22. Mavzu: Yupqa keramika asosida maishiy va sanitar-texnik
buyumlar ishlab chiqarish.
Reja
1.
Keramik devorbop materiallar.
2.
Sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish
Tayanch iboralari:
giltuproq, alyumosilikatlar, pishirish, mikrokompozit,
makrokompozit, mustahkamlik, suvga chidamlilik, sovuqqa bardoshlilik,
modifikatorlar, devorbop keramika, bezak keramikasi, terrakota, texnologik
prinsiplar.
Mineral xom ashѐga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish
natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi.
―Keramika‖ so‘zi lotincha ―Keramos‖ so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil)
ma’nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayѐrlangan devorbop
materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000
yillikda ishlatilgan. Ikki ming yil avval xom loy asosida Buyuk Xitoy
Devorining katta qismi barpo etilgan. Misrda, Vavilonda, Eronda, Hindistonda,
Lotin Amerikasida xom loydan bino va inshootlar qurilganiga ko‘plab tarixiy
obidalar guvoxlik berib turibdi: Saxroi Kabir piramidalari, Erondagi Tezifon
Arkasi, Perudagi CHon–chon binosi, YAmandagi ko‘p qavatli uylar va
boshqalar. Xom loy asosida XVII-XIX asrlarda Buyukbritaniyada,
Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada va Skandinaviya mamlakatlarida bino va
inshootlar barpo etilgan.
Markaziy Osiѐda xom loy (paxsa) asosida qadimgi Xiva, Buxoro,
Termiz va boshqa shaharlar qal’a devorlari barpo etilgan. Qadimgi Termizda
Budda ehrom va sajdagohlari, shoh saroylari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan
bo‘lib, xarobalari xozirgi kungacha saqlangan.
120
Paxsa va xom g‘ishtli binolar.
1 va 2 – eski Termiz sh.; 3 – Xiva sh., Ichan-Qal’a devori; 4 – Buhoro sh., Arki
devori; 5 – paxsa devor, Tunis; 6 – paxsa devorli qal’a, Turkmaniston.
Sopol buyumlar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi va
erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar hamda havo to‘lgan g‘ovak
va bo‘shliqlardan iborat bo‘lganligi uchun ularni kompozitsiyali (murakkab)
materiallar turkumiga kiritish mumkin.
Ma’lumki, sopol buyumlarni pishirish jarayonida oson eruvchi minerallar
erib, qiyin eriydiganlari o‘zaro bog‘lanib, yoriq va g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada
butun hajmi bo‘yicha uzluksiz qotgan eritma ya’ni, matritsa hosil bo‘ladi.
Soviganda esa kristall holatga aylangan mikrotuzilishga ega bo‘lgan matritsa
shishasimon ko‘rinishga o‘tib, sopolning mustahkamligini ta’minlaydi.
GOST talablariga ko‘ra keramik buyumlarning haqiqiy zichligi 2,5...2,7
g/sm3, o‘rtacha zichligi 2000...2300 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi
0,5 dan 1000 MPa gacha bo‘ladi. Issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti absolyut
zich sopolniki 1,16 Vt/(m K), g‘ovak sopolniki 0,07...1,0 Vt/(m K), issiqlik
sig‘imi 0,75...0,92 kDj/(kg K), issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti
0,00014.
Keramik buyumlarning suv shimuvchanligi uning g‘ovakligiga qarab 0 dan
70 % gacha bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalari
mavjud: F15; F25; F35; F75 va F100.
121
Bino va inshootlar qurilishi uchun ishlatiladigan sopol materiallar va
buyumlarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning sifat va boshqa ko‘rsatkichlari
qo‘llanilish sohasini belgilaydi (O‘zRST 552-2007).
Devorbop sopol buyumlar ichida hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani
oddiy sopol g‘isht, turli xil samarali sopol materiallar (kovakli sopol g‘isht va
toshlar, blok va plitalar), shuningdek, yirik o‘lchamli bloklar, g‘isht va sopol
asosidagi panellardir.
Sopol g‘isht va toshlar oson eruvchan gillar va qo‘shilmalar qo‘shilgan
gillar asosida tayyorlanadi. Ular asosan bino va inshootlarning tashqi va ichki
devorlarini tiklashda hamda devor paneli va bloklarini tayyorlashda
qo‘llaniladi.
Sopol g‘isht va toshlar o‘lchamlariga qarab O‘zRST 530-95 bo‘yicha
quyidagi xillarga bo‘linadi: oddiy g‘isht 250x120x65 mm; modulli g‘isht
250x120x88 mm; qalinlashtirilgan g‘isht 250x138x65 mm; oddiy sopol tosh
250x120x138 mm; yirik sopol tosh 250x138x138 mm ; modulli sopol tosh
250x250x138 mm va kovaklari gorizontal joylashgan sopol toshlar
250x250x120 va 250x250x80 mm.
G‘ishtlarning o‘lchamlardan chetga chiqishi uzunligi bo‘yicha ±5, eni
bo‘yicha 4, qalinligi bo‘yicha esa 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
122
Fasadbop plitalar
Ichki pardoz plitalar
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar turli shaklda chiqariladi.
Kvadrat plitkalarning o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli
plitkalarniki 150x100 va 150x75 mm, qalinligi 4...6 mm ga teng bo‘ladi.
Gilam nusxa - mozaika quyma plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab
chiqariladi: chetlari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm
to‘g‘ri to‘rt burchakli plitkalar va h. k. Qalinligi 2,5 mm va o‘ng yuzasi turli rangli
bo‘ladi
123
Gilam nusxali pardozbop plitkalar
Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini oplash va
ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi.
Polbop sopol plitkalar gil massasidan qo‘shilmalar va bo‘yovchi
aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar pishirish
yo‘li bilan tayyorlanadi. Natijada ularning suv shimuvchanligi 4 % gacha bo‘ladi.
Sopol plitkalardan yasalgan pollar suv o‘tkazmaydi, ishqalanishga
chidamli, kislota va ishqor ta’siriga turg‘un bo‘ladi. Sopol plitkalardan
yasalgan pollarning kamchiligi: issiqni o‘ziga ko‘p yutadi, zarbga qarshiligi past
va ancha sermehnatlidir. Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida,
korxonalarning ishlab chiqarish xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi.
Keyingi yillarda silliq sayqallab tayyorlanadigan “keramogranit”
plitkalardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Ushbu material kislota va
ishqorlar ta’sriga chidamliligi, siqilishdagi yuqori mustahkamligi, edirilishga
chidamliligi, sovuqbardoshligi, qattiqligi (Moos shkalasi bo‘yicha 7...8) va boshqa
tavsiflari bilan farqlanadi.
Keramogranit qoplama plitkalar
Keramogranit plitkalari bilan pardozlangan ichki xonalarning dizayni juda
nafis ko‘rinishga ega bo‘ladi.
124
Keramogranit bilan pardozlangan zalning intereri
Maxsus keramik materiallari va buyumlar
Bunday sopol materiallari va buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj
quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, sanitariya-texnika buyumlari
va sh. k. kiradi.
CHerepitsa (TSh 7-192:2003) tomga yopiladigan material bo‘lib, oson
suyuqlanadigan gillardan xom materialni qoliplash, quritish va pishirish yo‘li
bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarining bir
necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va
konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda.
CHerepitsa tomga biri ikkinchisining ustiga chokli bostirib qo‘yilgani
uchun foydali yuzasi 50...85 % ni tashkil etadi. CHerepitsaning suv shimgandagi
massasi 50...60 kg/m2 atrofida bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi esa 25 davrdan kam
bo‘lmasligi kerak.
CHerepitsa tomga yopiladigan mustahkam, chidamli va olov bardoshli
material bo‘lib, 300 yilgacha xizmat qiladi. Undan yopilgan tom tez-tez ta’mir
125
talab qilinmaydi. CHerepitsa hozir qurilishning barcha sohalarida ishlatilmoqda.
126
Sanitariya-texnika buyumlari (O‘zRST 831-97) umivalnik, unitaz, vanna,
yuvish bachoklari va sh. k. lar oq gildan, fayans yoki yarim chinni
massalardan tayyorlanadi. Xom ashyo massalar tarkibiga kaolin, oq gil, dala
shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, erigan shisha kabilar kiradi.
Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarilgach
ular quritiladi, oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi, so‘ngra pishiriladi.
Sanitariya – texnika buyumlari manzaralik, silliq yuzali, oson tozlanish va
uzoq vaqt davomida o‘z xossalarini saqlab qolish xususiyatiga egaligi bilan
farqlanadi. Ushbu buyumlarning asosiy kamchiligi ularning mo‘rtligidir.
SHunga qaramay, sopoldan tayyorlangan sanitariya – texnika buyumlari
xozirgi kundagi eng yaxshi va zamonaviy buyumlar bo‘lib qolmoqda.
Sanitar texnik buyumlar
127
128
Vannaxona keramik materiallardan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |