Ta’sir kuchining ortib borish tikligi. Nerv yoki muskul ta’sirlanishining bo‘sag‘a miqdori stimulning qancha vaqt ta’sir etishigagina emas, balki stimul kuchining ortib borish tikligiga ham bog'liq. Ta’sir bo'sag'asi to‘g‘ri burchak shaklidagi tok zarblaridan eng kam miqdorda bo'Iadi, bunday tok zarblari kuchining maksimal darajasi tezortib borishi bilan farqlanadi. To'g'ri burchak shaklidagi tok zarblari o'miga chiziq yoki eksponensial ravishda ortib boruvchi stimullar tatbiq etilsa, bo'sag'alar kattaroq bo'lib chiqadi, tok kuchi qancha sekin ortib borsa, bo'sag'alar shuncha ko'proq oshib boradi.
Tokning ortib borish tikligi bir qadar minimal miqdordan pastroq kamayganda tok qaysi oxirgi kuchigacha oshirilmasin, harakat potensiali mutlaqo paydo bo'lmaydi. Buning sababi shuki, ta’sir kuchi orttirilgan vaqtda to'qimada faol o'zgarishlar ro'y berib ulguradi, bu o'zgarishlar esa bo'sag'ani oshirib, qo'zg'alishning kelib chiqishiga to'sqinlik qiladi.
20
Qo'zg'aluvchan to'qimaning sekin ortib boruvchi ta’sirga shunday moslashish hodisasi akkomodatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya tezligi qancha yuqori bo'Isa, ta’sirlovchi kuchidan mahrum bo'lmaslik uchun stimul o'shancha tik ortib borishi mumkin.
Elektr tokining qo'zg'aluvchan to'qimalarga ta’siri. Eksperimental fiziologiyada qo'zg'aluvchan to'qimalar xususiyatlarini o'rganishda, klinik amaliyotda bemorlarga tashxis qo'yishda hamda davolash maqsadlarida elektr tokidan keng foydalanadilar. Shu munosabat bilan elektr tokini qo'zg'aluvchan to'qimalarga ta’sir etish mexanizmini batafsil ko'rib chiqamiz. Qo'zg'aluvchan to'qimalarni javob reaksiyasi tokning ta’sir etish shakliga (doimiy yoki o'zgaruvchan), ta’sir etish davomiyligiga hamda tokning ortib borish tikligiga bog'liq bo'ladi.
O'zgarmas elektr toki qo'zg'aluvchan to'qimaga qutbli ta’sir ko'rsatadi. Mikroelektrodlaryordamidao'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, katod ostida hujayra membranasi depolyarizatsiyaga uchrasa, anod ostida giperpolyarizat- siyalanadi. Birinchi holda, kritik potensial bilan membrana potensiali o'rtasidagi farq kamayadi, buning natijasida katod ostida qo'zg'aluvchanlikortadi, anod ostida esa qarama-qarshi hodisa yuz beradi, ya’ni qo'zg'aluvchanlik pasayadi. Bu hodisalami kashf etgan E. Pflyuger tajribada quyidagilami isbot qildi: Pflyuger elektrodlardan biri ostidagi nervni shikastladi, ikkinchi elektrodni esa nervning shikastlanmagan qismiga o'matdi. Katod nervning shikastlanmagan qismiga tekkanda qo'zg'alish tokning ulanish paytida kelib chiqdi; katod nervning shikastlangan qismiga o'matilib, anod esa nervning shikastlanmagan joyida turganda, qo'zg'alish tokning uzish paytidagina kelib chiqdi. Tokni uzish paytida, ya’ni anod ostida qo'zg'alish yuzaga keladigan paytda ta’sir bo'sag'asi tokni ulash paytida, ya’ni katod ostida qo'zg'alish vujudga keladigan paytga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Keyinchalik ta’siming qutb qonuni, deb atalgan bu hodisalar bevosita ham tasdiqlandi, bunda to'qimaning o'zgarmas tok qutblariga bevosita bog' langan joyida harakat potensiallari yozib olindi.
O'zgarmas tokning katodi bilan anodi nerv tolasiga bevosita ulanadigan joyda membrana potensiali o'zgarib qolmaydi. Bu o'zgarishlar qutblardan birmuncha narida ro'y beradi, lekin katod va anoddan uzoqlashgan sari potensialning o'zgarish miqdori sekin-asta kamayib boradi.
Potensialning qutblaryaqinidagi bunday o'zgarish lari elektrotonik о 'zgarishlar deb ataladi. Katod oldidagi o'zgarishlar kaielektrotonik о 'zgarishlar, anod oldidagi o'zgarishlarni esa anelektrotonik o'zgarishlar deb yuritiladi. Membrana potensialining kat va anelektrolonik o'zgarishlari to'qimaning unga berilgan tokka faol javob qaytarishi bilan bog'liq emas, ular sof fizik tabiatli bo'lib, potensialning sust o'zgarishlari deb atalsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |