2020 Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

 
 
 
 
 
 
 
2 -  MAVZU MA’RUZASI 
SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH XIZMATINI 
TASHKIL ETISH 
 


 

Mexnat qilish qonunlari.  
Xar qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bulishidan qat’iy nazar 
o‘zining xuquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson xuquqlarini ximoyalashga asoslangan qonun 
asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur.  
Bu Konstitutsiyasi avvalo inson xuquqlarini ximoya kilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va 
ijtimoiy xuquqlar xam ximoyalanishi kerak.  
Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasi  1992  yil  8  dekabrida  o‘zining  birinchi  demokratik 
Konstitutsiyasini e’lon qildi.  
Bu  Konstitutsiyaning  IX  bobi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  xuquqlarni  ximoyasiga  qaratilgan.  36-
moddada  "Xar  bir  shaxs  qonunda  ko‘rsatilgan  tartibda  mexnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash,  odilona 
sharoitlarda mexnat qilish va ishsizlikdan xisoyalanish xuquqiga egadir"deyilgan va uning davomida 
"Sud  xukmi  bilan  tayinlangan  jazoni  o‘tash  tartibidan  yoki  qonunda  ko‘rsatilgan  boshqa 
xollardan(xarbiy xizmat  chog‘ida, favqulodda  xolat  sharoitida  va x. q. )tashqari majburiy mexnat 
taqiqlanadi  "deyilish  avvalgi  Konstitutsiyadagi  tarqoq  umumiy  jumlalar  asosida  berilgan  va 
ishyoqmas, dangasa щaxslar uchun asosiy istexkom bazasi bo‘lib xizmat qiladigan "bircha fuqurorlar 
ish bilan ta’minlanadi" degan qonundan tubdan farq qilishi ko‘rinib turibdi.  
SHu  bobning  37-moddasida  "Barcha  yollanib  ishlayotgan  fuqarolar  dam  olish  xuquqiga 
egadirlar. Ish vaqti va xaq to‘lanadigan mexnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi" deyilgan 
jumla xam birmuncha ijobiy xususiyatlarga ega. Dam olish xuquqini ta’minlash, mana shu xuquqni 
amalga  oshiridishini  ta’minlaydigan  ijtimoiy  bazaga  asoslanishi  kerak.  Bu  bandda  ana  shu  bazani 
ta’minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan, bu esa oldinga qarab 
siljish imkoniyati demakdir.  
38-Moddada "Xar kim qariganda, mexnat layoqatini yo‘kotganda, shuningdek boquvchisidan 
maxrum  bo‘lganda  va  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  xollarda  ijtimoiy  ta’minot  olish  xuquqiga 
ega. 
Pensiyalar,  nafaqalar,  ijtimoiy  yordamning  boshqa  tarlarining  miqdori  rasman  belgilab 
qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas" deyilgan.  
Oldingi Konstitutsiyalarda ijtimoiy ta’minlanish masalasa xal qilingani bilan uning miqdori 
xech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitutsiyada qo‘shimcha ravishda tirikchilik uchun etarli miqdorda 
belgilanishi, albatta keyingin  nafaka  xaqidagi qonuniyatlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini 
beradi.  
39-Moddada  "Xar  bir  inson  malakli  tibiy1  xizmatni  foydalanish  xuquqiga  ega"  deb 
belgilangan.  
Ilgari kabul kilingan Konstitutsiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi deyilgan edi. 
Ammo unday tibbiyot xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun 
tibbiyot saxasini inqiroziy tanglikka olib keldi. Xozir belgilangan modda  bo‘yicha  tibbiyot xizmati 
xech  bir  cheklanishlar  yo‘q,  bunda  turli-tuman  tibbiyot  xizmati  korxonalari  tashkil  etilishi  va 
jumladan malakali tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo‘lishi shu bilan esa 
davolash  soxasida  raqobat  vujudga  kelishi  bilan  Respublikamizda  yashovchilar  malakali  tibbiyot 
xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  
Bizning  mamlakatimizda  xaqiqatdan  xam  ayollarning  erkaklar  bilan  teng  xuquqligi 
ta’minlangan. Bu xuquq mexnat qilish xaqidagi qonuniyatda ta’kidlangan. Mexnat qilish jarayonida 
erkaklar  bilan  ayollarning  teng  xuquqligi,  ularning  erkaklar  singari  og‘ir  va  zararli  ishlarda  xam 
ishlashlari mumkin ekanligini bildirmaydi. Ayollar a’zolarining ba’zi xususiyatlarini va ayollarning 
oiladagi  mavqeini  xisobga  olib,  qonuniyatda  ular  uchun  ma’lum  engiliklar  va  maxsus  qoidalar 
belgilangan.  Ayollar  sog‘liga  zarar  keltirishini  xisobga  olib,  ba’zi  bir  ishlarda  ayollar  mexnatidan 
foydalanish  ta’qiqlanadi.  Masalan  ayollarning  zaxarli  moddalar  ajralishi  bilan  bog‘langan  ximiya 
sanoatining  ba’zi  tarmoqlarida,  er  osti  ishlarida  va  boshqa  bir  qancha  ishlarda  ishlashlariga  yo‘l 
qo‘yilmaydi.  
Xozirgi  vaqtda  sanoat  korxonalaridagi  ko‘p  soxalari  mexanizatsiyalashtirilgan  bo‘lishiga 
qaramay, ba’zi bir xollarda yuklarni qo‘l bilan ko‘tarib ko‘chirish xolatlari uchrab turadi. SHuning 
uchun balog‘at yoshidagi ayollar uchun yuk ko‘tarish qoidalari belgilab qo‘yilgan.  


 

Ular qo‘lda 20kg gacha bo‘lgan yukni va zambilg‘altak bilan 50kg dan oshmagan yukni olib 
yurishlari mumkin.  
Farzand  ko‘rishi  kerak  bo‘lgan  va  emizuvchi  ayollarga  maxsus  engilliklar  tug‘diriladi. 
Bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarni tungi (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan 
tashqari,  dam  olish  kunlaridagi  ishlarga  jalb  qilish  va  komandirovkaga  yuborish  taqiqlanadi. 
Ma’muriyat ba’zi xollarda bunday ayollarni vrach xulosasiga asosan, o‘rtacha ish xaqini saqlagan 
xolda  engil  ishlarga  o‘tkazishi  lozim.  Ayollarga  tug‘ish  oldidan  va  tuqqandan  keyin  56  kalendar 
kundan  xaq  to‘lanadigan  dam  olish  kunlari  beriladi.  Bundan  tashqari  farzand  kutayotgan  va 
emizuvchi ayollar uchun yana bir qancha engilliklar beriladi.  
Sanoat korxonalarida ishlovchi ayollar uchun bola emizishi xonalari, dush xonalari va shaxsiy 
gigiena xonalari tashkil qilinadi.  
Respublika mexnat qonuniyati o‘smirlar mexnatini muxofaza qilishga aloxida a’tibor beradi. 
Ularning  mexnat  qilish,  dam  olishi,  ish  o‘rganishi  borasida  ma’lum  sharoit  yaratish  kerakligi 
ta’kidlangan. Mexnat qonuniyatiga asosan 16  yoshga to‘lmagan o‘smirlar ishga qabul qilinmaydi. 
Ayrim sharoitlarda 15 yoshga to‘lgan o‘smirlar  FZKU ruxsati bilan ishga qabul qilinishi mumkin. 
Bunday o‘smirlar uchun 16 yoshgacha 24 soatli ish xaftasi tashkilll qilinadi. 16 yoshdan 18 yoshgacha 
bo‘lgan o‘smirlar uchun esa, ish soati xaftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak. Ammo bundan o‘smirlar 
uchun  to‘lanadigan  ish  xaqi  xuddi  shu  darajadagi  ishlarda  ishlaydigan  balog‘at  yoshidagi 
ishchilarning o‘rtacha ish xaqidan kam bo‘lmasligi kerak.  
O‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki o‘zi xoxlangan 
vaqtda  dam  olish  kunlari  berilishi  kerak.  O‘smirlar  mexnatidan  tungi  ishlarda,  ishdan  keyin  qolib 
ishlanadigan  ishlarda,  dam  olish  kunlarida  foydalanish  butunlay  taqiqlanadi.  O‘smirlar  sog‘liklari 
uchun  zararli  moddalar  ajralib  chiqish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ishlarda  ishlatish  mumkin  emas. 
Mashinasozlik  sanoatida  o‘smirlar  mexnatidan  galvanik  sexlarda,  xar  xil  shamollatish  ti’imlarini 
remont  qilish  va  tozalashda,  shuningdek  simob  va  simob  birikmalari  bilan  ishlanadigan  ba’zi  bir 
ishlarda foydalanish mumkin emas.  
18  yoshga  to‘lmagan  o‘smir  bolalarga  16  kg  gacha.  qizlarga  esa  10  kg  gacha  bo‘lgan 
og‘irlikdagi  yuklarni  ko‘tarish  ruxsat  etiladi.  O‘smirlar  ishga  qabul  qilinayotgan  vaqtda  tibbiyot 
ko‘rigidan o‘tkaziladi, shuningdek 18 yoshga to‘lguncha yiliga belgilangan rejaga muvofiq tibbiyot 
ko‘rigidan  o‘tkazib  turiladi.  Agar  tibbiyot  ko‘rigi  o‘smir  bajarayotgan  ish  uning  sog‘ligiga  salbiy 
ta’sir ko‘rsatayotgani sezilsa, o‘smir darxol xavfsiz va engilroq ishga o‘tkaziladi.  
Ba’zi  bir  soxalarda  zararli  ish  sharoiti  bo‘lgan  joylar  uchrab  turadi.  Mexnat  qonuniyatiga 
asosan  bunday  joylarda  ishlovchilar  uchun  ustama  xaq  to‘lanadi  yoki  ish  soati  qisqartiriladi.  Ish 
soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo‘lgan zonada kamroq bo‘ladi va bu bilan 
u kamroq zaxarlanadi.  
Ko‘pgina ximiya sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining quyish, eritish sexlarida 
ish  soati  kuniga  olti  soatga  qisqartirilgan.  Bundan  tashqari  zararli  xonalarda  ishlagan  ishchilarga 
qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi va bu qo‘shimcha vaqtda zararli zonadi ishlagan ishchi uchun 
sog‘ligini tiklash imkoniyati tug‘iladi. Zararli zonalarda ishlagan ishchilar uchun ustama xaq to‘lash 
xam keng yo‘lga qo‘yilgan. Mashinasozlik sanoatining bir qancha sexlarida oladigan oyligiga 13 foiz 
atrofida va ba’zi uchastkalarda esa 30-33 foizgacha ustama xaq to‘lanadi.  
Sog‘lik uchun  juda  xavfli  sharoitlarda  ishlayotganlar uchun, ularning kasb kasalliklariga 
chalinmasliklarini ta’minlash va sog‘liklarini mustaxkamlash maqsadida extiyot chora sifatida bepul 
oziq-ovqat maxsulotlari berib boriladi.  
Zararli moddalar ajralishi mumkin sexlarda ishlovchi ish kunlarida 0, 5 litr miqdorda sut yoki 
shunga yarasha boshqa extiyot chora sifatida maxsulotlarni oladilar. Sut olish zarur bo‘lgan kasblarni 
FZKU bilan kelishilgan xolda korxonaning raxbar xodimlari belgilaydi. Bunga O‘zbekiston sog‘likni 
saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy xulosalar asos qilib olinishi kerak.  
Tananing  ba’zi  bir  qismlari  yoki  xammasi  ifloslanishi  mumkin  bo‘lgan  ishlarda  mexnat 
qiluvchi ishchilar bepul sovun bilan ta’minlanadilar.  


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Mexnat  kodeksi  mazmunida  ishlab  chiqarish  korxonalari 
ma’muriyati  mexnatkashlarga  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘langan  xar  qanday  shikastlanish  yoki 
zararlanishni, shuningdek moddiy yo‘qotishni qoplash majburiyatini oladi.  
Xavfsiz ishlash sharoitini yaratish borasida yo‘l qo‘yilgan xar qanday kamchilik yoki xavfsiz 
ishlash  sharoitini  tashkil  qilmaslik  natijasida  ishchining  baxtsiz  xodisaga  uchrashi  sanoat 
korxonasining yoki raxbar xodimlarning aybi xisoblanadi. Moddiy yo‘qotishni qoplash miqdori va 
tartibi maxsus qoidalar asosida olib boriladi.  
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish