2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet161/348
Sana06.07.2022
Hajmi4,8 Kb.
#746563
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   348
133 
 
12.23-rasm.Qo’l, elka, oyoqning sinish. 
Bilak va kaft suyaklarining sinishlarida, uni harakatsizlantirish uchun kalta simli 
shinalar yoki qo‘l ostidagi vositalar ishlatiladi. Buning uchun bilak suyagini tirsak 
bo‘g‘imidan to‘g‘ri burchak ostida bukib, bemorning kaftiga ozroq bog‘lov materiali solinadi 
va uni bemor barmoqlari bilan qisadi (10.27-rasm). Simli shinani (g‘ilofli) to‘g‘ri burchak 
ostida buklab, qo‘l shakliga moslanadi va u qo‘lning orqa yuzasidan, yelkaning yuqori 
qismidan boshlab, barmoqlargacha olib boriladi. Keyin shinani qo‘l bilan birgalikda qo‘shib 
bint bilan o‘rab chiqiladi. Qo‘l bint yoki ro‘molcha bilan bo‘yinga osib qo‘yiladi. Qo‘l 
harakatsizlantirilgach, uni tanaga bint bilan mahkamlab o‘rab qo‘yish mumkin. 
Qovurg‘alar va to‘sh suyagining sinishlari
.
 
Ko‘krak qafasining shikastlanishlarida 
uning tinch holatini yaratish uchun spiral bog‘lam qo‘yish tavsiya etiladi. Bu bog‘lam uchun 
keng bintlar qulay bo‘lib, sochiq va choyshablardan ham foydalanish mumkin. Sochiq yoki 
choyshab uch qavat qilib buklanadi va o‘rama holiga keltiriladi. Bog‘lam tushib ketmasligi 
uchun yelka usti kiyimiga tikib qo‘yish mumkin. Ko‘krak qafasining shikastlangan tomonini
fiksatsiyalash uchun keng leykoplastirdan ham foydalanish mumkin, u cherepitsa shaklida 
to‘shdan umurtqalar tomonga yopishtirib chiqiladi. Bemor o‘tirgan, yarim o‘tirgan yoki 
gavdaning yuqori qismi bir oz ko‘tarilgan holatda shifoxonaga olib boriladi. 
Oyoq suyaklarining sinishi
.
 
Son suyagi skeletning eng katta va eng mustahkam suyagi 
bo‘lib, u vertikal holatda 1500 
kg 
dan ko‘proq og‘irlikni ko‘taradi. Bundan yuqori bo‘lgan 
kuch yoki og‘irlik ta’sirida son suyagi sinishi mumkin. Son suyagining sinishi og‘ir jarohatlar 
qatoriga kirib, bunda yumshoq to‘qimalar, qon tomirlari qattiq shikastlanadi, ko‘p qon 
yo‘qotiladi, ko‘pincha travmatik shok holati kuzatiladi. Son suyagining yuqori, o‘rta va pastki 
qismlari sinishi tafovutlanadi. Son suyagining yuqori qismi sinishi (bo‘yin va boshchasi) 
sinishning taxminan yarmini tashkil etadi va u tos-son bo‘g‘imi bilan yiqilishdan yuzaga 
keladi. Bunday sinishlar ko‘pincha qariyalarda (70 yoshdan oshgan) kuzatiladi. 
Simptomlari: qov va tos-son bo‘g‘imi sohalarida og‘riq, shish va bemor oyog‘ini 
ko‘tara olmaydi. Son suyagining o‘rta va pastki qismi sinishi bevosita og‘ir predmetlar va 
harakatdagi transport vositalarining urilishidan, yuqori balandlikdan yiqilganda, shuningdek 
yiqilish vaqtidagi bilvosita kuchli ta’sirdan (bu ta’sir suyakning buralishiga va haddan 
tashqari egilishiga olib keladi) yuzaga kelishi mumkin. Simptomlari: singan joydagi og‘riq, 
oyoq bilan harakat qilishning ilojsizligi. Tizza bo‘g‘imining sinishlari bevosita kaltak 
ta’sirida, tizza bilan yiqilganda yoki balandlikdan yiqilib oyoq bilan tushganda yuzaga keladi. 
Ko‘pincha tizzaning qopqoq suyagi sinishi kuzatiladi.
Sinishning belgilari: og‘riq, konturlarning tekislanishi va bo‘g‘im aylanasining 
kattalashishi. Paypaslab ko‘rilganda bo‘g‘im ichida suyuqlik borligi seziladi.

Download 4,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish