23. Mavzu: Devorbop keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi.
129
Keramik g’isht uchun xom ashyo materiallari va ishlab chiqarish
texnologiyasi . Keramik g’ishni qoliplash usullari, Quritish, kuydirish jarayonlari,
xossalari va ishlatish soxalari.
Bino bezagi uchun keramika texnologiyasi bo’yicha issiqlik berish yo’li
bilan pishirilgan maxsus tarkib va xossalarga ega bo’lgan chinni va sopolsimon
tuzilishi me’morchilikda keng qo’llaniladigan buyumlarga keramik plitkalar
(koshinlar) deb ataladi. U binoning sirti va ichki qismiga ko’rk berib, uni kir va
namdan saqlaydi.
Ko’p sonli adabiyot manbalarda plitkalar termini toshtaxtacha, ya’ni
kichkina plita yoki to’rtburchak taxtacha shaklidagi kichikroq buyum ma’nosida
ishlatiladi. Ba’zi manbalarda esa koshin termini naqshli plitka ma’nosida
ishlatiladi.
Hozirgi kunda koshinlar O’zbekiston hududida «O’zqurilishmateriallari»
akstiyadorlik kompaniyasiga qarashli Toshkentdagi «Toshqurilishmateriallari» va
barcha viloyatlarda mavjud bo’lgan maxsus kulolchilik korxonalarda ishlab
chiqarilmoqda. 2000-yili «Toshqurilishmateriallari» akstiyadorlik korxonasi Italiya
firmasi yordamida Germaniyada chiqadigan qoliplovchi presslarni korxonada
o’rnatish hisobiga katta o’lchamli koshinlar ishlab chiqarishga o’tdi.
Plitka turlari.
Keramik plitkalar ishlatilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
1. Polbop keramik plitkalar. Ular dag’al keramika guruhiga mansub;
2. Ichki pardozlash plitkalari. Ular nafis yoki nozik keramika texnologiyasi
bo’yicha olinadi;
3. Fasad plitkalari. Ular ham dag’al keramika buyumlari safini to’ldiradi;
Polbop keramik plitkalar o’z navbatida ikki turga ajraladi:
1. Keramik plitkalar;
2. Koshin yoki naqshli plitkalar.
Polbop keramik materiallar shakli 85-rasmda, o’lchamlari esa 30-jadvalda
berilgan. Rasmda 1, 2, 4, 6, 7, 9, 11 va 13 raqamlar bilan ko’rsatilgan plitkalarning
qalinligi 10 mm, qolganlari (3, 5, 8, 10, 12, 14 va 15) niki esa 13 mm.
7 rasm. Polbop plitkalar.
130
Plitka xom-ashyosi.
Polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish uchun pishish intervali katta
bo’lgan (~80-100°C li) bir tarkibli gillar ipshatiladi. MDH mamlakatlari
hududlarida joylashgan ko’pgina korxonalar kuydirilganida oq, sariq va qizil rang
beruvchi shunday xom-ashyolardan foydalanishadi (1 jadval).
1 jadval
Polbop plitkalarning xom-ashyosi sifatida ishlatiladigan gillarning mas.% berilgan
kimyoviy tarkibi, °C hisobidagi olovbardoshliligi va rangi.
Kimyoviy
tarkibi va
xossalari
Gil konining nomi
Chasov
Yar
Drujkovsk
Yangi
shveystars
k
Nikiforovs
k
Nikolaevs
k
Quyi
Uvelsk
SiO
2
53,0
61,6
55,1
58,8
62,0
57,6
Al
2
O
3
+Ti
O
2
32,6
24,7
32,3
21,7
24,3
29,2
Fe
2
O
3
1,5
0,8
0,8
9,3
2,6
3,0
CaO
0,6
0,8
0,6
0,6
0,8
0,2
MgO
0,7
0,7
0,6
0,6
1,0
0,9
K
2
O
2,7
2,9
2,1
1,9
2,5
-
Na
2
O
0,3
0,2
0,3
SF
0,3
-
Qizdirilga
nda
yo’qotishl
ik
8,5
7,0
8,1
6,2
6,4
9,5
Olov
bardoshli
k
1700
1610
1700
1480
1600
1560
Rangi
Oq
Oq
Oq
Qizil
Sariq
Kulrang
Sifati past gillarga odatda qo’shimchalar (haroratni pasaytiruvchi,
deformastiyani kamaytiruvchi, rang beruvchi va hokazo) kiritiladi. Haroratni
pasaytiruvchilar sifatida dala shpatlari, pegmatitlar va nefelin sienitlar (O dan 8-
19% gacha) ishlatiladi. Kirishib ketishni kamaytirish uchun O dan 10-20% ga
qadar maydalangan shamot va mayda donali kvarst qumi qushish mumkin. Rang
beruvchilar sifatida xromli temirtosh FeO·Sg
2
O
3
(O dan 3-10% gacha) ishlatilsa
tuproq to’q kulrang yoki ko’k rangga burkaladi. Pirolyuzit MnO
2
(O dan 1,5-5 %
gacha) to’q kulrang yoki qora rang, temir oksidi Fe
2
O
3
jigarrang va qizil, kobalt
oksidi So
2
O
3
(O dan 2-10%) - ko’k va och ko’k ranglarni beradi.
2-jadval.
Keramika materiallari olishda O’zbekistonda qo’llaniladigan gil, lyoss, kaolin,
kvarst, qumi va boshqa xom-ashyolarning kimyoviy tarkibi.
№ Xom-ashyo
Gillarning kimyoviy tarkibi, mas.% hisobida.
131
nomi
RO
2
R
2
O
3
RO
R
2
O
Boshqalar
Kuydirish
yo’qotishi
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
Angren
boyitilmagan
kaolini
60,7-63,7
SiO
2
0,31-0,64
TiO
2
21,8-
23,4
Al
2
O
3
1,9-2,0
Fe
2
O
3
0,4-0,8
CaO
0,1-0,2
MgO
-
-
9,0-10,8
2.
Angren
boyitilgan
kaolini
56,2-58,5
SiO
2
21,4-
28,0
Al
2
O
3
1,4-1,8
Fe
2
O
3
0,5-0,8
CaO
0,3-0,4
MgO
-
-
10,4-11,0
3. Angren QK
boyitilmagan
kaolini
55,7
SiO
2
0,35
TiO
2
29,0
Al
2
O
3
1,0
Fe
2
O
2
0,7
CaO
0,5
MgO
1,0
Na
2
O
0,5
K
2
0
-
11,3
4. Angren KK
boyitilgan
kaolini
48,3
SiO
2
36,1
Al
2
O
3
1,0
Fe
2
O
3
0,2
CaO
0,3
MgO
0,5
Na
2
O
0,6
K
2
0
-
12,8
5.
Toshkent
lyossi
51,6
SiO
2
0,7
TiO
2
11,8
Al
2
O
3
2,20
Fe
2
O
3
11,5
CaO
2,9
MgO
2,0
Na
2
O
2,1
-
13,0
6. Eolov lyossi
44,4
SiO
2
0,6
TiO
2
9,1
Al
2
O
3
1,6
Fe
2
O
3
17,2
CaO
2,7
MgO
2,6
Na
2
O
0,9
K
2
O
2,8
FeO
10,6
CO2
0,1
P
2
O
5
5,5
7.
Prolyuvial
lyossi
57,7
SiO
2
0,5
TiO
2
15,2
Al
2
O
3
2,7
Fe
2
O
3
3,7
CaO
2,6
MgO
1,1
Na
2
O
2,1
K
2
O
0,6
FeO
4,1
CO
2
4,8
8.
Delyuvial
lyossi
56,9
SiO
2
0,8
TiO
2
17,0
Al
2
O
3
3,2
Fe
2
O
3
2,6
CaO
2,9
MgO
2,2
Na
2
O
1,5
K
2
O
3,3
FeO
1,3
CO
2
5,9
132
0,3
P
2
O
5
0,1
MnO
9.
Akburlin
mergeli
7,50
SiO
2
2,07
Al
2
O
3
0,84
Fe
2
O
3
47,24
CaO
1,17
MgO
0,94
Na
2
O
0,49
K
2
O
0,20
SO
3
39,53
10.
Porlitau
mergeli
9,86
SiO
2
3,54
Al
2
O
3
0,96
Fe
2
O
3
45,24
CaO
0,71
MgO
0,95
Na
2
O
0,62
K
2
O
-
37,91
11.
Koytash
vollastoniti
37,22-
50,46
SiO
2
0,06-0,08
TiO
2
1,00-
3,33
Al
2
O
3
0,64-
0,80
Fe
2
O
3
40,50-
42,89
CaO
1,00-3,95
MgO
0,07-0,09
MnO
0,19-
0,84
Na
2
O+
K
2
O
0-0,10
SO
3
2,52-
12,50
12. Taskazgan
oxrasi
51,25-
51,86
SiO
2
0,65-1,22
TiO
2
19,70-
21,01
Al
2
O
3
14,64-
15,64
Fe
2
O
3
0,60-0,74
CaO
0,32-0,65
MgO
0,10-
0,30
Na
2
O
1,39-
1,70
K
2
O
0,11-0,24
SO
3
6,70-9,01
13.
Bazalt
49-50
SiO
2
15-16
Al
2
O
3
20-28
Fe
2
O
3
9-11
CaO
6-6,5
MgO
-
-
-
14.
Andezit
60-61
SiO
2
15-16
Al
2
O
3
6,5-7,0
Fe
2
O
3
5,5-7,0
CaO
2,0-3,5
MgO
7-8,5
Na
2
O+
K
2
O
-
-
15
Diabaz
49-50
SiO
2
11-13
Al
2
O
3
5-15
Fe
2
O
3
4-5
CaO
7-9
MgO
4
Na
2
O+
K
2
O
-
-
133
16.
Karmana
tuffiti
45,45-
59,47
SiO
2
7,35-
13,76
Al
2
O
3
2,44-
4,90
Fe
2
O
3
3,53-15,01
CaO
2,94-4,60
MgO
0-4,80
Na
2
O+
K
2
O
1,42-4,42
SO
3
11,40-
18,08
17.
Gazgon
mramor
chiqindisi
2,14-2,28
SiO
2
0,62-
0,67
Al
2
O
3
0,34-
0,35
Fe
2
O
3
53,8-54,3
CaO
0,84-0,85
MgO
-
0,03-0,84
SO
3
40,57-
40,99
18.
Bekobod
porfiriti
62,88
Si0
2
15,52
Al
2
O
3
1,47
Fe
2
O
3
2,54
CaO
2,09
MgO
3,04
FeO
6,88
Na
2
O+
K
2
O
0,10
SO
3
4,48
19.
Jeroy
kvarst kumi
97,2
SiO
2
0,06
TiO
2
0,16
Fe
2
O
3
0,003
Cr
2
O
3
0,03
FeO
0,28
Na
2
O+
K
2
O
-
-
20.
Kulantoy
kvarst
qumi
97,2
SiO
2
0,68
TiO
2
0,3-1,6
Al
2
O
3
0,20
Fe
2
O
3
0,003
Cr
2
O
3
0,03
FeO
-
-
-
21.
Maysk
kvarst
qumi
91-97
SiO
2
0,8-3,6
Al
2
O
3
0,12-
0,24
Fe
2
O
3
-
-
-
-
22. Oxangaron
ohaktoshi
1,50-4,38
SiO
2
0,30-
1,22
Al
2
O
3
0,10-
0,56
51,25-54,0
CaO
0,28-1,0
MgO
0-0,15
Na
2
O
0-0,15
K
2
O
0,05
P
2
O
5
40,84-
42,90
134
Fe
2
O
3
23.
Oqtosh
aluniti
43,12
SiO
2
0,44
TiO
2
20,78
Al
2
O
3
0,52
Fe
2
O
3
0,42
CaO
0,30
MgO
5,56
Na
2
O+
K
2
O
21,38
SO
3
7,52
24.
Gushsoy
aluniti
24,83
SiO
2
34,17
Al
2
O
3
0,42
Fe
2
O
3
0,06
CaO
1,16
Na
2
O
5,90
K
2
O
33,45
SO
3
-
Binolarning ichki yuzalarini koshinlashda ishlatiladigan keramik
materiallar olish uchun och kuyadigan giltuproq va kaolinlar ishlatiladi.
Deformastiyani kamaytirish uchun kvarst qumi SiO
2
, kuydirilgan kaolin
Al
2
O
3
·2SiO
2
, buyumlarning util va politoy chiqindilari qo’shiladi. Plitka massasi
50% ga qadar tuproqsimon materiallar, 10-25% kvarst qumi va 35% ga qadar
buyum siniqlaridan tashkil topgan bo’ladi. Plitkalar yuqori tezlikda pishiriladigan
bo’lsa, massa tarkibiga ozroq miqdorda nefelin sienit, perlit, toshqol, bo’ri, shisha
sinig’i qo’shiladi. Talk Mg
3
(OH)
2
·Si
4
O
10
, dolomit MgCa(CO
3
)
2
, vollastonit
CaO·SiO
2
, metallurgiya va fosfor korxonalari chiqindilarini qo’shish ham yaxshi
effekt beradi. Umuman olganda massa tarkibiga ishqoriy er oksidlari MgO, CaO
larni kiritish quydirish jarayonidagi kirishib ketishni kamaytiradi. Natijada
plitkalarning o’lchamlarini bir xilligiga erishiladi.
Fasadni koshinlash plitkalari uchun 70-80% oq va qizil qiyin eruvchi
gillarga 20-30% deformastiyani kamayiruvchi (shu gildan kuydirish yo’li bilan
olingan shamot, kvarst qumi, guruch qobig’i) va haroratni pasaytiruvchi (pegmatit,
perlit, nefelin konstentrati, bo’r va shisha sinig’i) materiallar qo’shiladi.
Ishlatilayotgan gillardan bir tarkibli bo’lish, zararli qo’shilmalar (ohaktosh
donachalari, temirli va toshsimon moddalar, eruvchan tuzlar) dan holi bo’lish, past
haroratda pishish talab etiladi. Pishish intervali katta bo’lishi va rangi harorat
o’zgaruvchanligi chegarasida o’zgarmaydigan bo’lishi ham ularga xos bo’lgan
ijobiy faktorlar qatoriga kiradi.
Plitka tayyorlashdagi asosiy texnologik operastiyalar.
Barcha turdagi keramik plitka (koshin) larni ishlab chiqarishda
qoliplanadigan bir tarkibli aralashmani tayyorlash shliker olish orqali amalga
oshiriladi. Shlikerga ishlov berish turi esa qoliplash usuliga bog’liq.
Plitkalarni qoliplashda uch usul qo’llaniladi:
1. Kukunlarni yarim quruq presslash;
2. Plastik massadan buyum olish;
3. Quyish yo’li bilan shakllash.
Quyida polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish texnologik tizimiga oid
chizma keltiriladi.
135
Fasad plitkalari ishlab chiqarishda ham asosiy jarayonlardan biri press
kukunlarni purkagichli quritgichda (87-rasm) tayyorlashdir. Bu erda ham avval
massa 40-55 % namlikka ega bo’lgan shliker holida tayyorlanadi. Shu maqsadda
giltuproq ivitiladi, so’ngra unga propellerli aralashtirgichda donalari o’lchami 2
mm dan kam bo’lgan shamot (kuydirilgan giltuproq) 20-30% ( 50% ga qadar )
qo’shiladi. So’ngra basseyn-aralashtirgichdan shliker nasos yordamida
purkagichli quritgichga uzatiladi va press kukun olinadi.
Texnikada press-kukun olishning ikki usuli mavjud:
1. Filtr-press orqali. Oldin plastik massa olinadi, so’ngra u quritiladi va
tuyiladi;
2. Purkagichli quritgich orqali. Press-kukun to’g’ridan- to’g’ri olinadi.
Keyingi vaqtda purkagichli quritgich filtr pressni butunlayin siqib chiqardi.
Sababi purkagichli quritgich qo’llashning samaradorligi 2 marta ortiqligidadir.
Ikkinchi holat press-kukunni pressdan o’tkazishdir. U 610B Robot, KR Kp
125, Ariste Super Velko kabi presslar yordamida presslandi. Presslangan plitkalar
olishdagi uchinchi holat ishlab chiqarishda lentali konveyer quritgichning
qo’llanilishidir. U tunnel qo’rinishida bo’lib, issiqlikni elektr tokini qarshiligi ko’p
sim orqali o’tkazish yoki gaz alangali infraqizil isitgichlar o’rnatish orqali amalga
oshiriladi.
136
8 rasm. Polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish texnologik tizimi.
137
9-rasm.Purkagichli quritgich:
1-tayanch kolonnalar; 2-konusli tag; 3-tortuvchi zont; 4-stilindrli korpus; 5-gaz
gorelkalari; 6-shliker purkagich; 7-chiquvchi teshik; 8-zatvor; 9-lentali
konveyer; 10-stiklon; 11-ventilyator; 12-shlikerni uzatuvchi nasos; 13-shliker
qorg’ichi; 14-gaz taqsimlovchi pult.
To’rtinchi muhim masala - plitkalarni kuydirish jarayoni. U ko’p kanalli va
kovakli pechlarda amalga oshiriladi (10-rasm). Shu maqsadda qo’llaniladigan
Italiyaning "Siti", Belgiyaning "Gotini" firmalari pechi uzunligi 12-17 m, eni va
balandligi 0,26x0,1 m bo’lib, ular 1200-1280°C gacha ishlaydi. Sutka unumdorligi
1000-1200 m
2
plitka bo’lib, 1m
2
plitka uchun 1050°C da 2,5 kVt·soat, 1200°C da
3,5 kVt·soat va 1300°C da 5kVt·soat elektr toki sarf etadi. Kapselsiz kuydirish
chog’ida 1 m
2
plitka olish uchun 4,75 kg shartli yoqilg’i sarf bo’ladi
10-rasm. Italiya «Siti» firmasining ko’p kanalli elektr pechi.
Fasadli plitkalar sirlanmagan yoki sirlangan bo’lishi mumkin. Sir sifatida
shaffof bor- yoki bor-qo’rg’oshinli va bo’g’iq kalstiy-fosfatli, kalstiy-fosfat-
stirkoniyli yoki stirkoniyli moddalar ishlatilishi mumkin. Kerakli rang hosil qilish
uchun esa oz miqdorda pigment qo’shiladi.
Sopolli ichki pardozlash plitkalari olishda quyidagi tarkibga ko’ra
komponentlar ajratib olinadi: plastik materiallar- 45 - 50% (20% kuydirilmagan va
boyitilmagan kaolin, 25-30% plastik giltuproq) va noplastik materiallar 55-50%
(15-25% kuydirilgan kaolin, 15-25% kvarst qumi, 5% dala shpati va 10% talk yoki
vollastonit). Massa tarkibiga talk va vollastonitni kiritish orqali kuydirish
jarayonida ro’y beradigan siqilishning maksimal kamayishiga erishiladi. Bu faktor
plitkalarni tezkor usulda kuydirish imkonini beradi.
Plitkalarning xossalari
Polbop keramika plitkalarining suv shimuvchanligi 4% dan oshmasligi,
yoyiluvchanligi 0,1 g/m
2
dan past bo’lishi zarur. Kislotaga chidamlilik 97-98%
atrofida bo’ladi.
138
Fasad plitkalarining turlari, o’lchamlari va xossalari ham standart
talablariga mos bo’lmog’ligi lozim. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi
75, 100 va 150 kg/sm
2
, egilishdagisi esa 12, 16 va 28 kg/sm
2
dan kam bo’lmasligi
zarur. Gilam nusxa fasad plitkalarining sovuqqa chidamliligi ularni muzlatib va
eritib sinab ko’rilganda, ular kamida 25 ta shunday stiklga yorilmay bardosh
berishi lozim. Ularning 1 m
2
ga mos keladigan og’irligi 6-8 kg atrofida
bo’lmog’ligi darkor.
Ichki koshinlash materiallari tashqi ko’rinish va sirlangan yuza sifatiga
qarab 3 sortga ajraladi. Ularning suv yutuvchanligi yuqori bo’lib, bu raqam 16%
dan oshmasligi kerak. Ularning suv shimuvchanligi va issiqqa chidamliligi standart
talablariga mos bo’lishi zarur. Plitkalarning issiqqa chidamliligini bilish uchun u
100°C gacha qizdiriladi va temperaturasi 18-20°C bo’lgan suvga tushirilib tez
sovitiladi. Shu vaqtda plitka yuzasidagi sir qatlami darz ketmasligi lozim. To’g’ri
to’rtburchak va kvadrat shaklli plitkalar muntazam geometrik shaklda bo’lishi,
to’g’ri burchakdagi xato 0,5 mm dan oshmasligi shart. Plitkalar yuzining
qing’irligi birinchi sort uchun 1,0 mm dan oshmasligi ham talab qilinadi.
Plitkalarning ishlatilishi.
Polbop keramik plitka, ichki pardozlash plitkasi va fasad plitkalari uy-joy
va jamoat binolarining sirti va ichki devorlarini qoplab bezash uchun ko’plab
ishlatiladi. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlardagi
arxitektura yodgorliklarini qurishda ham qadimgi ustalar keng foydalanilanishgan.
Polbop keramika plitkalari pollari ho’llanib va ishqalanib turadi-gan
xonalar-vestibyul, hammom, hojatxona, kirxona, sanitariya uzellari, oshxo-na va
boshqalarni qoplash uchun hamda metropoliten, davolash muassasalari, kimyo,
oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari pollarini oson yuvish, changdan tozalash,
namdan himoyalash uchun zarur. Ular amalda suv o’tkazmaydi va tezda ishqalanib
eyilmaydi.
Kislotalarga chidamliligi yuqori bo’lganligi tufayli kimyoviy saqlagich va
apparatlar futerovkasi uchun ham keng ishlatiladi. Lekin kamchiliklari ham
mavjud-plitkalar mo’rtligi va issiqlik o’tkazuvchanligi talabga nisbatan biroz
yuqoriroq, o’lchamlari mayda bo’lganligi sababli ularni polga yotqizishga ko’p
mehnat sarf bo’ladi.
Binolarning fasadlarini bezashda hamda stokol, belbog’, peshburun, karniz
kabi fasad elementlari yuzasini qoplashda keramikadan tayyorlanadigan
plitkalardan keng foydalaniladi. Ular arxitektura echimiga ko’ra bino fasadini
yoppasiga yoki qisman qoplashlari mumkin. Birinchi holda butun sirtga yoppasiga
qoplanadi, ikkinchi holda esa fasad elementlarigagina yopishtiriladi. O’rnatilgan
plitkalarning sirti tekis va to’g’ri bo’lishi, burchaklari uchmagan, qirralari
sinmagan va yuza sirtida darzlar bo’lmasligi talab qilinadi. Plitkalarning tusi har
xilligi 10 m dan sezilmaydigan darajada bo’lishi kerak.
Ichki yuzalarni koshinlashda ishlatiladigan keramik plitkalarning o’lchami
aniq, shakli muntazam va rangi bir xilda tekis chiqqan bo’lishi lozim. Ichki
pardozlash plitkalaridagi nuqsonlar fasad plitkalaridagilarga nisbatan ko’zga
yaxshi tashlanadi. Shuning uchun ularning tashqi qo’rinishlari-yuzasi, burchaklari
va qirralariga jiddiy talablar qo’yiladi. Ular suv shimmaydigan, o’tga chidamli va
etarlicha mustahkam bo’lishi lozim. Lekin ulardan pol plitkalariga xos zarb
ta’siriga bardosh berish va ishqalanishga o’ta chidamlilik talab qilinmaydi. Ichki
139
pardozlash plitkalaridan shuningdek fasad plitkalaridan talab qilinadigan sovuqqa
chidamli bo’lish ham talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |