2020 Domuladjanov Ibragimjon


ZARARLI MODDALARNING TURI VA SINFLANISHI



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

ZARARLI MODDALARNING TURI VA SINFLANISHI  
 
Tashqi muxitni  muxofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi emas.  Insoniyat 
taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  bu  muammolar  xar  turli  qirralari  bilan  ko‘rinish  berib  kelgan. 
Masalan o‘rta asr boshlarida jaxonning katta shaxarlarida isitish  uchun  va  boshqa maqsadlar uchun 
tosh ko‘mirdan foydalanish boshlangan kezlarda bu shaxarlada tutunning ko‘payib  ketishi  natijasida  
odamlarning tutunga qarshi kurash e’lon qilingani xaqida ma’lumotlar bor. 
Keyingi  vaqtlarda,  ya’ni  asrimizning  30  nchi  yillarida  jaxon    miqyosida  po‘lat  ishlab 
chiqarishga  extiyoj  ortganligi  munosabati  bilan,    bunday  korxonalar  zich  joylashgan  Evropa 
xududidagi  Angliya  va  Belgiya davlatlaridagi ba’zibir shaxarlarda tutunning ko‘payib ketishi axoli 


 
21 
o‘rtasida  kasallanish  ko‘payganligi  kuzatilgan.    Bunday  noxush  voqialarni  metallurgiya  sanoati 
rivojlangan Rossiya Federatsiyasining Magnitogorsk  va  CHelyabinsk  shaxarlarida  xozirgi kunda 
xam kuzatish mumkin. 
Asrimizning 50 nchi yillaridan  boshlab  avtomobilsozlikning rivojlanishi tufayli avtomobil 
dvigatellarida  yonishdan  xosil  bo‘lgan  gaz  dunyo  miqyosida  eng  xavfli  ekolik  muvozanatni  
buzilishiga  olib    keladigan    omilga  aylandi.    Dunyo  axborot  agentliklarining  ma’lumotlariga 
qaraganda planetamiz xududidagi katta  shaxarlarning  deyarli  xammasida  avtomobillar  chiqargan 
gazlar muammosi ko‘ndalang turibti.  SHuni xam ta’kidlash muximki,  avtomobillarga qarshi kurash 
ochishning  imkoniyati  yo‘q.  CHunki  insoniyat  taraqqiyotini  avtomobillarsiz  tasavvur  qilish  qiyin. 
Aytilgan  gaplar  faqatgina  avtomobillarga    tegishli    bo‘lmay,    butun  transport  tizimlarining 
xammasiga:    samolyotlar,    teplovozlar,    okean  kemalari  va  kosmik  kemalarning  barchasiga 
taalluqlidir. 
Aytilganlardan ko‘rinib turibtiki atmosfera xavosining bulg‘anishiga qarshi kurash murakkab 
muammo bo‘lib, o‘zida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik muammolarni o‘z ichiga oladi. 
Atmosfera xavosining  bulg‘anishi  tushinchasiga xar xil ma’no berishga xarakat qilingan. 
Bu  tushinchani    umumbashariy    nuqtai    nazaridan  olib  qarasak,    dunyo  miqyosida  ajralib 
chiqayotgan zararli moddalar miqdorini  ko‘z oldimizga keltirishga to‘g‘ri keladi.  Axborotnomalarda 
berilishicha Amerika Qo‘shma SHtatlari issiqlik eletr stansiyalarida  tosh  ko‘mir yoqish natijasida 
xosil bo‘ladigan changlarning tozalash qurrilmalaridan keyin atmosferaga  chiqarib  yuborilayotgan  
miqdori  yiliga 180.000.000 tonnani tashkil qiladi.  Metallurgiya sanoatida ajraladigan chang miqdori 
150.000.000 tonna deb  keltirilgan.  YOg‘ochsozlik sanoatida esa bu miqdor 120.000.000 tonnani 
tashkil qiladi. Bu keltirilgan ma’lumotlar 1985 - 90 yillarga tegishli. 
Endi  oddiy    xisob    yo‘li  bilan  olsak,    eski  ittifoq  AQSH  dan  kam  elektr  energiyasi  ishlab 
chiqarmagan.  Demak yoqilgan ko‘mir  va changlar  miqdori taxminan yuqorida keltirilgan miqdorlar 
atrofida.  Evropadagi rivojlangan davlatlar energerikasi va boshqa sanoat tormoqlari yana shuncha 
miqdorda chang chiqarishi,  shuning bilan bir qatorda Xitoy,  YAponiya,  rivojlanayotgan Janubiy-
SHarqiy  Osiyo  davlatlarida ajralayotgan  changlarni  xam  qo‘shilsa  bu  miqdor  birnecha  milliardlab 
tonnani tashkil qilishini tasavvur qilish mumkin. 
Xarqanday davlatning  rivojlanish darajasini unda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi va 
sanoat  korxonalarida  ishlab    chiqarilayotgan  maxsulotlarining  sifati  va  dunyo  bozoridagi  raqobat 
bardorligi belgilaydi.  Bu oddiy xaqiqatni tushinib  etmagan  er yuzidagi birorta davlat qolgani yo‘q.  
Demak xar bir davlat energetika soxasini rivojlantirishi turgan kap.  SHundan kelib  chiqib aytish  
mumkinki  yuqorida keltirib o‘tilgan chang miqdorining yaqin kelajakda birnecha o‘n marta oshishi 
extimoldan xoli emas. 
CHanglarning o‘ziga xos xususiyati shundaki,  ular asosan qattiq moddalarning zarrachalari 
xisoblanadi, lekin  ularning  tarkibida    kimyoviy    reaksiyalar    natijasida  xosil  bo‘lgan  zarralar  xam 
anchagina  miqdorni  tashkil  qiladi.    Masalan    energetika    soxasida  yoqilg‘i  sifatida  ishlatilayotgan 
moddalar  yongandan  keyin  xosil  bo‘ladigan  qoldiq  maxsulot,  ya’ni  kul  xuddi  shunday  zarralar 
qatorini egallaydi.  Bunday changlarning atmosferaga chiqarib yuborilgan qismi kattaligi 5 mkm dan 
kichik    changlardan    tashkil    topganligi  sababli  va  ularning  solishtirma  og‘irligi  atmosfera  xavosi 
solishtirma  og‘irligiga  tengligini  xisobga  olsak,    bu    changlar    deyarli  erga    qo‘nmay  atmosfera 
xavosining bir qismi sifatida doim suzib yuradi. 
Bu  changlarning    atmosfera    xavosida  ko‘payishi  quyosh  nurlari  ning  erga  etib  kelishini 
qiyinlashtiradi,    ya’ni    notabiiy    soyalar  vijudga    keladi    bu    esa  o‘z  navbatida  shamollarning 
xarakatlanish  yo‘nalishlarini  o‘zgartirib  yuboradi,  ularning  tarkibidagi  bulutlar  doimiy  yurish 
joylarini o‘zgartirib,  yog‘ishi kerak bo‘lgan yomg‘ir butunlay boshqa xududlarga yog‘adi. 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish