Mehmonxonalarda landshaft dizaynining asosiy uslublari
Landshaft dizayni – inson turmushini tabiiy vositalar – relef, o‘simliklar, suv, tosh va hokazolar vositasida yanada nafisroq, jozibaliroq qilishga qaratilgan alohida mehnat turidir.
Uslub – landshaft muhitining asosiy elementlarining estetik tomonlarini tahlil qilib, ularning yorqin jihatlarini topib qo‘llashga qaratilgan badiiy izlanishlar majmuidir. Aynan ana shunday tadqiqotlar tufayli, istirohat bog‘lari, dam olish oromgohlari, bog‘-rog‘lar vujudga keldi. Dizayn amaliyoti va nazariyasidagi mavjud iyrik taraqqiyot bosqichlari, hatto maktablar: Roman, gotik, renesans, barokko, rokoko, klassitsizm, romantizm kabi yo‘nalishlar ham o‘ziga xos uslublar hisob-lanadi.
Ona sayyoramiz Yerning usti, yuzasi turlicha releflardan tashkil topgan. Bu releflar suv, havo, quyosh ta’sirida muntazam o‘zgarib turadi. Natijada har joyning o‘ziga xos mahalliy releflari vujudga keladi.
Relef – landshaftning skeletidir. Uning o‘zgarishi butun muhit o‘zgarishiga olib keladi.
Geoplastika – yer yuzasini plastik materiallar bilan bezashdir. Geoplastika vositalari: qum tosh siniqlari, turli qirindi, chiqindi va hokazo kabi tabiiy va sun’iy materiallardir. Landshaft dizaynining ob’ektlari san’atning turli yo‘nalishlari vositasida estetik jihatdan tabiat sintezidir. Antik davrdan boshlab tabiat va arxitektura hamohangligi boshlanadi. Qadimgi Rim bog‘larining (qurilishi) tuzilishi buning isbotidir. Tabiat go‘zalliklarini turmushga olib kirish – dizayn Yevropada o‘rta asrlarga kelib tendensiyaga aylandi.
Osiyo davlatlarining bog‘-chorboq, park qurilishlari Yevropa uslub-laridan anchagina farq qiladi. Xitoyda imperator saroylarida, maqbaralar girdida, hovli va olimlar bog‘lari mavjud bo‘lgan. Ularda alohida sokinlik asosida tabiat go‘zalliklari namoyon bo‘ladi.
Yaponiyada bog‘-rog‘lar qurilishi atrof-muhit va ijtimoiy hayot talaba-laridan kelib chiqib, tez-tez o‘zgarib turadi. Landshaft dizayni rivojlani-shi jarayonida asosan ikki yo‘nalish shakllangan bo‘lib, birinchisi doimiy-geometrik, formalar yasovchi, ikkinchisi – landshaft dizayni.
ART-landshaftlar bog‘lar haqidagi an’anaviy tushuncha va tasavvurlar-dan farq qiluvchi, yangi texnologiyalarga asoslangan va qurilishi g‘oyalari vujudga keldi. Bu oqim bog‘ qurilish ramz timsollariga ko‘ra XX asr oxirlarida paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalish landshaft dizaynining o‘ziga xos laboratoriyasi hisoblanadi. Art-landshaft uchun musiqa, rasm, teatr, skulptura va hokazolardan foydalanish xos. Art-landshaftning quyidagi uslubiy yo‘nalish guruhlari mavjud: kinetik bog‘lar, bog‘ o‘yinlari, artefakt bog‘lar, installyatsiya bog‘lari, sun’iy elementlardan yasalgan va hokazo.
Mehmonxona grafik dizaynida obraz, uslub va texnika birligi. Grafika dizayni ijodda o‘ziga xos yo‘nalishdir. Unda yuqorida eslatganimiz ikki uslubning asta-sekin birlashib ketishi sodir bo‘ladi. Bir tomondan keng ko‘lamda avj olib borayotgan kommersiya san’ati (afisha, reklama, gazeta, jurnallar) illyustratsiyasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida paydo bo‘lgan tasviriy san’atning rivojlangan zamonaviy vositalari e’tiborga olinmoqda.
Grafik dizayn bugungi kunga kelib, keskin rivojlanib ketdi. Bu yo‘nalish tasarrufiga kompyuter grafikasi, tele va videodasturlar, fazoviy va konstruktiv eksperimentlar ham kirib keldi. Grafik dizayn xalqaro voqelikdir. Psixolog, sotsiolog, shifokoru san’atkor va boshqa bir qator soha xodimlari u bilan hamkorlikda ishlaydilar. Grafik dizayner-lar umumiy dizayn konsepsiyasini yaratish maqsadida ma’lumot to‘playdi, ularni tahlil va tasnif qiladi.
Grafik dizayn turlarini ularning loyiha ob’ektlariga ko‘ra ajratish mumkin. Matn asosida ishlaydigan barcha grafik dizayn turlariga tipografika usuli xos.
Sanoat grafikasi ishlab chiqarish va uning mahsulotlari bilan bog‘liq holda ishlaydi. Bu o‘rinda: firma belgilari, etiketlar, marka va ularni g‘iloflash va hokazo.
Grafik dizayn savdo tuzilishi (kommersiya)da keng qo‘llanadi. Masalan, plakatlar, afisha, e’lon va varaqalar, broshyura, buklet, katalog, kalendar va hokazolar yasash dizayn faoliyatiga kiradi. Grafik dizaynda firma uslubini yaratish asosiy maqsadlardan biridir. Firma uslubining asosiy elemntlari: logotip, shrift, ranglar jilosi, kompozitsion prinsiplar sanaladi. Grafik dizayn ko‘proq shahar arxitekturasi va dizayni bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Masalan arxigrafika fikrimiz isboti bo‘la oladi.
Loyiha yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat muallif g‘oyasini tropik vizualizatsiya qilmasdan amalga oshirilmaydi. Arxitektura grafikasiga: eskiz, me’moriy rasm xos xususiyatlar hisoblanadi. Bugungi kunda kompyuter grafikasi keng qo‘llanilmoqda.
Grafik – dizayn vizual kommunikatsiyalar vositasi sifatida Keyingi paytlarda grafik dizaynni vizual kommunikativ dizaynga aylantirish harakatlari kuzatilmoqda. Bu holat jamoatchilik orasida an’anaviy arxitekturaga xos bo‘lmagan tarzda murakkab, yangi ob’ektlarni loyihalashtirish bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi. Aynan vizual kommunikatsiya bunday holatda qo‘l keladi. Yangi – vizual tafakkur san’atning ko‘plab turlariga samarali ta’sir etishi amalda o‘zini ko‘rsatdi.
Hozir madaniyat o‘ziga xos “vizual uyg‘onish” davrini boshidan kechirmoqda deb aytish mumkin. Kino va televideniye inson tasavvuri va bilimlari doirasini muqarrar tarzda kengaytiradi. Bu o‘z navbatida tasvirlarni vizual ifodada ko‘rish imkoniyatini oshiradi. Dizaynning asosiy vazifasi atrof-muhit va fazodagi mavjud tasvir va ifodalarni xaos ko‘rinishdan muayyan tartibga keltirib borishdan iborat. Grafika dizayni ana shunday xayrli ish bilan shug‘ullanadi. Etiket, firma uslubi kabi maxsus belgi, ramzlar ifoda etilishi vizual grafik matn deyiladi. Vizual matnning alohida loyihalash ob’ekti sifatida shakllanishi amaliy, grafika va amaliy dizayn bilan bog‘liq.
Har qanday kommunikatsiya til vositasida amalga oshiriladi. Demak, dizaynerning kasb mahorati uning “vizual til”ni qay darajada egallashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu tarzda grafika dizaynining ikki asosiy vazifasi belgilanadi: vizual kommunikatsiyalarni loyihalash va vizual tilning o‘zini loyihalashtirish. Haqiqiy dizayner grafik, har qanday konkret vaziyatda vizual vositalar orqali asosiy maqsadga erisha oladigan usta kishi hisoblanadi.
Mexmonxonalarda me’moriy muhit shakllanishida ranglarning roli. Gul barcha zamonlarda madaniyatning o‘ziga xos ifodachisi sifatida e’zozlab kelingan. Ayni paytda, gullar turli holat va vaziyatlarda turlicha ramziy ma’nolarni ifoda etgan. Shuning uchun grafika dizaynida gullardan forma hosil qiluvchi vosita sifatida foydalanishda uning funksional tarixiga tayanib ish ko‘rmoq maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga ko‘ra “gullar tili”ni bilish dizaynda maxsus tizim sifatida qaraladi.
Gul tilining belgilari – bir nechta gullarning hamohang majmui (polixromiya), bir yoki bir qancha gulni o‘zgartirish, gullar muhiti demakdir. Dizaynda muhit masalasining ahamiyati osha borishi bilan bu tizimga “gullar matni, gullar garmoniyasi” kabi tushunchalarni olib kirdi. Hozirgi zamon grafika dizaynida poliromiyaning vujudga kelishi ulkan yutuqlardan biri hisoblanadi va u shakl yasashning asosiy yetakchi vositasi bo‘lib qoldi.
Supergrafika – atamasi amerikalik arxitektor Ch.Mur tomonidan kiritilgan bo‘lib, muhitni rang-barang shakl va timsollarda faol tarzda boyitish demakdir. Supergrafika o‘ziga xosligi rang shakli bilan ob’ekt tuzilishi o‘rtasidagi nisbatga qarab ish tutishdan iborat. 1970 yil boshlarida supergrafika vizual muhitni konstruksiyalashnnig asosiy usuli sifatida Rossiyaning bir qator shaharlarida keng ko‘lamda qo‘llanildi. Supergrafika bir tomondan “De stil” guruhining qat’iy geometrik chizma yo‘nalishi vakillari: (K.Malevich, L.Taut, Ya.Chernixov) va ikkinchi tomondan, puantilist va futuristlar tomonidan: (A.Gaudi, V.Kandinskiy, P.Klee, G.Arp va hokazolar) joriy etilgan rasm-rang tasvirlari tufayli vujudga keldi.
Fotodizayn–inson yashash muhitini fotomateriallar, foto mahsulotlar bilan bezash, jihozlash demakdir. Fotografiya nisbati yoki san’at turi bo‘lib, bir kishi tomonidan va dabdurustdan yuzaga kelgan emas. Fotografiya san’atining imkoniyat darajasi va qamrovi katta. Uning yordamida reklama qilinayotgan tovar mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ya’ni jamoat-chilik e’tiborini jalb qilish muammoli masala emas. Afisha va e’lonlarni joylarda yopishtirib qo‘yish yo‘li bilan reklama qilish XVIII asrda Londonda joriy etildi. Bugungi kunda yetakchi hisoblanayotgan bir qator reklama beruvchi kompaniyalar: Proster Cumble, Colgate va Palmolive kabilar XIX asrning oxirlarida vujudga kelgan edi.
Kollaj (fransuzcha collag – harf yopishtirish) mahsulot asosiga harf yopishtirish san’atidir. Kollaj kubistlar, futurist va dadaistlar tomonidan kiritilgan edi. Bugungi kunda “kollaj” atamasi san’atda alohida janr sifatida nomlanadi. Kino rejissyori Sergey Para9djonov uni o‘z faoliyatida keng qo‘lladi. She’riyatda rok muzika janrlarida qo‘llangani-ni Yegor Letov ijodi orqali bilamiz. Mashhur rassomlar Maks Ernet, Djon Hartfild, Rossiyada Rodchenko, Temengater kabilar kollajdan unumli foydalandilar. Anatoliy Brusilovskiy birinchi bo‘lib rus tilida qo‘lladi (1962). Kollaj illyuziya yaratish xususiyatiga ega. 2007 yilda moskvalik musavvir olim I.Kamenev tomonidan san’atda yangi janr sifatida “Fotoart” yo‘nalishiga asos solindi.
Fotosan’at olamida muhim janrdir. U texnik jihatdan ikki usul bilan amalga oshiriladi – asosiy instrumentlar (niqob, ekranga chizish va hokazo) hamda tayyor rasmlarni yopishtirish orqali. Ana shu texnik jarayon ham kollaj deb ataladi.
Grafik redaktor Adobe Photoshop – kollaj kartinalar yaratishda juda samarali vositalarga ega. Fotopanno uchun aynan fotografiyalar shart emas. Uni zamonaviy texnologiyalar asosida har qanday material: mato, oyna, shisha, keramikalar yuzasida ham ifoda etsa bo‘ladi.
Fotokollaj bir qancha fototasvirlarning erkin tarzda aralashib ketgan holatidir. Mozaika ..... tasvirlari fotokollaj ko‘rinishlaridir. Uning ko‘zga ko‘ringan namoyandalariga: D.Kartfild, R.Xausmann, X.Xox, M.Ernst, L.Moxoynad, A.Rodchenko, V.Stepanova, E.Lisitskiy, Yu.Rojkov, G.Klutsis va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |