Yozma muloqot soʽzlovchi va qabul qiluvchi ogʻzaki muloqot
vositasisiz
amalga oshganda juda asqotadi
Og'zaki muloqotning asosiy xususiyati va so'zma-so'z bo'lmagan gaplardan farqlash, uzatilgan ma'lumotlarning aniqligi va kengligida so'zlar yordamida amalga oshiriladi
1 - mashq. Venn diagramma yordamida muloqotning yozma va og’zaki turlarini tavsiflang.
2 - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida matn tuzing.
Axborot bermoq – biror narsa haqida ma’lumot bermoq.
Bayonnoma - turli yig`ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir.
So‘zga chiqmoq - barchaga o’z fikrini so’zlab berish uchun chiqmoq.
So‘z bermoq – biror-bir ish
Ovoz bermoq – biror-bir taklif yoki bitimlarda, saylovlarda insonlar tomonidan maqullanishi.
Muhokama qilmoq – biror-bir fikr yoki g’oyani insonlar bilan hal etish.
Tavsiya etmoq – maslahat bermoq..
Tayinlamoq – topshiriq berish, biror-bir lavozimga tayinlash.
Tasdiqlamoq – biror ish, harakat yoki g’oyani to’g’ri deb topmoq.
Faol qatnashmoq - biror jamoaning ijtimoiy hayotida, faoliyatida astoydil, berilib ishlaydigan shaxs, jamoatchi.
Zimmasiga yuklamoq – biror topshiriq yoki vazifani biror shaxsga topshirish.
Topshirmoq – berilgan vazifani bajarib ko’rsatish.
Ta’sis etmoq – tuzish, tashkil etish, joriy qilish.
Qaror qilmoq – amalga oshirish lozim bo’lgan qat’iy fikr.
Ma’ruza qilmoq - biror narsa haqida so’zlab berish.
Fikr-mulohaza bildirmoq – fikr yoki g’oya haqida o’z fikrini barchaga so’zlab berish.
3 – mashq. Fanning biror sohasiga doir lug’at tuzing.
Matematika - aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan
Geometriya – matematiksning bir sohasi, fazodagi geometrik jism xossalari va ular orasidagi bog'lanishlarni o'rganadi.
Burchak – bir nuqtadan chiqqqan ikki nur orasida hosil boʻlgan geometrik shaklga aytiladi.
Aylana - muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar toʻplami
Silindr- silindrik sirt va ikkita parallel tekislik bilan chegaralangan jism.
4 - mashq. Klaster usulidan foydalanib muloqotning xususiyatlarini ochib bering.
Og`zaki
muloqot
tezkorlik bilan
amalga oshadi
Yozma nutq barqaror va qat’iy bo’ladi
muloqot
Yozma nutq ma’lum qoida asosida bo’lishi zarur
Og`zaki
muloqotda gap
qurilishini aql
nazorat qilib
boradi
Og`zaki
muloqot, tahrir
imkoniyatidan
mahrum
bo`ladi
Уй вазифаси:
Topshiriq.
Berilgan matndagi terminlarning izohli lug’atini tuzing.
Lug’atlarning turlari
Lug’atlar lingvistik va ensiklopedik lug’at turlariga bo’linadi. Lingvistik (tilshunoslik) lug’atlar bir tilli va ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarga quyidagilar kiradi:
Imlo lug’ati (so’zlarni to’g’ri yozishga yordam beradi), orfoepik lug’at ( so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi), morfem lug’at ( so’zlarni asos va qo’shimchalarga ajratishga yordam beradi), izohli lug’atlar (tilde mavjud bo’lgan so’zlarga izoh beriladi), o’zlashma so’zlar lug’ati (chet tillaridan kirgan so’zlarga ta’rif beriladi), frazeologik lug’at (iboralar lug’ati), terminologik lug’at ( ma’lum fan sohasi bo’yicha atamalarga izoh beriladi), chastotali lug’atlar (ma’lum asarlarda so’zlarning qo’llanish doirasi haqida ma’lumot beradi, poronimlar lug’ati (tilde mavjud bol’gan talaffuzdosh so’zlar haqida ma’lumot beradi) va shu kabilar.
Кo’p tilli lug’atlarga esa tarjima lug’atlari kiradi.
Izohli lug’at:
Lingvistik lug’at – til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Ensiklopedik lug’at - soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi.
Morfologiya -soʻz shakllari haqidagi taʼlimot
Orfoepiya – nutq, talaffuz.
Frazeologik – ibora, birikma.
Termin – chek, chegara.
Chastota lug’at - tilda u yoki bu grammatik konstruksiya qaysi chastota bilan qoʻllanganligini hisoblash imkonini beradi
Paronimlar -Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronim i ya deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |