3. Mehmonxona intereri va landshaftida stil tushunchasi
Parodigma (yunoncha-“o‘rnak, namuna” demakdir) muayyan davrdagi fan va madaniyat sohasida yetakchi ta’limot va tushunchalar majmui bo‘lib, unda shaxsiy faoliyatning o‘rni va roli demakdir. Parodigma tushunchasi tarixiydir. O‘tgan asrdagi dizaynerlik amaliyoti rivojlanishini uch bosqichga ajratish mumkin.
1 – “Dizayn – fan ijodi sifatida”.
Loyiha parodigmasi: muhitning ichiga turli qismlar solingan quti deb tushunadigan nyutonian (Isaak Nyuton) yoki bekonian (Frensis Bekon) ob’ektlari yoki ularning komplekslarini loyihalash.
2 – “Ashyo-buyum muhitining dizayni”.
Loyiha parodigmasi: Ashyo-buyum muhiti dizaynining loyihasi muhitdagi alohida muhim qismlarning o‘zaro muhim aloqalaridan iborat deb tushunadigan kartezian (Rene Dekart yoki Karteziy) ta’limotiga tayanadi.
3 – “Axborot muhitidagi dizayn”
Loyiha parodigmasi: Informatsion ob’ektlarni loyihalashda an’ana-viy uslublardan voz kechmagan holda ko‘proq virtual muhitga e’tibor qaratadi.
Dizaynda ashyo-narsalar – inson tomonidan foydalanishga moslangan yoki shu yo‘nalishda yaralgan narsa-buyumlar bo‘lib, ular madaniyat va sivilizatsiyaga xizmat qiladi. Dizaynda narsa turmush tarzi, uslubi va rivojlanish darajasini belgilaydi.
Parodigmalar almashinuvi fanda stil tafakkuri, san’atda uslubni vujudga keltiradi. Stil – san’at shakli va g‘oyasini ifoda etish uchun tarixiy shakllangan badiiy ifoda ko‘rinishidir.
Aynan shu tushuncha orqali arxitektura va san’at rivojlanishining yirik etaplari aniqlanadi: yangi texnologiyalar, bir paytlar ko‘plab dizayner-arxitektorlarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, bugun ular qudratli ilhom stili bo‘lib hisoblanmaydi. Bugungi kunda dizaynerlar Antik, roman, gotik, renessans, barokko, rokoko, klassitsizm, romantizm, ampir va boshqalar.
Stil – fazoning tashkil etilishi, uni ifodalovchi turli xil badiiy obrazlarni aniqlash uchun mavjud badiiy priyomlar majmuidir. Dizaynda stil belgili-simvolik tizim bo‘lib, inson tomonidan uni o‘rab olgan muhitning ideal tomonlarini aniqlashda ishlatiladi. Bu tizim shakl hosil qilishning badiiy tipidir.
XXI asrga kelib, tarixiy stillar faqat ilhom manbaigina bo‘lib, qolmasdan, zamonaviy vizual madaniyatni vujudga keltirishda ham xizmat qilmoqda. Biz yolg‘iz stil orqali butun davrning mohiyatini ifoda etish zamonidan ancha ilgarilab ketdik.
Qadimgi Misr. Misr stili san’atning jahon tarixidagi ilk stilidir. Bu davlat tarixi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Eramizga qadar 5-4 ming yilliklar – dinastiyaga qadar bo‘lgan davr;
27-23 asrlar – eramizga qadar – qadimiy podsholiklar;
Eramizga qadar 21-23 asrlar – o‘rta podsholiklar;
Eramizga qadar 16-11 asrlar – yangi podsholik davri;
Eramizga qadar – 11-4 asrlar – so‘nggi davr.
Misr arxitekturasining badiiy obrazliligi diniy mafkura bilan ta’qiqlanadi. Tabiat boshlang‘ich manba sifatida: yer, suv, o‘simlik, havo, osmon. Shakl va gullarga taqlid tasviriy vositalarning realligi illyuziyani haqiqatga yaqinlashtiradi va muhitni aniqroq ifoda etadi.
Qadimgi Misrliklar qurilishda karkas tizimining asoschilari hisoblanadi. Ustunlarning 3 ta turi asosiy elementlar sifatida foyda-lanildi: ular Palma, papirus, lotos ko‘rinishdagi ustunlar edi. Binolar-ning tomini yopishda “balka” tizimi ishlatildi. Devorlar usti qamishlar bilan mustahkamlandi. Past releflar keng tarqalgan edi. Imoratlarning ichi to‘liq gilamlar bilan to‘shalardi. Tasviriy vositalar iyerogliflar orqali ifodalanar edi. Dekorativ va ornament san’atining asosiy mavzulari: lotos, papirus, palma, lavani daraxtlar shakllari, tok barglari, qushlar, baliqlar va hayvonlar edi.
Ornamentning barcha detallari qadimiy mistik g‘oya bilan to‘lg‘azilgan edi. Kontrast ko‘rinishlar geometrik chizma ornamentlarda ifoda etilardi. Stilning bosh xususiyati uning vazifasida ifoda etilar edi. Misrliklar turmush go‘zalligini bezak buyumlarda emas, balkim, estetik garmoniyada to‘g‘ri tashkil qilishda deb tushunardi. Qadimgi Misrliklar madaniyatining o‘ziga xosligi yana ularning chuqur ramziyligida ifoda etilar edi.
Qadimiy Misrliklar ichki va tashqi muhitni differensiyalashda va ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni aniqlashda ilk qadam qo‘ydilar. Alohida muhitning yagona badiiy tizim yaratishgacha bo‘lgan qonuniy yo‘l bosib o‘tildi. Shakllar xususiyatini ochishda ranglar va borliqning roli aniqlandi. Haykaltaroshlik va rasm san’atlarining arxitektura bilan birikish formalari aniqlandi.
Antik davr. Qadimgi gresiya va rim
Antik davr – qadimgi Grek va Rim san’atining Uyg‘onish davri bosqichidir. U Bolqon yarim orolidagi Egey arxipelagi va kichik Osiyoning janubiy sohillarida vujudga keldi. Qadimgi Gresiya madaniyati quyidagi bosqichlardan iborat:
5- eramizgacha XX-XIII asrlar – Krito Miken;
- eramizgacha XII-VIII asrlar – Gomeo;
- eramizgacha VIII-VI asrlar – Arxaik;
- V-IV eragacha – Klassik;
- eragacha III-I asrlar – Ellinistik;
- eragacha 146 yildan boshlab Gresiya Rim provinsiyasiga aylandi.
Qadimgi Gresiya qurilish madaniyati va dizaynini bezaklarning oddiyligi, kompozitsiyalarning real va haqqoniyligi, umumiy shakl va barcha qismlar proporsionalligi, arxitektura estetik qarashlar uyg‘unligi kabi xususiyatlar ajratib turadi. Bu yerda Order deb atalgan badiiy qurilish tizimi ishlab chiqildi. Qadimgi Grek me’morchiligi ana shu yo‘nalish (order)ning ikki shaklida rivojlandi: ular Dori va Ioni orderlari deb nomlanardi. Keyinchalik yana bir shakli Korinf order usuli deb ataldi.
Ellinizm davrida bu madaniy qurilish shakli O‘rtayer va Qora dengiz sohillaridan Yaqin va o‘rta sharq davlatlari (Hindistongacha) hududlarigacha keng tarqaldi, ya’ni, bu yerlarda mahalliy Ellinistika san’ati maktablari paydo bo‘ldi. Gresiya mustaqillikni yo‘qotgach, Rim provinsiyalaridan biriga aylandi. Ammo order namunasi bo‘lib qolaverdi. O‘sha davrdagi Rimning mashhur shori Goratsiy bu haqda: “Asir bo‘lgan Gresiya qadimiy bosqinchilarni o‘z asiriga aylantirdi”.
Shunday qilib, qadimgi grek va ellinistik madaniyati an’analari Qadimgi Rim madaniyati tarkibida rivojlana bordi. Qadimgi Rim san’ati rivojlanishini quyidagi uch davrga bo‘lib o‘rganadilar.
- eramizgacha bo‘lgan VIII-VI asrlar – podshohlar davri;
- eramizning I-V asrlari – Imperiya davri;
- eramizning 410 yilligigacha–Vestgotlar zarbalari ostida Rim imperiyasining qulash davri. Agar qadimgi grek xramlash davri. Agar qadimgi grek xramlari olimpda yashayotgan yer Xudosi uchun qurilgan bo‘lsa, ulug‘vor Rim qurilmalari ularni Yevropa bo‘ylab tarqatdi. Rimliklar order tizimini rivojlantirib uning toskan va kompozitiv kabi yangi shakllarini yaratdi. Kesson potoloklari, Rim arkasi, kollektorlar, akvaduklar hamda qurilishda sementdan foydalanish kabi yangiliklar Rim me’morchilik maktabidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |