1447 yili Shohrux vafot qilgunga qadar Misr bilan do‘stona aloqalar olib borildi. Misrliklarda keyinchalik ham Shohrux kisvasi degan tushuncha o‘rnashib qolgan bo‘lsa kerak. Zero, to 1452 yilgacha aynan shu nom bilan Ka’ba ustiga kisva yopib turildi. Nihoyat, shu yili Sulton Chaqmoq go‘yo umuman Islom olamining va xususan Misr afkor ommasining shuurini hisobga olib, Shohrux kisvasini olib tashlash va faqat Misr sultoni kisvasi bilan cheklanish haqida amri farmon berdi. - 1447 yili Shohrux vafot qilgunga qadar Misr bilan do‘stona aloqalar olib borildi. Misrliklarda keyinchalik ham Shohrux kisvasi degan tushuncha o‘rnashib qolgan bo‘lsa kerak. Zero, to 1452 yilgacha aynan shu nom bilan Ka’ba ustiga kisva yopib turildi. Nihoyat, shu yili Sulton Chaqmoq go‘yo umuman Islom olamining va xususan Misr afkor ommasining shuurini hisobga olib, Shohrux kisvasini olib tashlash va faqat Misr sultoni kisvasi bilan cheklanish haqida amri farmon berdi.
Xitoy solnomalarida 1403—1449 yillar davomida Xitoyga Samarqanddan o‘ttiz uch marta va Hirotdan o‘n to‘rt marta, shuningdek, Temuriylar davlatining boshqa viloyatlaridan ham bir qancha elchilar kelganligi qayd etilgan. Xitoy bilan savdo-elchilik aloqalarini rivojlantirish an’anasi Amir Temur o‘limidan so‘ng Shohrux (1405 — 1447) va Ulug‘bek saltanati davrida ham davom etdi. - Xitoy solnomalarida 1403—1449 yillar davomida Xitoyga Samarqanddan o‘ttiz uch marta va Hirotdan o‘n to‘rt marta, shuningdek, Temuriylar davlatining boshqa viloyatlaridan ham bir qancha elchilar kelganligi qayd etilgan. Xitoy bilan savdo-elchilik aloqalarini rivojlantirish an’anasi Amir Temur o‘limidan so‘ng Shohrux (1405 — 1447) va Ulug‘bek saltanati davrida ham davom etdi.
Temuriylar davlatiga Mo‘g‘uliston, Tibet, Xitoy, Hindiston, Arabiston, Misr, Kichik Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, Ural o‘lkalaridan savdo karvonlari va elchilar kelgan. Jumladan, Shimoliy Hindistondan 1411, 1416, 1421 yillarda elchilar kelib, 1442 yili Hindistonga elchilar yuborilgani ma’lum. - Temuriylar davlatiga Mo‘g‘uliston, Tibet, Xitoy, Hindiston, Arabiston, Misr, Kichik Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, Ural o‘lkalaridan savdo karvonlari va elchilar kelgan. Jumladan, Shimoliy Hindistondan 1411, 1416, 1421 yillarda elchilar kelib, 1442 yili Hindistonga elchilar yuborilgani ma’lum.
- Temuriylar davlatining XV asr birinchi choragidagi savdo-elchilik aloqalari Xitoyda imperator Chju-di (1404 — 1424) hukmronligi davriga to‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |