Sulton Barsboy ham, o‘z navbatida, harbiy tayyorgarlikni kuchaytirdi. Ammo u xalqdan kerakli mablag‘ni to‘plashga amr berganida qozilar norozilik bildirib, uni isrofgarchilikda aybladilar. Usha asr Misr tarixchisi Ibn Ilyosning yozishicha, unga: «Sultonning xotini o‘g‘lining xatna to‘yi kuni qiymati 30 ming dinorlik ko‘ylak kiygan bir paytda och-nochor musulmonlarga yangi soliq solish adolatdan emas», — deb ta’na qildilar. - Sulton Barsboy ham, o‘z navbatida, harbiy tayyorgarlikni kuchaytirdi. Ammo u xalqdan kerakli mablag‘ni to‘plashga amr berganida qozilar norozilik bildirib, uni isrofgarchilikda aybladilar. Usha asr Misr tarixchisi Ibn Ilyosning yozishicha, unga: «Sultonning xotini o‘g‘lining xatna to‘yi kuni qiymati 30 ming dinorlik ko‘ylak kiygan bir paytda och-nochor musulmonlarga yangi soliq solish adolatdan emas», — deb ta’na qildilar.
1436 yili Shohrux Sulton Barsboyga to‘rtinchi maktubini yo‘lladi. Bu safar xat ancha keskin yozilgan bo‘lib, unda Shohrux nomiga xutba o‘qitish va uning ismi bilan tanga zarb qilish talab etilgandi. Bu talabni qabul qilish vassallikni ochiq-oydin tan olish bilan barobar edi. - 1436 yili Shohrux Sulton Barsboyga to‘rtinchi maktubini yo‘lladi. Bu safar xat ancha keskin yozilgan bo‘lib, unda Shohrux nomiga xutba o‘qitish va uning ismi bilan tanga zarb qilish talab etilgandi. Bu talabni qabul qilish vassallikni ochiq-oydin tan olish bilan barobar edi.
- Sulton Barsboy, o‘z navbatida, elchini tahqirlab, xat bilan birga yuborilgan sarponi yirtib tashlashni buyurdi. Aytishlaricha, sultonning bunday tasarrufi ko‘pchilik saroy ahllari va tarixchilariga yoqmagan.
Masalan, XV asrning mashhur Misr tarixchisi Ibn Tag‘riberdi o‘zining «An-nujum az-Zohira fi mulki Misr va-l-Qohira» («Misr va Qohira podshohliklarida ko‘rinuvchi yulduzlar») kitobida Sulton Barsboyni bu ishi uchun tanqid qilib, aksincha, «Xatga vazmin va bosiqlik bilan javob berish, mamluk qo‘shinlarining zaifligi haqida sir boy bermaslik kerak edi», deb yozgandi. Qanday bo‘lganda ham, mazkur elchi al-Maqriziyning «Tarix»i va Ibn Hajarning «Fath al-boriy»sidan bir nusxadan olib qaytgani ma’lum. - Masalan, XV asrning mashhur Misr tarixchisi Ibn Tag‘riberdi o‘zining «An-nujum az-Zohira fi mulki Misr va-l-Qohira» («Misr va Qohira podshohliklarida ko‘rinuvchi yulduzlar») kitobida Sulton Barsboyni bu ishi uchun tanqid qilib, aksincha, «Xatga vazmin va bosiqlik bilan javob berish, mamluk qo‘shinlarining zaifligi haqida sir boy bermaslik kerak edi», deb yozgandi. Qanday bo‘lganda ham, mazkur elchi al-Maqriziyning «Tarix»i va Ibn Hajarning «Fath al-boriy»sidan bir nusxadan olib qaytgani ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |