SANOAT KORXONALARINI LOYIXALAGANDA VA QURGANDA
YONG‘INGA QARSHI KURASH TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISH
Agar sanoat korxonalarini loyixalash va qurishda unda bajariladigan ishlarning ma’nosidan
kelib chiqadigan talablardan tashqari unga texnik mustaxkamlik, sanitar-gigienik va iqtisodiy
talablardan tashqari unga yong‘in xavfi va yong‘inga qarshi tura olish talablari xam qo‘yiladi.
SNiP II-2-80 ga asosan xamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo‘yicha uch gruppaga
bo‘linadi.
YOnmaydigan konstruksiyalar-bularga katta xarorat ta’sirida, yoki alanga ta’sirida yonib
kulga yoki ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kuradi(masalan, metall konstruksiyalar
va mineral materiallar).
Qiyin yonadigan konstruksiyalar-bunga katta xarorat yoki kuchli alanga doimiy ta’sir etgan
taqdirda tutab yonadigan, alanga ta’siri yo‘qolishi bilan o‘chadigan sanoat konstruksiyalari kiradi.
(O‘tga qarshi vositalar bilan ishlov berilgan yog‘och konstruksiyalar va sanoat chiqindilardan
tayyorlangan yarim organik va yarim mineral moddalardan tayyorlangan konstruksiyalar).
YOnadigan konstruksiyalar - bularga alanga yoki katta xarorat yondiruvchi vosita bo‘lib,
keyin alangani olib ketilgandan keyin xam yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari
kiradi(yog‘och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materiallari).
Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarning yong‘inga chidamligini yoki
yonishi ularning qanday materialdan tayyorlanganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Ammo ba’zi bir xollardan konstruksiyalarning o‘tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan
materiallarning o‘tga chidamligiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin. (Masalan issiq saqlovchi
izolyasiya vositalarini metall tunuka bilan qoplab uning o‘tga chidamligini oshirish mumkin).
96
YOng‘in sharoitida qurilish konstruksiyalariga katta xarorat ta’siridan tashqari boshqa
kuchlar xam ta’sir ko‘rsatadi. Masalan konstruksiyaning o‘z og‘irligi, u ko‘tarib turgan umumiy
og‘orlikdan tashqari yana qo‘shimcha statik va dinamik kuchlar ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu
sochilayotgan suvning og‘irligi, yiqilayotgan va bosim tushayotgan bino qismlarning og‘irligi va
xokazo. SHuning uchun xam bandau kuchlar ta’sirida konstruksiyalar exilishi, bukilish va
mustaxkamligini yo‘qotib, o‘z ko‘tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin.
Bundan tashqari yong‘in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli darajadagi katta xaroratda
qizish, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek yoriqlar xosil bo‘lishi mumkin, bu yoriqlar orqali
yong‘inning qo‘shni xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. SHuning uchun xam sanoat
konstruksiyalarining ma’lum muddat o‘tgach chidab berish xollatlari belgilanadi va bu ishdatish
funksiyasiiiiii sifatida o‘tga chidamlilik deb yuritiladi.
Material va konstruksiyalarning o‘tga chidamliligi o‘tga chidamlilik chegarasi bilan
belgilanadi. O‘tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Tajriba usulini
qo‘llanganda asosan maxsus stendlardan foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiya stendda o‘rnatilib
uni ma’lum vaqtgacha, yong‘in vaqtida xosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan xaroratda qizdiriladi. Bu
qizdirish davomida qurilish konstruksiyasida ba’zi bir o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.
I)Konsttuksiyada yorilishi va teshiklar xosil bo‘lishi mumkin.
Bu teshik va yoriqlar orqali alanga yoki yong‘in maxsulotlari muxofazalanayotgan tomonga
o‘tib ketishi ‘avfi tug‘ildi.
2)Qizdirilayotgan konstruksiya yuzasining qarama-qarshi tomonidagi yuzaning deyarli
xammasi 160
o
S gacha qizisa yoki qizdirish boshlangan xaroartga nisbatan ba’zi bir nuqtalardan 190
o
S xarorat xosil bo‘lsa va qizdirish boshlangandagi xaroratdan qat’iy nazar 220
o
S xarorat xosil bo‘lsa,
3)Konstruksiya o‘z ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib buzilib tushsa, unda bu konstruksiya o‘z o‘tga
chidamlilini darajasiga etdi deb xisoblanadi.
O‘tga chidamlilik chegarasi soatlardan belgilanadi. Mana shu o‘tga chidamlilik chegara
soatlarning kattaligiga qarab sanoat qurilishi konstruksiyalarning o‘tga chidamlilik darajasi
belgilanadi. Bu darajalar rim sonlari ko‘rinishida I, II, III, IV, V deb belgilanadi.
I darajadagi o‘tga chidamlilikka ega bo‘lgan binolarning asosiy devorlvri zinapoya
maydanlari va kolokkalarining o‘tga chidamlilik chegarasi 2, 5 soatdan kam bo‘lmasligi, tashqi devor
va oraliq devorlar 0, 5 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. II darajadagi binolar esa yuqoridagi
ko‘rsatkichlar 2, 1 va 0, 25 soatlarni tashqil qilishi kerak.
V darajadagi binolar uchun esa o‘tga chidamlilikning minimal miqdori belgilanmaydi.
Qurilish konstruksiyalarining o‘tga chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlari mavjud.
Maslan metall konstruksiyalarning o‘tga chidamlilik darajasi nixoyatda past bo‘lib, taxminin 15-20
minut ichida o‘z ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu konstruksiyani o‘tga
chidamli buyoqlar bilan moylasak uning o‘tga chidamliligi birmuncha ortishi mumkin. Agar bu
konstruksiyani alebastr yoki sement rastvorlari bilan suvasak uning o‘tga chidamliligini I soatga
etkazishimiz mumkin. Agar metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak, agar bu
plitalarning qalinligini 6 sm dan kam bo‘lmasa, unda biz bu kolonkalar o‘tga chidamlilik chegarasini
3 soatga etkazishimiz mumkin.
YOg‘och konstruksiyalarning o‘tga ichdamligini oshirish muxim axamiyatga ega, chunki
yog‘och konstruksiyalarni 270-280
o
S gacha qizdirish bu konstruksiyalarning yonishini ta’minlaydi.
Agar yog‘ochdan qilingan konstruksiyalar yaxshilab suvalsa, unda ularning o‘tga chidamliligi ortadi.
Suvoq qilishi uchun asbotsement va gips rastvorlaridan foydalanish mumkin. Suvoqning qalinligi 20
mm bo‘lganda yog‘och konstruksiyasining o‘tga chidamliligi 20-25 min ga etishi mumkin.
YOg‘och konstruksiyalarning o‘tga chidamliligini oshirishda antipiren deb ataluvchi
moddalarni yog‘och konstruksiya ustiga sepish yoki shimdirish yaxshi natija beradi. Antipirinlar
ximiyaviy birikmalar bo‘lib, yog‘och tarkibiga kirib borishi natijasida uning yonishini kiyinlashtiradi.
Agar yog‘och materialiga antipirin 75kg/m
3
miqdorida shimdirilsa, yaxshi natixaga erishiladi.
Bunday shimdirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus moslamalarda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari antipirinni yuzani ishlov berish yo‘li bilan xam shimdirish mumkin. Bunda
antipirin tejaladi, chunki 1m
2
yuzaga 100 g antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov berishlar yog‘och
97
konstruksiyasini butunlay yoniaydigan qilolmasa xam birmuncha yonishini qiyinlashtirish xisobiga
o‘tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog‘och konstruksiyalarini yong‘inga qarshi buyoqlar
bilan ishlov berishi xam, birmuncha ijobiy natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |