Monogibrid duragaylashga doir masalalar. Odamlarda sochning jingalak bo'lishi silliq bo‘lishidan dominantlik qiladi. Gomozigotali jingalak sochli yigit silliq sochli ayolga uylansa, ularning farzandlarining sochi qanday bo'lishi mumkin? Geterozigotali jingalak sochli yigit silliq sochli ayolga uylanganda bu nikohdan silliq sochli bolalar tug'ilishi mumkinmi?
Odamlarda polidaktiliya (6 barmoqlilik) dominant holatda nasldan naslga o'tadi. Geterozigotali 6 barinoqli erkak barmoqlari normal (5 ta) bo‘lgan ayolga uylanganda ularda ikkita farzand tug'ilgan, bittasining barmoqlari 6ta, ikkinchisiniki 5 ta. Bu bolalarning genotipini aniqlang. Ota-onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog'lom (uning ota-onasi ham sog'lom) bo'lsa oilada kasal bolalar tug'ilishi mumkinmi?
Vilson kasalligida mis elementining almashinishi buziladi. Bu belgi retsessiv bo‘lib, autosoma xromosomasiga bog‘liq. Ota- onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog‘lom (uning ota-onasi ham sog‘lom) bo‘lsa oilada kasal bolalar tug'ilishi mumkinmi?
Digibrid chatishtirishga doir masalalar. Qo'ng'ir ko'zli (dominant), chapaqay (retsessiv) yigit ko'k ko'zli o'naqay qizga uylanganda ulardan ko'k ko'zli chapaqay bola tug'ilgan. Bola va ota-onalarning genotipini aniqlang.
Shabko‘r (dominant belgi), chapaqay (retsessiv belgi) erkak bar ikkala belgisi bo‘yicha soglom ayolga uylangan. Oilnda ikki bola tug'ilgan, ularning bittasi ikkala belgi bo‘yicha sog'lom, ikkinchisi shabko‘r va chapaqay. Ota-onalar va bolalarning genotipini aniqlang.
Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 6 barmoqli, onasi har ikkala belgiga nisbatan sog'lom oiladan chapaqay va barmoqlari soni normal bola tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar tug'ilishi mumkin.
Test topshiriqlari. Mendelning I qonuni:
A. Avlodlar sonining bir xilligi. B. Belgilarning ajralishi.
Avlodlar sonining xilma-xilligi. E. Avlodlarning ota-onalarga o‘xshashligi. F. 1-avlod bir xilligi.
Mendelning II qonuni:
A. Belgilarning mustaqil taqsimlanishi. B. Yashirin belgilarning paydo bo‘lishi. D. Belgilarning ajralishi. E. Belgilar sonining kamayishi.
Mendelning III qonuni:
A. Belgilarning mustaqil taqsimlanishi. B. Belgilarning mustaqil genlar tomonidan yuzaga chiqarilishi. D. Belgilar sonining kamayishi. E. Retcessiv belgilarning mustaqil taqsimlanishi. F. Genlar mustaqilligi ortishi.
Gametalar sofligi qonuni:
A. Har bir gametada allellardan bittasi bo‘lishi. B. Bitta gametada bir juft allel bo‘lishi. D. Allellar taqsimlanishi tasodifiyligi. E. Allel- lar taqsimlanishi jinsga bog'liqligi. F. Genlar sofligi genotipga bog'liqligi.
Jingalak va qora sochli (har ikkala belgi — dominant) ota- onalardan jingalak, malla sochli bola tug'ildi. Ota-onalar genotiplarini aniqlang:
A. AABB x AABB. В. AABB x AABb. D. AABb xАавв.
АаВв x АаВв. F. АаВв x AABB.
Bir jufi belgisiga nisbatan geterozigotalilarda qancha tipdagi gametalar hosil bo'ladi?
A. 8. B. 2. D. 4. E. 16. F. 32.
F. 32.
Pentageterozigotalilarda qancha tipdagi gametalar hosil bo'ladi?
A. 8. B. 2. D. 4. E. 16.
Duragaylash usuli — bu:
A. Genetik tahlil usullaridan biri. B. Keyingi avlodni tahlil qilish uchun 2 ta organizmni duragaylash usuli. D. Odam genetikasini o‘rganishda qo'llaniladigan usul. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to‘g‘ri.