2. P. R. 01imxo‘jayeva —


mavzu: Genlarning birikkan holda nasldan naslga o‘tishi 71



Download 4,54 Mb.
bet38/227
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#199132
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   227
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

mavzu: Genlarning birikkan holda nasldan naslga o‘tishi 71

mavjud. В. Ha. D. Yo‘q. E. Gomologik qismlar nogomologik qismlarga nisbatan ko‘p. F. Gomologik va nogomologik qismlari bir hil.

  1. Qon ivishi normal bo'lgan ota-onalardan gemofilik o‘g‘il tug‘ilishi mumkinmi?

A. Yo‘q. B. Hamma holatlarda mumkin. D. Agar ona patologik genning tashuvchisi bo‘lsa mumkin. E. Agar ota geterozigotali bo‘lsa mumkin. F. D va E javoblar to‘g‘ri.

  1. Jinsiy xromosomalarda gen dozasi kompensatsiyasi qanday amalga oshiriladi?

A. X xromosomalardan birining nofaollashishi orqali. B. Y xromosomaning nofaollashishi orqali. D. Y xromosomaning faol- lashishi orqali. E. X xromosomalar ikkalasining bir xil faollashishi orqali. F. A va В javoblar to‘g‘ri.

9.Odamning jinsiy xromosomalarga bog‘liq belgilarini ko‘rsating: A. Sindaktiliya, gipertrixoz, polidaktiliya. B. Daltonizm, sindaktiliya, gipertrixoz. D. Daltonizm, o‘naqaylik. E. Gemofiliya, gipertrixoz, chapaqaylik. F. Gemofiliya, niushak distrofiyasi, tish emali qorayishi.

10. Morganida — bu:

A. Mutatsiya birligi. B. Genlar orasidagi masofani o'lchash birligi. D. Rekombinatsiya birligi. E. Transkripsiya birligi. F. Morgan tomonidan aniqlangan plazmatik gen.



  1. mavzu. MODIFIKATSION O‘ZGARUVCHANLIK
    VA UNI STATISTIK USULDA O‘RGANISH


Mavzuning mazmuni.

Organizmlar belgilarining rivojlanish sharoitlari yoki tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishi modifikatsion yoki fenotipik o‘zga- ruvchanlik deyiladi. O‘zgaruvchanlikning bu xilida faqat fenotipda o'zgarish kuzatiladi. Genotip o‘zgarmaganligi uchun modifikatsion o‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqara olish chegarasi — reaksiya normasi deyiladi. Modifikatsion o‘zga- ruvchanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki, u orga- nizmlarga o‘z ontogenezida tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi. Reaksiya normasi keng bo‘lgan organizmlar tabiiy tanlashda qulaylikka ega bo‘ladi. Organizmlarning bo‘yi, inassasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash ko‘plab belgilar modifikatsion o‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifikatsiyalarning

kelib chiqishi organizmda biokimyoviy va fermentativ reaksiya- larning u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog'liqdir.

Modifikatsion o'zgaruvchanlikning o‘ziga xos ko‘rinishi uzoq davom etuvchi modifikatsiyalardir. Bu modifikatsiyalar uni yuzaga chiqargan omillar ta’siri tugagandan keyin ham bir necha avlod davomida kuzatilib, asta-sekin yo‘qoladi. Buning sababi sitoplazmatik irsiyatga bog‘liq deb hisoblanadi.

Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning bir ko‘rinishi bo‘lmish feno- kopiyalar ham alohida ahamiyatga ega. Fenokopiyalar — muhit omil- lari ta’sirida kelib chiqadigan ma’lurn genotipik o‘zgaruvchanlikka o'xshash modifikatsiyalardir. Masalan, talidomid preparati chaqaloqning fekomeliya (qo‘llarning kaltaligi) bilan tug'ilishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday o'zgarishni mutant allellar ham yuzaga chiqarishi mumkin. Fenokopiyalarning mavjudligi kasallikning diagnozini aniqlashda ancha qiyinchiliklarga sababchi bo‘lishini vrach yaxshi tushunishi shart.

Modifikatsion o‘zgaruvchanlik tibbiyot I’anida katta ahamiyatiga ega. Har bir kasallik har xil shaxsda bar xil kechishi mumkin (buning sababi reaksiya normasining har xilligidir). Bunday holatlar vrachlik amaliyotida juda ko‘p uchraydi.

Belgilarning o'zgaruvchanligini o'rganish usullarini ishlab chiqish bilan maxsus fan — biometriya shug'ullanadi. Belgilarning sifat o‘zgarishlarini aniqlash uchun u yoki bu belgilarni hisoblab, olingan natijaning shu guruhning uniumiy soniga nisbatan qancha foizini tashkil etishi aniqlanadi (masalan, bironta guruhda kasal yoki sog‘ odamlar foizi aniqlanadi).

Belgilarning miqdoriy o‘zgarishlarini aniqlash birmuncha qiyinroq, chunki ularning ko‘rsatkichlari keng doirada o'zgarishi mumkin. Buning uchun belgining o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi variatsion qatorni yoki belgining o'zgaruvchanlik qatorini tuzish talab qilinadi. Ayrim son ko'rsatkichlar variantlar deyiladi. Variantlar (masalan, ayrim shaxslar tanasi og‘irligi) ko‘payib yoki kamayib borishi tartibida joylashtiriladi. Ma’lum tartibda joylashtirilgan variantlar yig’indisi variatsion qator deyiladi. Lekin bir qator qilib joylashtirilgan variantlar yig‘indisi o'zgaruvchanlik haqida to'liq tasavvur bera olmaydi. Buning uchun variantlarni guruhlarga bo'lib chiqiladi. So'ngra har bir guruhning o'rtacha ko'rsatkichi, uchrash tezligi aniqlanadi. Variatsion qatordan foydalanib belgining o'zgaruvchanligini grafik ravishda tasvirlash mumkin.



I)- liiuvzu. Modifikatsion 0‘zgaruvehanlik va uni statistik uh ill 73 Variatsiyalarning tebranish kengligini va ayrim variantlar uchrashi tezligi (chastotasi)ni aks ettiruvchi belgi o'zgaruv- chanligining grafik ifodalanishi variatsion egri chiziq deyiladi. Har xil variantlarning variatsion egri chiziqda joylashuvi Ketle qonuniga bo‘ysunadi. Bu qonunga binoan belgining o‘rta variantlari diet variantlariga nisbatan ancha ko‘p uchraydi (12- rasm).


  1. Download 4,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish