaralash birmuncha chalkashliklarga olib keladi. 
Jumladan mexnatni muxofaza qilishda sanat changi masalasi ko‘riladi.  CHanglar tabiiy va 
sun’iy bo‘lishi va bularni  izoxlaganda sun’iy changlar inson faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan 
changlar  deb  tushintiriladi.    Xozirgi  vaqtda  xuddi  shunday  chegara  qo‘yish  imkoniyati  bormi? 
Aytaylik  vulqonlar  otilishi,  chang-to‘zon  bo‘lib  cho‘llardan  tuproqlarning  ko‘chishi,  kosmosdan 
metioritlarning er qariga o‘tishi  bilan  yonishdan  xosil  bo‘lgan  changlar va boshqalar tabiiy changlar 
sirasiga kirgizilsa,  bu albatta  inson  faoliyati  bilan bog‘liq bo‘lmagan xodisa xisoblanadi,  ammo 
inson  faoliyati  natijasida  Orolning  qurishi  va  uning  ostida  to‘plangan  minglab  tonna  tuzlarning  
atmosferaga    xuddi    shu  to‘zon  sifatida  ko‘tarilishi  va  shuningdek  o‘zlashtirilgan  erlarda  ularni 
sug‘orish  bilan  er  osti    suvlarining  ko‘tarilishi  va  erlarning  sho‘rlanishi  natijasida  tuproqlarning 
erroziyaga uchrashi oqibatida bular xam to‘zon  sifatida  shamol bilan  birga xarakatlana boshlaydi 
va bu to‘zonlar butunlay bunday xodisalardan yiroq bo‘lgan serxosil erlarga borib tushishi oqibatida  
bu erlarni xam xalokat yoqasiga olib kelishi mumkinki,  buning natijasida butun bir o‘lka ekologik  
muvozanati  buzilishi  mumkin bo‘lgan bu xodisani tabiiy chang oqibati ekanini va bu agar chuqurroq 
qaralsa,  inson faoliyati natijasida kelib chiqqan sun’iy chang ekanligi tushiniladi. 
Bunday  misollarni  ko‘plab  keltirish  mumkin.    SHuning    uchun    xam  mexnatni  muxofaza 
qilish,  tashqi muxitni muxofaza qilish va fuqoro mudofasi fanlarini birlashtirishga extiyoj tug‘ildi. 
Bu  fan  inson  faoliyatining  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  faoliyati  bilan  chegaralanmasdan, 
uning yashash muxiti, xar xil bo‘lishi mumkin  bo‘lgan  tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlanish,  tabiat 
va odamzot uyg‘unligini yaxshi tushinish, tabiatga muloxaza bilan, uning muvozanat zanjirini uzilib 
ketishidan extiyot qilgan xolda yondoshish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish