2. qo’ZG’aluvchan to’qimalarning umumiy fiziologiyasi. Reja. Qo’zg’aluvchan to’qimalar va ularning umumiy fiziologik xususiyatlari



Download 393 Kb.
bet3/19
Sana26.02.2022
Hajmi393 Kb.
#472272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1.Fiziologiyaga kirish. Qo\'zg\'aluvchanlik fiziologiyasi.

Selektivlik yoki tanlab o'tkazishni kanaldagi o'ziga xos oqsil tizimlari amalga oshiradi. Ko'pgina kanallarda ionlarning o'tkazilishi membrana potensialining kattaligiga bog'liq bo'ladi. Kanallar o'zining funksional xarakteriga kо’rа bir xil tabiatli emas, bu asosan kanalning kiradigan va chiqadigan sohasiga joylashgan oqsil tizimlarga bog'liq bo'Iadi. Ion kanallarining ishlash jarayonini natriy kanali misolida kо‘rib chiqamiz. Taxmin qilishlaricha, nisbiy tinchlik holatida natriy kanali yopiq bo'Iadi. Hujayra membranasi depolyarizatsiyasining ma’lum darajasida (1-rasm) m-faollashtiruvchi darvozalarning ochilishi kuzatiladi va hujayra ichiga Na+ ning kirishi kuchayadi, m-darvozalar ochilganidan bir necha millisekundlardan so'ng, h-darvozalarning yopilishi kuzatiladi, bu darvozalar natriy kanallarining chiqish joyida bo'ladigan inaktivatsiya darvozalaridir. Hujayra membranasida inaktivatsiya hodisasi juda tez ro‘y beradi va inaktivatsiya darajasi depolyarizatsiyalovchi ta’sirni kattaligiga va ta’sir etish vaqtiga bog'liq bo'ladi.



1-rasm. Natriy kanallari va «darvoza» mexanizmlarining ishlash tarzi:
A - tinchlikda m-faollashtiruvchi darvozalar (« т-darvoza») yopiq.
В - qo'zg ‘alganda «т-darvozalar» ochiq.
D - depolyarizalsiya davrida «m h- inaktivatsiya darvozalar» yopiq.

Natriy kanallaridan tashqari boshqa K+, Ca2+ kanallari ham tanlab о’tkazish xususiyatiga ega.


Xodchkin va Xakslilar kanallarni «mustaqillik» tarzini ochib berdilar, bu tamoyilga ko‘ra, natriy va kaliy kanallari bir-biriga bog'liq bo‘lmagan holda faoliyat ko'rsatadilar.
Turli kanallarning o'tkazuvchanligi bir xil emas. Kaliy kanallarida natriy kanallari singari inaktivatsiya jarayoni ro‘y bermaydi.
Bundan tashqari, kalsiy kanallari faoliyati ham katta qiziqish uyg'otadi. Odatda, ko'pgina holatlarda membrana ichiga kiruvchi kalsiy oqimi yetarli kattalikka ega bo'lmaganligi sababli, hujayra membranasida depolyarizatsiyani chaqira olmaydi. Ko'pgina holatlarda hujayra ichiga tushgan kalsiy «messenjer» yoki ikkilamchi tashuvchi vazifasini bajaradi. Natriy ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida kelib chiqqan hujayra membranasining depolyarizatsiyasi kalsiy kanallarini faollashtiradi. Kalsiy kanallarining inaktivatsiyasi birmuncha murakkab jarayondir. Bir tomondan, hujayra ichida erkin kalsiy konsentratsiyasining ortishi kalsiy kanallarining inaktivatsiyasiga olib keladi. Ikkinchi tomonidan esa, hujayra sitoplazmasi oqsillari kalsiyni o'ziga biriktiradilar, bu o‘z navbatida kalsiy oqimini uzoq muddat bir xil kattalikda ushlab turishiga imkon beradi. Bu vaqtda natriy oqimi butunlay sekinlashadi. Yurak hujayralari faoliyatida kalsiy kanallarining ahamiyati juda muhimdir.

Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish