16
koeffitsienti va jaroxatning og‘irligi koeffitsientining o‘rtacha ko‘rsatgichini olish imkoniyatini
beradi.
Statistika usulini ikkiga bo‘lib qarash qabul qilingan:bular gruppa usuli va topografiya
usulidir.
Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi xisoblanadi va baxtsiz xodisalarning yuir xil
sharoitlarda va ayrim belgilari bilan(masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz xodisaning
xususiyatini va X. Q. )gruppalangan xolda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul xam gruppa usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, quyidagi xollarda
qo‘llaniladi:gruppa usulida keltirilgan baxtsiz xodisalar xaqidagi ma’lumotlarni xar xil shartli belgilar
bilan belgilab(masalan, (N-I), ish uchaskalarining planida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yil
chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz xodisalarning takrorlanishi xaqida
ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.
Xar qanday statik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz xodisalarni taxlil qilish xam olingan
materialni, asosan baxtsiz xodisa xaqida tuzilgan N-I formadagi aktni xar tomonlama o‘rganiladi. Akt
bo‘yicha baxtsiz xodisaga yuz bergan joy, jaroxatlanish xarakteri, og‘irlilik darajasi, sutkaning qaysi
vaqtida yuz berganligi xaqidagi ma’lumotlar bo‘yicha taqsimlanish belgilari aniqlanadi.
Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz xodisalar kechki smenada va ishchilarning ish
staji kam bo‘lganlariga, 50 protsent atrofida baxtsiz xodisalar to‘g‘ri keladi.
Bularni xisobga olib, baxtsiz xodisalarning kamaytirishning amaliy tadbirlarini ko‘rish
imkoniyatini tug‘iladi.
2. Monografiya usuli. Bu usulning moxiyati, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka
yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va xar tomonlama o‘rganish asosida olib boriladi. Asosiy
diqqat e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim operatsiyalar ishlab chiqarishning xavfli
laxzalari va sanitar-gigienik mexnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro‘y bergan
baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarning sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday taxlillar turdosh korxonalar bo‘yicha xam o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqish mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz
xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek qurilayotgan yoki loyxalanayotgan bunday
korxonalarda aynan o‘xshash baxtsiz xodisalarning kelib chiqmasliklarini ta’minlashga xarakat
qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyxalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni
o‘zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: