A. Komplementar. B. Epistatik. D. Polimer. E. Plazmatik. F. Kumulativ.
Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganish borasida olib borilgan ko'pgina tajribalardan genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni harnma holatlarga ham to‘g‘ri kelavermasligi ma’lum bo‘ldi. Agar o'rganilayotgan genlar nogomolog xromosomalarda joylashsa’gina bu qonun o‘rinli bo'ladi. Genlar soni xromosomalar sonidan ancha ortiq bo‘lganligi sababli bitta xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi va bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qiladi. Har bir organizmda bog‘lanish guruhlarining soni gaploid to‘plamdagi xromosomalar soniga teng bo‘ladi. Masalan,
drozofilada birikish guruhlari soni 4 ga, jo‘xorida 1.1 ga, odainda 23 ga teng.
Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofilalarda ikki juft belgilarning nasldan naslga o‘tishi bilan tanishamiz. Drozofilalarda qo‘ng‘ir rangni belgilovchi gen (B) qora rang geni (в) dan dominantlik qiladi. Normal qanot geni (V) esa kalta qanotni belgilovchi gen (v) dan ustunlik qiladi.
Kulrang va normal qanotli (BB VV) pashshalarni qora va kalta qanotlilar (bb vv) bilan chatishtirsak birinchi avlod bir xilligi yuzaga chiqadi, ya’ni kulrang va normal qanotli pashshalar hosil bo‘ladi. Keyin Fj ning irsiy strukturasini aniqlash uchun bu duragaylarni retsessiv belgiga nisbatan digomozigot pashshalar (avval erkak jinsi, keyin urg'ochi jinsi) bilan chatishtiramiz (11- rasm), tahlil qiluvchi duragaylashni eslang).
Agar tajriba natijasida hosil bo‘lgan erkak digeterozigot pashsha (Bb Vv)ni retsessiv digomozigot pashsha bilan chatishtirsak, belgilar faqat 1:1 nisbatda taqsimlanishini ko‘ramiz. Genlar birikkanligini ta’kidlash uchun bunday duragaylash natijalarini yozganda genlarni xromosomaga joylashtirish qabul qilingan:
Bundan yuqoridagi digeterozigota pashshada faqat ikki xil gameta (BV va bv) hosil bo‘ladi deb xulosa chiqarish mumkin. Agar Mendel qonunlari amalga oshganda edi, 4 xil gameta ( BV : Bv : bV : bv) hosil bo‘lishini kuzatgan bo‘lardik.
Shunday qilib, bir xromosomada joylashgan genlar bog‘lanib o'tganligi sababli faqat ota-ona belgilari kuzatilib, yangi belgilar kuzatilmaydi. Bunday bog'lanishga to‘la bog‘lanish deyiladi.
Agar urg‘ochi digeterozigot pashshani tahlil qiluvchi duragaylash usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan boshqacharoq natijani kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega bo‘lgan avlod hosil bo‘ladi. Lekin Mendel tajribalarida kuzatilgan 1 : 1 : 1 : 1 nisbatdan farq qilib, ota-onalarinikiga o‘xshagan belgilar ko‘proq (kulrang, uzun qanotli — 41,5%, qora, kalta qanotli — 41,5%), yangi hosil bo'lgan belgilar esa ancha kam (kulrang, kalta qanotli — 8,5%, qora, normal qanotli — 8,5%) uchraydi. Genlar birikishining bu xili chala birikish deb ataladi. Genlar chala birikishining sababini tushunish uchun jinsiy hujayralarning yetilishida kuzatiladigan meyoz jarayonni eslash kerak. I meyozning
S Tibbiy biologiya va genetika