Mehmonxonalar jozibaligini oshirishda zamonaviy dizaynuslublari
XX asr boshlarida funksionalizm-dizaynning asosiy prinsiplari shakllandi. Ularning mohiyati predmetining bir holatdan ikkinchi holatga aylantirishdan iborat edi. Ana shu jarayondagi nafosat go‘zallik yaratish dizaynning yetakchi funksiyasidir.
Funksionalizm – arxitektura yo‘nalishi bo‘lib, binolarning tashqi qiyofasi uning ichida kechayotgan voqe’liklarga mos kelishi, to‘g‘rirog‘i shakl va mohiyat muvofiqligi haqida bo‘lib, Germaniyada (Bauxauz maktabida), Niderlandiyada (P.Aud)lar tomonidan Rossiyadagi konstruktivizm yo‘nali-shida vujudga keldi. Uning tashkilotchisi va asoschisi nemis arxitektori Valter Gropius (1883-1969) bo‘ldi.
Ark loyihalarining amaliy talablarga mos kelishi to‘g‘risidagi masala hali XIX asr oxirlarida amerikalik L.Salliven tomonidan maydonga tashlangan edi.
Funksionalizmni turlicha talqin qiluvchi arxitektorlar bo‘lib, ular orasidagi mashhur bo‘lib ketganlar utilitarist Bruno Taut, ratsionalist L.Miss Vander Rae, L.Korbyuze kabilar bo‘ldi.
KONSTRUKTIVIZM – XX asrning 20 yillarida Rossiyada paydo bo‘ldi. Konstruktivizm bino va inshootlar qurilishida zamonaviy mexnika vositalaridan unumli foydalanish zarurligining tarafdori bo‘lib maydonga chiqdi.
Konstruktivizm asoschilari, ya’ni ushbu prinsip g‘oyalari aka-uka Vesninlar, M.Ya Ginsburg (1892-1946), I.I.Leonidov (1902-1959), K.S.Melnikov (1880-1971) va boshqalar hisoblanadi.
NEOPLASTITSIZM–(mantiqiy abstraksionizm). Ekspressionizmga qarama-qarshi abstrakt garmoniyaga intiluvchi bu estetik yo‘nalish Gollandiyada “De stil” guruhi tomonidan yaratildi. Ular: Teo van Dusberg, Pit Mondrian (1872-1944), skultor Georg Vantongerloo, shoir Koka, arxitektorlar Ya.Aud (1890-1963), GerritRiteld (1888-1964) va boshqalardir. Bu yo‘nalish quyidagi tamoyillarga tayanardi:
-plastik ifodaning dastlabki talabi (vositasi) silliq ko‘rinishidir;
-me’morchilikda bo‘sh muhitning rang-tusi bo‘lmaydi, ranglar-ashyo buyumlardir;
-rangi va hajmi bilan turlicha bo‘lgan plastik buyumlar ekvivalent qiymatni tashkil qilish lozim;
-plastik vositalardagi qarama-qarshilik dualizm endi kompozitsiya uchun ishlatilishi mumkinDe Stayl uslubiga toza rang, geometrik figuralar va kamgina dekor xos. Steylchilar rangbarang o‘ta oddiy predmedlar o‘rtasida hamohanglik izladilar, ular vositasida turli geom7etrik figuralar yasadilar.
De Staylning asosiy vakillari: Teovan Dusburg (1883-1931), Yakob Yoxan Giltu Aud (1890-1963), va boshqalar bo‘lib, ular yo‘nalishiga konstraktivizm va futurizm xos edi.
Fovizm – (fransuzcha les faures – yovvoyi hayvonlar) XX asr boshlaridagi musavvirlik (rang-tasvir) san’atidagi yo‘nalishidir. Yo‘nalish (uslub) asoschilari fransiyalik yosh rassomlar: (A.Matiss, A.Deren, M.Vlamnik, A.Marke, E.O.Friyez, J.Brak, A.Sh.Manten, Kvan Dongen va boshqalar) 1905-07 yillarda tashkil etilgan rasmlar vstavkalarida ko‘plab yovvoyi hayvonlar ifodalangan suratlar bilan ishtirok etadilar. Yo‘nalish nomi ham ana shundan kelib chiqqan.
Kubizm – XX asrning birinchi choragida Fransiyada paydo bo‘lgan san’at yo‘nalishidir. Narsa buyumlarni qanday shaklda ekanligiga qarab emas, ularning mazmun mohiyatiga qarab chizmani tavsiya etadilar.
Chex uslubi – kubizmning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, asosiy motiv-lari kristall, prizmalarda va ko‘pburchakli shakllar yasashga qaratilar edi.
Dadaizm - yo‘nalish asoschisi fransiyalik rassom va shoir kelib chiqishi Ruminiyadan bo‘lgan Tristan Tsara (1896-1963) bu oqim haqida shunday deydi: “Dada”, Afrika qabilalaridan birining tiliga xos bo‘lib, muqaddas sigirning dumi deganidir.
Bu oqim 1-jahon urushi yillarida Shveysariyaga qochib o‘tgan qochoqlar tomonidan 1916 yilda Syurixda tashkil topdi. Uning tashkilotchilari sifatida Tsaradan tashqari Nemis imigrant yozuvchilari: Xugo Ball, Rihard Xyuzenberg; rassom, haykaltarosh va shoir Xans Arn (1886-1966) Shvesariyalik musavvir ayol Sofi Taubarg (1889-1943) lar ham kiradi.
Syurrealizm-Dadaizm asosida shakllangan yo‘nalish bo‘lib, uning asoschilari Z.Freyda va shoir Andre Breton hisoblanadilar. Ularning hisoblashi, talablari bo‘yicha kishi ongi badiiy obrazlarda, surat va haykallarda senzuradan holi tarzda ifodalanishi lozim. Salvador Dali i Marsel Dyushchi asarlari orqali Syurrealizm asta-sekin grafika-dizayni va reklamaga kirib keladi.
Ar Deko – G‘arbiy Yevropa va AQShda ikkala jahon urushi oralig‘ida tashkil topgan eng ta’sirchan va jozibali uslublardan biridir. Bu uslub 1925 yilda Parijda o‘tkazilgan ko‘rgazmadan keyin ayniqsa rivojlandi.
1960 yillarga qadar “Ar Deko” termini Fransiyada Retro, Amerikada “Djaz Modern” yoki “Strimlayn-modern” deb atalgan. “Ar Deko” atamasini Xitlari Chelson “Tayms” gazetasida 1966 yilda chop etilgan. “Ar Deko” nomli maqolasi bilan joriy etdi.
Ar Deko o‘rta tabaqa aholining ijtimoiy ahvolini ifodalab, faqat arxitektura va dizayndagina emas, shuningdek rang tasvir, grafika transport, kiyinish va musiqaga ham xos bo‘lib, hatto avtomobil ko‘rinishlarini ham namoyon qilardi. Ar Deko tasvirlarida fantastik mavjudotlar, tovus va ajdarlar ifodasi ham mavjud bo‘lardi.
Dekorator Jan Emil Ryulmax (1879-1933), Fransiyalik rassom arxitektor Robert Stiven (1886-1945), Arxitektor Uilyam Van Aden (1882-1954) va boshqalar Ar Deko usulida ajoyib arxitektura asarlari yaratdilar.
Ratsionalizm – XX asr o‘rtalarida arxitektura va dizayn yo‘nalishida Italiyada vujudga kelgan oqimdir. Loyihada yangi shakl va materiallar kiritish tarafdori. Yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari Juzeppe Terrani (1904-1943), Luidji Fidjini (1903-1984), Alberto Libera (1905-1963) edilar. Aynan ratsializm davrida katta-katta panorama oynalari ishlatila boshlandi.
Organik dizayn – organik arxitektura konsepsiyasi asosida shakllangan bo‘lib uning asosiy tamoyillari:
- arxitektura ob’ektlarining individualligi (dala hovli, villa va hokazo);
- urbanik industrial metodlardan voz kechish;
- qurilish materiallarning tabiiyligi;
- yagona tabiiy muhit yaratish;
- tashqi muhit (tabiat) bilan aloqadorlik va hokazo.
