Xitoydan qaytish: Xonbaliq—Qoramuron daryosi—Husnobod — Qamju—Sukju— Qorovul — Xo‘tan — Yorkend — Qoshg‘ar — Andigon dovoni. Bu yerda elchilar kichik guruhlarga bo‘linib, bir guruhi Farg‘ona vodiysi orqali Samarqandga, ikkinchisi Badaxshonga, uchinchisi—Qorategin—Hisori Shodmon —Termiz—Balx orqali Hirotga yo‘l olgan. - Xitoydan qaytish: Xonbaliq—Qoramuron daryosi—Husnobod — Qamju—Sukju— Qorovul — Xo‘tan — Yorkend — Qoshg‘ar — Andigon dovoni. Bu yerda elchilar kichik guruhlarga bo‘linib, bir guruhi Farg‘ona vodiysi orqali Samarqandga, ikkinchisi Badaxshonga, uchinchisi—Qorategin—Hisori Shodmon —Termiz—Balx orqali Hirotga yo‘l olgan.
Jumladan, Xitoy imperatori o‘z elchilari orqali yuborgan maktubda (1413) shunday so‘zlarni o‘qiymiz: «Biz sadoqat zohir bo‘lsin uchun tabriknoma, kimxob kiyim va targ‘ular bilan elchi jo‘natdik. Bundan keyin ham odamlarni yuborib turamiz, toki ular bordi-keldi qilsinlar va yo‘llar kesilib qolmasin; ular o‘z istaklaricha tijorat va kasb qilsinlar». - Jumladan, Xitoy imperatori o‘z elchilari orqali yuborgan maktubda (1413) shunday so‘zlarni o‘qiymiz: «Biz sadoqat zohir bo‘lsin uchun tabriknoma, kimxob kiyim va targ‘ular bilan elchi jo‘natdik. Bundan keyin ham odamlarni yuborib turamiz, toki ular bordi-keldi qilsinlar va yo‘llar kesilib qolmasin; ular o‘z istaklaricha tijorat va kasb qilsinlar».
Bunday istak Temuriy hukmdor Shohrux tomonidan ham ma’qullangan. Uning Xitoy imperatoriga yo‘llagan maktubida, jumladan, quyidagilar yozilgan: «(Hitoy) tarafdan va davlat arboblaridan kutilgan umid va orzu shuki, ular mazkur ishlarda bizga hamkorlik ko‘rsatib, elchilar yuborib tursalar, sayyoh va savdogarlar uchun yo‘llarni ochiq tutsalar, toki do‘stlik, birlik va yakdillik vositalari quvvat topsa». Xitoyda imperator Chju-di hukmdorligi yillarida (1402 — 1424) savdo-elchilik aloqalariga xalal beruvchi ko‘pgina to‘siqlar, jumladan, turli soliq va bojlar bekor qilingan edi. Bu, o‘z navbatida, ichki va tashqi savdoga ijobiy ta’sir etdi. Xitoyning g‘arbiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarida uning g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan Sukju (Szyuszyuan) va Qamju (Chjane) shaharlari asosiy o‘rin tutgan. - Bunday istak Temuriy hukmdor Shohrux tomonidan ham ma’qullangan. Uning Xitoy imperatoriga yo‘llagan maktubida, jumladan, quyidagilar yozilgan: «(Hitoy) tarafdan va davlat arboblaridan kutilgan umid va orzu shuki, ular mazkur ishlarda bizga hamkorlik ko‘rsatib, elchilar yuborib tursalar, sayyoh va savdogarlar uchun yo‘llarni ochiq tutsalar, toki do‘stlik, birlik va yakdillik vositalari quvvat topsa». Xitoyda imperator Chju-di hukmdorligi yillarida (1402 — 1424) savdo-elchilik aloqalariga xalal beruvchi ko‘pgina to‘siqlar, jumladan, turli soliq va bojlar bekor qilingan edi. Bu, o‘z navbatida, ichki va tashqi savdoga ijobiy ta’sir etdi. Xitoyning g‘arbiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarida uning g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan Sukju (Szyuszyuan) va Qamju (Chjane) shaharlari asosiy o‘rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |