O„g„itlash
.
Qand lavlagi kaliy va azot o„g„itlariga ko„proq, fosforga esa
kamroq talabchan o„simlik. P
90
, K
60
va 20-40 t/ga chirigan go„ng yerni
shudgorlashdan oldin solinadi. Azotli o„g„itlar uchga bo„lib beriladi: N
20
ekish
bilan bir vaqtda, N
90
birinchi suvdan, N
90
ikkinchi suvdan oldin beriladi.
O„simliklarni azot o„g„iti bilan oziqlantirish iyul oyining boshlarida tugallanishi
299
zarur, chunki azot bilan oziqlantirish kechiktirilsa, poyasi tez rivojlanib,
ildizmevasi tarkibidagi qand moddasi kamayib, qishda saqlanish yomonlashadi.
Hosilni yig„ish.
Hosilni yig„ishtirish eng qiyin bosqichlardan hisoblanadi,
chunki lavlagi ildizmevasini yig„ishtiradigan maxsus kombaynlar bo„lmaganligi
sababli, ko„pincha qo„l bilan yig„ishtirib olinadi. Hosilni yig„ishtirishdan oldin
(oktyabr oxiri - noyabr boshlarida) bargni KIR-1,5 yordamida o„rib olish,
ildizmevasini MTZ-80, TTZ-80,2 yoki MX-120 traktorlariga o„rnatilgan maxsus
lavlagi kurakchalarida yoki g„o„zapoya kavlagichlarida kavlanadi. Yig„ishtirib
olingan ildizmevalarni qolgan barglaridan tozalandi va qishda saqalanadigan
joylarga jo„natiladi. Ildizmevalarni saqlaydigan eng ko„p tarqalgan usul chuqurligi
50-70 sm, kengligi 150-200 sm, uzunligi ildizmevalarni miqdoriga qarab
tayyorlangan handaklarga ko„mib qo„yiladi. Ildizmevalar yaxshi saqlanishi uchun
handakning chetlari qiya va o„rtasi o„yilib har 4-5 m joyga havo almashib turishi
uchun shamol parraklar o„rnatiladi, so„ngra handaklar somon yoki tuproq bilan
berkitiladi.
Sho„ri yuvilgan yerlarga go„ng, fosfor va kaliy o„g„itlari yerni chizellashdan
oldin yoki kultivatsiyadan oldin solinadi.
Urug„chiligi.
O„zbekiston sharoitida qand lavlagidan yuqori reproduksiyali
urug„ olish uchun, oldin lavlagi ildizmevasi shakli va rangi bo„yicha baholanadi,
so„ngra ekib urug„ olinadi. Yem-xashak uchun olingan urug„larni lavlagini
ildizmevasini ekmasdan, urug„ni ekib ham olish mumkin.
Urug„lik uchun ekiladigan lavlagi qand olinadigan lavlagiga qaragandabir oy
kech ekiladi. Tuproqni ekishga tayyorlash, mneral o„g„itlar bilan oziqlantirish
odatdagi ekish bilan bir xil bo„ladi. O„simlikning ko„chat qalinligi gektariga 160-
180 ming tup, bir pog. metrda o„simliklar yagana qilingandan so„ng 10-12 ta
o„simlik qoldiriladi, shuning evaziga urug„lik ildizmevalarning vazni 250-300 g/ga
teng bo„lishi kerak.
O„simliklarga ishlov berish: 2-3 marta kultivatsiya va 1-2 chopiq qilinadi,
birinchi va ikkinchi sug„orishdan oldin 75-80 kg azotli o„g„it bilan oziqlantiriladi.
Sug„orish tizimi ildizmevalarni ozuqa uchun yetishtirish bilan bir xil. Urug„lik
300
ildizmevalar oktyabrning oxiri va noyabr sovug„i tushmasdan oldin ozuqa uchun
ildizmevalarni yig„ishtiradigan mexanizmlar bilan yig„ishtiriladi. Ildizmevalar
qo„lda tozalanganda ildizmevalilarning boshchasidagi barg bandlari 3-4 sm
uzunlikda kesiladi va saqlanadigan joyga keltiriladi. Urug„li ildizmevalar
saqlanadigan handaklarning kattaligi, ozuqa uchun ildizmevalar saqlanadigan
handaklar bilan bir xil, lekin, havo almashishi uchun qo„yiladigan shamollatgichlar
har 2 metrga o„rnatiladi.
Tipik xolatdagi urug„lik ildizmevalar ajratiladi, kasallangan, o„lchami katta
ildizmevalar ajratib olib tashlanadi. Bu vaqtda aprbator bloknoti to„ldiriladi.
Urug„lik ildizmevalari kuzda saralanganligi haqida akt to„ldiriladi.
Bahorda handak ochilgandan so„ng, saralangan ildizmevalar qayta saralanadi
va «Urug„liklarni bahorda saralash» akti to„ldiriladi va so„ngra urug„lik
ildizmevalar ekiladi.
Asosiy va ekishdan oldin tuproqni ekishga tayyorlash, solinadigan fosfor va
kaliy o„g„itlari miqdori lavlagining birinchi yili yetishtirish bilan bir xil.
Urug„lik ildizmevalarni ekish fevralning oxiri va martning boshlarida
oldindan tayyorlangan qator oralari 60 sm qilib qo„lda ekiladi. 1 pog. metr yerga 2-
3 dona lavlagi ildizmevasi ekiladi. Ildizmevalar qurib qolmasligi uchun 2-3 sm
qalinlikda tuproq bilan bekitiladi. O„sish nuqtasi qurib qolgan ildizmevalardan
urug„ poyasi o„sib chiqmaydi va urug„ hosili kamayadi.
Ekilgan urug„lik ildizmevalar o„sish davrida 1-2 marta qo„lda chopiq
qilinadi va 1 marta 90 kg/ga azot bilan oziqlantirilib, o„simliklar gulpoya chiqara
boshlashi, gullashi, urug„ tuganaklari rivojlana boshlaganda sug„oriladi. Bu vaqtda
urug„lar gullash oldidan aprobatsiya qilinib, akt to„ldiriladi. Urug„ hosilining
umumiy urug„ tuganaklaridagi urug„lar 70% qo„ng„ir rangga kirganda ertalab
qo„lda o„riladi. O„rilgan urug„liklar xirmonga yoki asfaltlangan joyga keltiriladi va
20-30 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Urug„liklar poyasi tezroq qurishi uchun har
kuni ag„darib turiladi. Urug„lik poyasi don kombaynlarida maydalaniladi va
«Petkus-gigant» qurilmasida ko„p tishli urug„ uchun 3,5 mm yoki bir tishli urug„
uchun 2-3 mm fraksiyalarga ajratilib tozalanadi. Urug„lardagi yopishib qolgan
301
tayoqchalarni va chiqitlari ajratish uchun lavlagi urug„i OSG-0,5 rusumli
tozalagichdan chiqariladi. O„zbekistonda qand lavlagi urug„ini ildizmeva
ekmasdan olish usuli ishlab chiqilgan.
Qand lavlagining urug„ini ekib urug„lik olish mumkin. Buning uchun ertagi
ekinlardan (sabzavotlar, kartoshka, silos uchun makkajo„xori) bo„shagan
maydonlar sug„orilib, P
90
K
60
o„g„itlari solib, 25-28 sm chuqurlikda shudgorlanadi.
So„ngra maydon chizellanadi, mola bostirilib avgustning oxirida yoki sentyabrning
boshlarida qand lavlagi urug„i qator oralari 60 yoki 70 sm qilib seyalkalarda
ekiladi. Ekish miqdori 8-10 kg/ga, bunda urug„lik tuganaklari har biri 3-5 sm da
ekilgan bo„lishi kerak. Urug„ yaxshi unib chiqishi uchun sug„oriladi, nihollar
ko„karib chiqqandan so„ng kultivatsiya qilinib, sovuq tushguniga kadar 1-2 marta
sug„oriladi. O„simliklar qator oralari kultivatsiya qilinganda usti 4-5 sm qalinlikda
tuproq bilan ko„miladi. O„simliklarda birinchi yili azotli o„g„itlar berilmaydi,
chunki azotli o„g„it ularning qishda saqlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Bahorda o„simliklardag urug„poyalar o„sib chiqadi. Bu vaqtda (aprelda)
traktorda kultivatsiya, chopiq qilinib, o„simliklar shoxlay boshlaganda (90-100)
azotli o„g„itlar bilan oziqlantiriladi. Urug„liklar 3 marta (gulpoyalar chiqara
boshlaganda, gullash, urug„ tuganaklari hosil bo„lish davrlarida) sug„oriladi. Bu
usulda urug„ olishda ildizmevalarni kavlash, qishda handaklarda saqlash, bahorda
ekish, yerga qadash ishlari bajarilmaydi va odatdagi usulga nisbatan urug„liklar 10-
12 kun oldin pishadi. Urug„ hosili gektariga 15-20 s/ga ni tashkil etadi.
Ko„p urug„lik navlari uchun GOST 2890-82, urug„larning unishi birinchi
klass urug„lari uchun 85% ikkinchi klass urug„lari uchun 75%, bir urug„lik nav va
duragaylar uchun 80-75% ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |