Nervning nisbiy charchamaslik qonuni. N. Ye. Vvedenskiy birinchi marta havo atmosferasida nerv ko'p (qariyb 8 soat) soatlab uzluksiz ta’sirlanganda ham qo'zg'alishlami o'tkazish qobiliyatini saqlab qolganligini ko'rsatib berdi. Havo atmosferasida nerv charchamasligi yoki kam charchashi shundan ko'rinib turibdi. Nervning nisbiy charchamasligi qisman shunga bog'liqki, nerv qo'zg'alganda birmuncha kam energiya sarflaydi. A. Xilning ma’lumotlariga ko'ra, baqaning 12- juftnervi maksimal darajada ta’sirlanganda tinchlikdagi holatiga nisbatan faqatgina 20-100 % ortiq issiqlik chiqaradi. Bu ko'rsatkich muskul qo'zg'alganda chiqadigan issiqlikka nisbatan juda arzimas darajada.
Nerv soatlab qo'zg'alib turganda ham undagi resintez jarayonlari qo'zg'alish paytidagiga nisbatan kam energiya sarfini qoplay oladi. Nerv tolasi qo'zg'aigan paytida energiya sarfi asosan natriy-kaliy kanallar ishiga sarflanadi, ayniqsa Ranv bo'g'ilmalarida ko'p energiya sarflanadi.
Sinapslar fiziologiyasi. Sinaps - nerv tolasidan va uning tomonidan innervatsiyalanuvchi hujayra - muskul, nerv yoki bez hujayralariga qo'zg'alishning o'tishini ta’minlovchi mustaqil tuzilma-aloqaga aytiladi.
Sinaps murakkab tuzilishga ega, u uchta asosiy element: presinaptik membrana, postsinaptik membrana va sinaps yorig'idan iborat ekanligini elektron mikroskopik tadqiqotlar ko'rsatib berdi.
Nerv oxirini qoplovchi membrana presinaptik membrana deb ataladi. Nerv oxiridaneyrosekretorapparat bor. Innervatsiyalanadiganhujayrani qo'zgatuvchi yoki tormozlovchi mediatori nerv oxiridan ajralib chiqadi. Tinchlikda mediator
34
pufakchada bo'ladi. Presinaptik membrana depolyarizatsiyalanganda bu pufakchalar yorilib, mediator yuzaga chiqadi va sinaps yorig'iga quyiladi. Bu yoriq tarkibi jihatidan qon plazmasiga o'xshab ketadigan hujayralararo suyuqlik bilan to'la. Mediator yoriqdan tez difluziyalanib chiqib, innervatsiyalanadigan hujayraning membranasiga ta’sir etadi. Hujayra membranasining nerv oxiriga bevosita chegaradosh qismi postsinaptik membrana deb ataladi. Postsinaptik membrana o'z xossalariga ko‘ra, mediatorlarga nisbatan juda yuksak kimyoviy sezgirlikka moyil bo'ladi.
lO-rasm. Tinch (1) va qo'zg'algan (II) holatdagi sinapslarda bo'layotgan jarayonlar (L.
Shelsin bo'yicha, 1980-y.):
I - kichik (miniatyura) potensial; 2 - presinaptik membrana; 3 - postsinaptik membrana; 4 - QPSP; A - aisetat, X - xolin, Xe - xolinesteraza.
Sinapslaming sinflanishi.
Joylashgan o‘migako‘ra: nerv-mushak, neynoneyronal sinapslargabo'linadi, oxirgisi o'z navbatida aksosomatik, aksoaksonal, aksodendritik, dendrosomatik sinapslarga bo'linadi.
1 Ta’sir etish tabiatiga ko'ra: qo'zg'atuvchi va tormozlovchi sinapslarga bo'linadi.
Signalni uzatish uslubiga ko'ra: elektrik, kimyoviy, aralash sinapslar tafovutlanadi.
Elektrik sinapslar - bu sinapslar morfologik jihatdan membrana qismlarini bir-
35
biriga yaqinlashuvidan hosil boMadi. Ulaming sinaptik yorigM uzluksiz bo'lmaydi, balki, sinaptik toMa tegib turuvchi ko‘prikchalar bilan boMingan boMadi. Bu ko'prikchalar hujayra membranalarini o‘ta yaqinlashishidan (sutemizuvchilarda 0,15
2 nm ni tashkil qiladi) hosil boMadi. Bu sohada ionlar kanali hosil boMadi. Elektrik sinapslar qo'zg'alishlarni bir tomonlama oMkazadi. Buni sinapslarda elektr potensiallami yozib olish orqali isbotqilish mumkin. Afferent tolalar ta’sirlanganda sinaps membranasida depolyarizatsiya kuzatiladi, efferent tolalar ta’sirlanganda esa -giperpolyarizatsiya kuzatiladi. Biroq, sinaps joylashgan neyronlar bir xil funksiyani bajarsa, qo‘zg‘alishlami ikki tomonlama o‘tkazadi (masalan, agar sinaps ikkita sezuvchi neyronlar orasida joylashsa). Sinapslar har xil funksiyalar bajaradigan neyronlar orasida (sensor va motor) joylashsa, qo‘zg‘alishlami faqat bir tomonlama oMkazadi.
Elektrik sinapslaming vazifasi organizmdagi tez reaksiyalaming yuzaga chiqishini ta’minlaydi, ayniqsa, hayvonlarda xavfdan qochish yoki xavfdan qutulishni ta’minlovchi tuzilmalar bunday sinapslarga boy boMadi. Elektrik sinapslar sekin charchaydi, tashqi va ichki muhit ta’sirlariga chidamlilik darajasi yuqori. Bu sinapslaming bunday xususiyati organizmdagi tez reaksiyalami yuzaga chiqarishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |