Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi
.
Yelkaning chiqishi kuchli og‘riq va uning funksiyasi
buzilishi bilan kechadi. Bemorning chiqqan qo‘li tomondagi yelkasi pastga tushgan, boshi shu
tomonga og‘gan, sog‘lom qo‘li bilan chiqqan qo‘lni ushlab turishga harakat qiladi.
Shikastlangan qo‘l tanadan uzoqlashgan, tirsak bo‘g‘imi bukilgan va xuddi uzayibroq
qolgandek ko‘rinadi. Yelka bo‘g‘imining normal yumaloqligi yo‘qolib, uning tashqi yuzasi,
yelka suyagi boshining siljishi natijasida, tekislanib qoladi. Bu bo‘g‘imning faol harakati
yo‘q, sekin harakatlantirilganda yelkaning «tarang fiksatsiyasi» kuzatilib, tirsak bo‘g‘imini
tanaga yaqinlashtirib bo‘lmaydi.
Bilak suyagining chiqishida tirsak bo‘g‘imining hajmi kattalashib, deformatsiyalanadi,
qo‘l yarim bukilgan holatda bo‘ladi. Agar bilak old tomondan chiqqan bo‘lsa, u uzaygandek,
orqadan chiqsa, kaltalashib kolgandek tuyuladi. Barmoqlar ichida, ko‘pincha birinchi
barmoqning chiqishi ko‘proq kuzatiladi. Bunda ko‘proq orqa tomonga va ozroq kaft tomonga
siljish kuzatiladi. Barmoqlarning chiqishiga ko‘pincha ularni zo‘rlab egish sababchi bo‘ladi.
Chiqqan barmoq majburiy «miltiq tepkisi» holatida bo‘lib, panjalarga nisbatan deyarli 90
0
li
burchak ostida joylashadi (12.22-rasm).
12.22-rasm. Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi.
Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari
.
Son suyagining chiqishi bilvosita katta kuchning
ta’siri natijasida yuz berib, bu kuch kutilmaganda va keskin tarzda sonni ichkariga (orqaga
chiqish) yoki oyoqning keskin kerilishi va uni tashqariga aylantirilishi (oldinga chiqish)
natijasida kelib chiqadi.
Sonning orqaga chiqishida oyoq tos-son bo‘g‘imida bukilgan, tanaga yopishgan va
ichkariga o‘girilgan, aylanib qolgandek tuyuladi. Oyoq kaftidagi chiqishlar ko‘pincha to‘liq
bo‘lmay (chala chiqishlar deb atash mumkin), ularni rentgenologik tekshiruvsiz to‘g‘ri
tashxislash juda qiyin. Chiqishlarning har xil lokalizatsiyalaridagi asosiy birinchi yordam
shikastlangan oyoq yoki qo‘lni tinch holatga keltirish va bemorni tezda travmatologik
bo‘limga yoki travmopunktlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va chiqqan bo‘g‘imni
o‘rniga solib qo‘yish uchun jo‘natishdan iborat.
Bunday shikastlanishlarda voqea sodir bo‘lgan joyda biron-bir manipulatsiya o‘tkazish
mumkin emas, chunki mutaxassissiz qo‘yilgan tashxis noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bundan
tashqari, voqea joyida yetarli og‘riqsizlantirishning iloji ham yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyda
chiqqan joyni solish, oyoq-qo‘llarni siltab tortish, bo‘g‘imlarni passiv harakatga keltirish –
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Bunday bemorlarni shifoxonaga olib borishda chiqqan qo‘lni
ro‘mol bilan bog‘lanadi va tirsak chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi, oyoq
chiqqanda standart simli Kramer shinasi yordamida, u bo‘lmagan taqdirda, qo‘l ostida bo‘lgan
immobilizasiyalovchi vositalar yordamida bintlanib yoki chiqqan oyoqni sog‘lom oyoqqa
mahkamlab (bunda kiyimlar yechilmaydi), keyin jo‘natish tavsiya etiladi. Bemorga
Do'stlaringiz bilan baham: |