89
Reaksiya egri chizig‘i bo‘ylab borganda o‘z-o‘zidan alangalanish bo‘lmaydi. Bu xolat moddaning bir
maromda oksidlanish jarayoniga mos keladi. Agar reaksiya egri chizig‘i asosida bo‘lsa, bunda issiqlik
ajralishi tarqalayotgan issiqlikka nisbatan xamma vaqt ko‘p bo‘ladi. Bu xolatda aralashmaning
issiqligi ko‘tarila boradi va natijada o‘z-o‘zidan alangalanish boshlanadi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning ajralayotgan issiqligi bilan tarqatayotgan issiqligi
orasidagi mutanosidlik qizdirish egri chizig‘i bo‘ylab borganda kuzatiladi. Bunda qizdirilishning va
issiqlik tarqatishning tenglashgan xolati V nuqtaga to‘g‘ri keladi. Ammo bu tenglanish turg‘un xolat
emas. Bu xolatda uncha katta bo‘lmagan qizdirish xam moddalardan ko‘plab issiqlik ajralishini
ta’minlash va o‘z-o‘zidan alangalanishga olib kelishi oson. Demak bu ikki chiziqning kesishgan
nuqtasi V ni issiqlik ajralishi va tarqalishi tenglashgan xolat deb qarash mumkin. Mana shu
tenglashgan xolatdagi xaroratni o‘z-o‘zidan alangalanish xarorati deb yuritiladi.
Xarxil moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish xarorati xar xil bo‘ladi va ba’zan keskin farq
qiladi. Masaln A-72 benzinining o‘z-o‘zidan alangalarini xarorati 255
o
S ga, qayin yog‘ochiniki 400
o
S, linoleumniki 411
o
S ga teng.
Zanjirsimon o‘z-o‘zidan alangalanish. Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning
xaroratini oshirmagan xolda ximiyaviy jarayonlar ro‘y berishi va bu jarayonlar o‘z-o‘zidan
tezlanishishi (Albatta birlamchi uncha ko‘p bo‘lmagan issiqlik xisobga)va o‘z-o‘zidan alangalanish
xodisasini vujudga keltirishi mumkin.
Bunday xodisalarni zanjirli ximiyaviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga
asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda, ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat
o‘zgarmagan xolda, bir yoki bir necha markazda moddaning aktiv atomlari xosil bo‘ladi va bu atomlar
modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, buning natijasida yonuvchi modda
molekulalari parchalanadi va bu prachalangan molekulalar yangi aktiv markazlar xosil qiladi.
Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bo‘lsa, unda zanjir reaksiya sust kechadi. Bu
xolda tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir necha bo‘lsa, bunda reaksiya
keskin kuchayadi va o‘z-o‘zidan alangalanish protsessiga olib keluvchi reaksiya tarmoqlangan deb
yuritiladi.
Buni xlor bilan vodorod molekulalarining o‘zaro birikishi misolida tushuntirish mumkin. Xlor
molekulalari yorug‘lik ta’sirida atom xolidagi xlor vodorod bilan engil birikadi.
Atom xolidagi vodorod yana prachalaydi Bularni o‘zaro qo‘shsak
Bundan ko‘rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tugumaydi va davom etaveradi.
Zanjirsimon reaksiyaning o‘z-o‘zidan alangalanishiga olib keluvchi xususiyati xarorat
ko‘tarilganda tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: