Mavzuni o‘rganing, quyidagi. savollarga javob bering:
Genlarning birikishi deb qanday hodisaga aytiladi?
Birikish guruhi nima? Har bir turda birikish guruhlari sonini qanday aniqlash mumkin?
Nima uchun birikish to‘la yoki chala bo‘lishi mumkin?
Genlar orasidagi birikish kuchi nimaga bog‘liq?
Krossover va nokrossover gametalar haqida nimalarni bilasiz?
Genlar orasidagi masofa qanday birlik bilan o‘lchanadi?
Geteroxromosomalar va autosomalar nima?
Geterogametali va gomogametali organizmlar genotiplari yozuvda qanday ifodalanadi?
Gemizigotalikning mohiyati nimadan iborat?
Jinsga bog‘liq belgilar deb nimaga aytiladi?
Masalalarni yeching, test topshiriqlariga javob toping va ularni isbotlang.
O‘quv jihozlari.
Genlarning birikishini, krossingover, jinsga bog'liq belgilarning nasldan naslga o‘tishini, xromosomalarning genetik xaritasini ifodalovchi o‘quv jadvallari.
Mashg‘ulot rejasi.
Genlarning chala va to‘liq birikishi, krossingover holatlari, jinsga bog'liq belgilarning nasldan naslga o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘zlashtirilgandan keyin talabalar birikkan holda irsiy- lanishga, xromosomalar xaritasini chizishga bag‘ishlangan masalalarni yechadilar va albomlariga yozib oladilar. Mashg'ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalar bilimlari baholanadi keyingi mashg‘ulotga topshiriqlar beriladi.
Masalalar.
Normal rang ajratish geni (dominant) va daltonizm geni (retsessiv) X xromosomaga joylashgan. Daltonik erkak kishi sog‘lom ayolga uylanganda oilada daltonik qiz tug'ildi. Ota-ona genotipini aniqlang.
Y xromosomaga bog'liq bo'lgan gipertrixoz belgisi bola 17 yoshga to‘lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo‘lib, X xromosoma bilan bog‘liq. Har ikkala belgi bo‘yicha normal ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo‘lgan o‘g‘il tug‘ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi bo‘lishi mumkinmi? Ikkita belgi bo‘yicha normal farzand tug‘ilishi mumkinmi? U qanday jinsli bo‘ladi?
Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-soqov erkak sog'lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?
Odamlarda katarakta va polidaktiliya autosomaga joylashgan dominant gen tomonidan yuzaga chiqariladi. Bu genlar o‘zaro to‘liq bog‘langan (krossingover kuzatilmaydi). Ikkala belgi bo'yicha geterozigotali ayol va erkak nikohidan fenotip va genotip bo'yicha qanday avlod kutish mumkin?
Odamda rezus-omil geni bilan eritrotsitning shaklini belgilaydigan gen birikkan holda nasldan naslga o‘tadi. Ularning orasidagi masofa 3 morganidaga teng. Rezus-musbat va elliptotsitoz (eritrotsitning ellips shaklida bo‘lishi)ga nisbatan geterozigotali bo‘lgan erkak rezus-manfiy va normal eritrotsitli ayolga uylangan. Farzandlarning genotipi va fenotipi foizini aniqlang.
Test topshiriqlari.
Jinsga birikkan genlar — bu:
A. Autosoma genlari. B. Geteroxromosoina genlari. D. Yirik autosomalarga joylashgan genlar. 15. Yo'ldoshli xromosomalarda joylashgan genlar. F. Namoyon bo'lishi jinsiy xromosomalarga bog'liq genlar.
Qanday holatlarda daltonik olaning o'g‘li ham daltonik tug'ilishi mumkin?
A. Agar bolaning onasi daltonizm genini tashuvchi bo‘lsa. B. Har qanday holatlarda ham. D. Ota daltonizm genini o‘g‘il- lariga o'tkazmaydi. E. Bolaning onasi daltonizm bilan kasal bo‘lsa. F. A va D javoblar to‘g‘ri.
Genlar orasidagi masofani o'lchovchi birlik:
A. Nanometr. B. Muton. D. Rekon. E. Morganida. F. Mikrometr.
5. Qanday genotipli ota-onalardan gemofilik o‘g‘illar tug‘ilishi mumkin?
XHXH XHY.
XHXh XnY.
XhXh XHY.
XhXh XhYh.
XhXh Xh Yir.
|
1, 3.
2, 3.
1,4
3 ,4
2, 4
|
Birikish guruhlari — bu:
A. Bitta xromosomada joylashgan genlar guruhi. B. Avlodlarga hammasi birga beriladigan genlar guruhi. D. Avlodlarga alohida o'tadigan genlar guruhi. E. Hamma javoblar to‘g‘ri. F. A va В javoblar to‘g‘ri.
X va Y xromosomalar gomolog hisoblanadimi?
A. Ularda gomologik qismlar ham, nogomologik qismlar ham