Organik dizayn o‘z rivojlanishida 2 bosqichni boshidan kechirdi. Birinchi bosqich Frenk Lloyd Rayt (1867-1959 va Charlz Renni Makintosh (1868-1928) ijodi bilan bog‘liq. Uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridan yanabiri – intererga tabiiy va sun’iy materiallar kiritish edi. Bu yo‘nalishning Finlyandiyadagi asoschilaridan biri Alvar Aalto (1898-1970) bo‘lib, uning uslubini Charlz va Rey Imelar davom ettirdilar.
Organik dizaynning ikkinchi bosqichi XX asrning 90 yillarda paydo bo‘ldi. Bu eng yangi original texnologiyalar vujudga kelgan zamon bilan bog‘liq bo‘ldi. Yangi yo‘nalishning XXI asrdagi davomchilaridan biri Rose Lavgruv (1958 yilda tug‘ilgan) o‘z uslubini “organik essesializm” deb “Gou” kreslosi Lavgruv mahsulotidir.
Op-art – 1958 yilda AQSH, keyinroq 1960 yillarda Yevropada paydo bo‘ldi. Unga kosmik optik illyuziyalarga asoslanib loyihalar yasashdir. Ba’zan Viktor Vazarelining 1938 yilda yasagan “Zebra” asarini Op artning birinchi mahsuloti deya muallifni yo‘nalish asoschisi hisoblaydilar. Uslubni davom ettirganlar qatoriga: Richard Anushkevich (1930 yilda tug‘ilgan), Lari Puis (1937 yilda tug‘ilgan), Bridjit Raydi (1931 yilda tug‘ilgan) kiradilar.
Pop-art (popular art – ommaviy madaniyat). Angliyada yuzaga kelgan bo‘lsada, uning xritomatik asarlari AQShda yaraldi, 1960 yillarning tipik uslubi edi. Pop-art terminini birinchi bo‘lib, 1958 yilda Lourens Ellouey qo‘lladi. Mazkur uslubni davom ettirganlar: Richard Gammelton, Eduard Paolotssi, Djasper Djons, Endi Uoxol va boshqalar (AQSH) bo‘ldilar.
Metabolizm – 1960-1970 yillarda Yaponiyada vujudga kelgan arxitektura yo‘nalishidir (fransuzcha metaboliste, grekcha metabole-peremena, prevrasheniye, o‘zgarish, aylanish, almashish ma’nolarini anglatadi.
Uslub arxitektura va shahar qurilishi tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarining hamohang bo‘lish g‘oyalarini olg‘a surdi. Metabolist arxitektorlar uyni ham, shaharni ham go‘yo tirik organizm sifatida qarab, misli inson tanasidek eskirgan, yaroqsiz a’zolarni ta’mirlash, yangilash g‘oyalarini ta’kidlab aytadilar. Bu uslub vakillari: Kenzo Tange (1913-2005), Kisyo Kurakava (1934-2007), Kionori Kikutaki (1928 yilda tug‘ilgan) va boshqalar hisoblanadi.
Minimalizm – XX asrning 60 yillarida paydo bo‘ldi. Robert Morri (1932 yil) Den Flavillarining skulptura ishlarini (belgilash) baholash asnosida vujudga keldi. Arxitekturada minimalizm tasviriy vositalar-ning kamligi (minimum) ayni paytda ularning ifoda qamrovi kengligi harakterlidir. Minimalizm yirik namoyandalari sifatida Jon Pauson (1949 yil), Padao Aido (1941 yil), Klaudio Silvestrin (1943 yil) va boshqalar tan olinadi.
Postindustrializm – texnologik ashyo-buyumlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq tarzda Buyuk Britaniyada paydo bo‘ldi. Bu dizayn yalpi mahsulotlar ishlab chiqarishdan voz kechib, faqat buyurtma, ehtiyotlar asosida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga olib keldi.
Bu yo‘nalishdagi dastlabki dizaynerlar Ron Arad (1951 yilda tug‘ilgan), Tom dikson (1959 yilda tug‘ilgan)lardir.
Regionalizm – bu yo‘nalish zamonaviylik, ayni paytda, milliylikka e’tibor qaratdi. Regionalizm Lotin Amerika mamlakatlari: Braziliya, meksika, Venesuela tarqaldi.
Hi-tech: Xay-tek (inglizcha high technology – visokiye texnologii) bu davr texnokratiyasi ifodasi sifatida 1970 yillar boshlarida shakllandi. Postmodernizm bilan yaqin aloqada bo‘ldi. Xay-tek arxitektura va fan yangiliklarini sintez qildi, texnik yangiliklar asosiy rol o‘ynaydi. Industrial xay-tek yo‘nalishida sermahsul ishlagan arxitektor-dizayner-larning yetakchi vakillari safiga: Richard Rodjers, Renzo Piano, ser Norman Foster (1935 yilda tug‘ilgan), Maykl Xopkins (1955 yilda tug‘ilgan), Pol Key (1949), Djozef Pol dUreo (1943) va boshqalarni kiritish mumkin.
Geometrik xay-tek. Bu yo‘nalish uchun bino va inshootlar karkas-larini eng so‘nggi zamonaviy materiallar bilash bezash harakterlidir. Turlicha geometrik figuralar qo‘llanilishi avj oldi. Ayna shuning uchun ham bino-larning yangi geometriyasi degan tushuncha shakllandi.
Bionik xay-tekda tirik tabiat qo‘llash yo‘lga qo‘yilgani uchun ham binonik xay-tek degan nom oldi. Bionik yo‘nalish nafaqat me’moriy, ayni paytda, inson turmushi bilan dizayni bilan bog‘liq bo‘lgan texnik masalalarni ham boshiga yechishga intildi.
Postmodernizm yoki postavangard – (lotincha post-avangardizm) g‘oya-lari bilan bog‘liq bo‘lgani holda badiiy san’atdagi turli tendensiyalardan birgalikda foydalanishni tavsiya qildi. Ratsionalizmni inkor qilib, tabiatning noyob go‘zal manzaralarini eng so‘nggi qurilish texnologiyalari asosida foydalanishg postmodernizm g‘oyasi edi. Postmodernizm 1970 yillar boshida aniqrog‘i (1973 yil 15 iyunda) Amerikaning Sent-Luis shahridagi qurilishlar zamirida yuzaga keldi. Ular ulkan qurilishlar bo‘lsada, zamon talablariga javob bermas edi. Postmodernizmga xos bo‘lgan asosiy dizayn elementlari–eklektizm edi. Uning asosida joziba, sho‘x, o‘ynoqi, yumoristik, ironiya elementlari bo‘ladi.
Kontekstualizm - postmodernizmning yevropacha yo‘nalishi bo‘lib, yangi qurilishlarda qadimiy shahar qurilishi an’analarini qayta tiklash tarafdori bo‘lib, yuzaga chiqdi.
Bu oqimning yirik namoyandalari: Dj.Sterling (1926-1992), Charlz Mur, Filipp Djons (1906), Aldo Rossi (1931-1997), Xans Xollyayn, Mario Botta (1943). “Memfis” uslubi – 1980 yillarda sanoat mahsulotlari mebellar dizayni bilan shug‘ullanuvchi jamoalarning birining nomlanishidir. Ular 1970 yillarda Italiya dizaynerlari – Ettore Sottsas (1917) va Mikele de Lyuchchi (1945)lar boshlagan radikal dizayn uslubiga tayanib, eksperimental yondoshuv tarafdorlari edilar. Memfischilar qisqa davr ichida postmoder-nizmning jahon miqyosida tarqalishiga sababchi bo‘ldilar. Yo‘nalish vakil-lari: Matteo Tun (1952), Barbara Reydis (1943), Marti bedine (1957) va boshqalardir.
Dekonstruktivizm – arxitektura va dizaynning nisbatan modernga yaqin yo‘nalish bo‘lib, 1980 yilda paydo bo‘ldi. Bu oqimga o‘ziga xos konstrast – liniyalardagi uzilish, to‘qnashuv kabi mantiqqa zid holatlarda tartib o‘rganish g‘oyasi mavjud. Konsepsiyaning asoschisi fransuz faylasufi Jak Derrida hisoblanadi. Dekonstruktivizm arxitek8tura to‘g‘risidagi tarixiy an’anaviy tushunchani barbod qilib, “siniqlardan silliq” ko‘rinishlar yasaydi.
Asosiy vakillari: Frenk Ouen Geri (1929), Zaka Kadid (1959), Piter Eyzenman (1932), Bernar Chumi (1944), Ketrin Mak Koy (1945) va boshqaruv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |