Qattiq fayans - fayans buyumlari
orasida muhim o’rinni egallaydi.
Fayansning bu turi dala shpatili fayans nomi bilan ham ataladi. XVIII asrning
boshlarida nemis hunarmandlari birinchi bo’lib bunday sopol buyumlarni kashf
etishdi. Ularning massasi tarkibiga 45-65 prostent kulrang gilmoya, 25-40 prostent
qumtosh va 8-15 prostent dala shpati kiradi. Gilmoya qisman chinni gili, dala
shpati esa ishlab chiqarish chiqindisi bilan almashtirilishi mumkin.
Shamotli fayans buyumlari
olishda massa tarkibiga ko’p miqorda shamot
qo’shiladi. Shamotni o’z navbatida chinni gili yoki boshqa alyuminiy (III) oksidiga
boy bo’lgani gilmoyani yuqori haroratda bir necha soat davomida qizdirish yo’li
bilan olinadi. Shamotli fayans yuzasiga qalin angob, so’ngra shaffof bo’lmagan sir
surtiladi. Angobni ishlatishga shamotli fayans tarkibiga kiruvchi gilmoya vosita
bo’ladi. Odatda bu xom ashyo yog’li va yopishqoq bo’lishi kerak. Oxirgi
xususiyatlar esa tarkibida temir va alyuminiy moddalari ko’p bo’lgan gillarga
mansub.
Fayerton
nomi bilan ataluvchi shamotli fayans massasi tarkibiga 25-45
prostent shamot kiradi. Yog’li gilmoyaga qo’shiluvchi bu modda zarrachalarining
o’lchami 2-5 mm oralig’ida bo’lishi kerak. Massa tarkibiga 4 prostent pegmatit, 18
prostent qumtuproq, 3 prostent o’ta yuqori yopishqoq gil va 0,1 prostent soda
qo’shilishi mumkin.
Yarim chinni buyumlarni
ishlab chiqarishda qattiq fayansdagi kabi xom
ashyolar ishlatiladi. U sanitariya-gigiena va mexanika jihatidan qattiq fayans bilan
chinni o’rtasidagi oraliq materialdir. Odatda yarim chinni tarkibiga 48-50 prostent
gil va kaolin, 40-50 prostent kvarst va 5-10 prostent dala shpati kirgan bo’ladi.
Agar massa tarkibiga ozroq miqdorda pishiqlikni oshiruvchi va kuydirish
intervalini kattalashtiruvchi dolomit, magnezit yoki talk qo’shilsa, bunday
mahsulotni magnezialli fayans deb ataladi. Qoliplangan xom mahsulotlarning
kuydirish prostessini 30-60 prostent barit mineralini massa tarkibiga kiritish bilan
yaxshilash mumkin. Bunday mahsulot baritli fayans nomi bilan yuritiladi. Sopol
idishlar yasash uchun sog’ tuproqqa 10-15 prostent yopishqoqlikni oshiruvchi
bentonit nomli gil qo’shiladi. Bu esa buyumning cho’ziluvchanlikka
mustahkamligini oshiradi va bentonitli fayans deb ataladi.
Sopol mahsulotlari tayyorlash usuli, ishlov berish turi, strukturasi, qattiq
mayda zarrachalarning yopishqoqligi, sirpanuvchanligi, kislotaga barqarorligi va
shunga o’xshash boshqa faktorlar asosida qism, gruppa va turlarga bo’linadi.
Tayyorlov usuliga ko’ra, mahsulotlar shliker yoki eritmadan quyilgan va plastik
qoliplangan, shuningdek, tashqi yuzasiga ko’ra, sirlangan va sirlanmagan
buyumlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |