Nerv tolalardan qo'zg'alishlarning o'tish tezligi
Tola guruhlari
|
Tola diametri, mkm
|
O'tish tezligi, m/s
|
A
|
|
|
Aa
|
12-22
|
70-120
|
AP
|
8—12
|
40-70
|
Ay
|
4-8
|
15-40
|
AS
|
1—4
|
5—15
|
В
|
1-3
|
3— 14
|
С
|
0.5-1.0
|
0.5-2,0
|
Impulsning o'tish tezligi bilan nerv tolasining diametri o'rtasida taxminan proporsional bog'lanish borligi, ya’ni nerv to La Lari qancha yo'g'on bo'lsa, qo'zg'alishni o'shancha tezroq o'tkazishi batafsil tekshirishda aniqlandi. Nerv tolalarida qo'llanishlarni o'tkazish tezligiga qarab 3 turga: А, В, C. A ko'rinishidagi tolalar o'z navbatida 4 guruhga: Aa, Ap, Ay, A6 bo'linadi.
A ko'rinishidagi tolalar mielin pardasi bilan o'ralgan. Bunday tolalar qo'zg'alishni orqa miyaning harakatlantiruvchi nerv markazlaridan skelet muskullariga (harakatlantiruvchi tolalar) va muskul retseptorlaridan tegishli nerv markazlariga o'tkazadi. В ko'rinishidagi tolalarga mielinli tolalar, avtonom nerv tizimining preganglionar tolalari kiradi. В ko'rinishidagi tolalarda harakat potensialining uzunligi A tipdagi tolalar harakat potensialining uzunligidan taxminan 2 baravar uzun.
С ko'rinishidagi tolalarga juda ingichka mielinsiz nerv tolalari kiradi С ko'rinishidagi tolalaming ko'pchiligi simpatik nerv tizimining postganglionar tolalariga kiradi. Og'riq relseptorlaridan, shuningdek, sovuq, issiq, bosimni sezuvchi
31
ba’zi retseptorlardan qo‘zg‘aIishlami o'tkazishda qatnashuvchi nerv tolalari ham С tipdagi tolalarga kiradi.
Nerv tolalarida qo'zg'alishning tarqalishi. Nerv o‘zani bir yoki bir necha nerv tolalaridan iborat, ular umumiy perinerval parda bilan qoplangan. Nerv tolalari nerv hujayralarining o'siqlarihisoblanadi. Ular mielinli vamielinsiz tolalarga bo'linadi. Mielinli tolalar somatik nerv tizimining, ya’ni sezgi a’zolari va skelet muskullariga boradigan sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlaming tarkibiga kiradi. Mielinsiz tolalar umurtqali hayvonlarda, asosan, vegetativ nerv tizimida uchraydi.
shvann
Mielin Rarive bo'g'ilmasi
8-rasm. Mielin nerv toiasining tuzilishi.
Mielinli nerv tolasi 8-rasmda ko'rsatilganidek, o'q silindrdan va shu silindmi qoplovchi mielinli hamda Shvann pardalaridan tashkil topgan. Olq silindr membrana va aksoplazmagaega. Aksoplazmadan juda ingichka neyroflbrillalar o‘tgan, shu neyroflbrillalar orasida esa birtalay mitoxondriyalar va mikrosomalar bor. Mielin qavat Shvanhujayra o‘q silindmi ko‘pmarta aylanib o‘rashidan hosil bo'Iadi. U 80 % lipidlardan va 20 % oqsillardan tashkil topgan. Mielin pardasi har 1-2 mm da uziladi. O'q silindming mielinsiz qismlari (ulaming kengligi 0,1-0,2 mm) Ranve bo'g'imlarida bo'lmaydi. Ulaming o'q stlindri faqat Shvann pardasi bilan qoplangan. Mielinli nerv tolalaridan qo'zg'alishlaming o'tishi mielinsiz nerv tolalaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |