2. Mehmonxona rivojlanishida landshaft tushunchasi Mehmonxona intereri va



Download 79,9 Kb.
bet2/9
Sana14.07.2022
Hajmi79,9 Kb.
#796645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KUDRATILLOYEV JAVOHIR

Kurs ishining maqsadi – Men o`z kurs ishimda dizayn haqida umumiy
tushuncha berishni va zamonaviy obyektlarga xususan mehmonxona xo’jaligi 
dizayniga qo’yiladigan talablarni va asosiy qoidalarni o`rganishni o`z oldimgamaqsad qilib qo`yaman.
Kurs ishining vazifasi – Dizayn haqida nazariy va amaliy bilimimni rivojlantirish.

  1. Mehmonxonada dizayn ahamiyati

“Dizayn” so‘zining ifodasi italyancha “disego” ya’ni dastlab Renessans asridan loyiha, chizma, tasvirlar va ish jarayonidagi g‘oyalar haqidagi tushunchalarni ifodalovchi so‘zdan yuzaga keldi. Keyinchalik XVI asrda Angliyada “design” tushunchasi yuzaga kelib, g‘oya, chizma, bezak va shuningdek loyihalash va konstruksiyalash kabilarni ifoda eta boshladi. Dizaynning torroq ma’nodagi ya’ni kasbiy tushunchasi yuqori iste’mol va estetik sifatga ega sanoat mahsulotlarini yaratish, inson uchun komfortli hayot muhitini – ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish, buyum va jihozlar muhitini tashkillashtirish bo‘yicha badiiy loyihalash faoliyatidir.
Disegno – Italiyada renesans davrida loyiha va rasmlarni, umuman g‘oyalar zamirida yotgan tasavvur shunday deb atalgan. XVI asrga kelib, Angliyada design so‘zi “g‘oya, chizgi, naqsh” yoki umuman loyihalash, konstruksiyalash ma’nolarida ishlatila boshlandi. Dizayn kasb sifatida 100 yildan ko‘proq mavjud. Bu hisob XIX asr oxirlarida Uilyam Morris rahbarligidagi “San’at va kasb-hunar (hamkorligi, aloqadorligi uchun harakati boshlangan davrdan boshlanadi.)” Aynan ana shu davrda dizaynning asosiy nazariyasi qoida va rivojlanish tamoyillari ishlab chiqildi.
Dizan ob’ekti sifatidahar qanday narsa buyumni qo‘llash mumkin. Narsa-buyumlardagi umumiyki, ular mavjud bo‘lgan muhit yoki har qanaqa ma’lumot (agar, ular inson hayotiga aloqador bo‘lsa). Ayni paytda ularning insonga aloqadorligi an’anaviy vositalar bilan aniqlanmaydi.
Dizayn maqsadi – insonni o‘rab olgan muhitni insoniylashtirish, ya’ni uning manfaatlariga o‘sha davr axloqiy va estetik me’yorlar asosida moslashtirish.
Dizayn uslublari – ko‘p jihatdan arxitektura uslublariga o‘xshab ketsa-da, ularning o‘ziga xos bo‘lgan evristik tomonlari mavjud. Ular dizayn uslublarining ko‘proq badiiy estetik va ilmiy-fantastik jihatlarida namoyon bo‘ladi.
Dizayner yoki uning buyurtmachisi (adresat sifatida har kim ham ishtirok etishi mumkin). Shuning uchun dizayn ijrosida faqat ergonometrik masalalargina emas, shuning bilan birga, ijtimoiy, madaniy masalalar, buyurtmachi shaxsning talab va ehtiyojlari u yoki bu dizayn mahsulotiga ishlov berishda e’tiborga olinadi.
Dizayning o‘ziga xosligi – dizayner mahorati, uning tafakkur va tasavvur darajasi bilan belgilanadi. Bu o‘rinda obrazlilik, yangilik, uzviylik kabi jihatlar hal qiluvchi hisoblanadi.
Dizayn bu turmushga yangi ijtimoiy-madaniy g‘oyalar olib kiruvchi, uni nafis, go‘zal muhitga aylantiruvchi yangicha loyihalash amaliyotidir
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‘lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar3. “Mehmonxona intereri va landshafti” fanining maqsadi - asosan mehmonxona intereri 1va landshaftining amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy va milliy dizayni usuli va vositalari, shu jumladan, amaliyot va loyihada qo‘llash malakasini hosil qilish, mehmonxona intereri va landshafti fanini o‘qitishda va ulardan muayyan mutaxasislik sohalarida foydalanish haqida ma’lumot berishdan iborat.
Mazkur fanning vazifasi mehmonxonalarda arxitekturaviy landshaft va interer loyihalari usul va vositalaridan foydalanuvchi darajasida o‘rgatishdan iborat. O‘quv jarayonini tashqil etishda, mashg‘ulotlar nazariy bilimlardan amaliy foydalanishni taklif etiladi. Amaliy loyihalash mashg‘ulotlarning o‘tkazishda yo‘nalish va kasbning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun asosiy e’tibor amaliy ko‘nikmalarni shakllantirshga qaratilishi lozim. Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek, vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi.
Samarqandning zamonaviy mehmonxona binolari arxitekturasini bugungi kunda shaharda yangi qurilgan va qurilayotgan mehmonxonalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular turizm sohasi arxitekturasini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Samarqand shahri arxitekturasining taraqqiyoti va istiqboldagi kelajagi uchun bu sohadagi bugungacha bajarilgan ishlar ilmiy tahlil qilinishi, umumlashtirilishi va tegishli xulosalar chiqarilishi kerak. Me’morlarimizning ijodiy ishlari ko‘lamini ko‘zdan kechirsak, so‘nggi o‘n yil ichida Samarqand shahri arxitekturasining kelgusidagi ulkan taraqqiyotini his etish mumkin. Bu o‘rinda arxitekturaning g‘oyaviy tomonlari, milliylik va zamonaviylikning birlashgan holda olib borilayotganligini ta’kidlashimiz lozim.
Samarqand shahri Mustaqillik yillari arxitekturasining o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri bu milliy va umummilliy arxitektura rivoji tamoyillarini hisobga olgan holda hayotga tadbiq etishdir. Samarqandning zamonaviy mehmonxona binolari arxitekturasini bugungi kunda shaharda yangi qurilgan va q2urilayotgan mehmonxonalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular turizm sohasi arxitekturasini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda, chunki ularning aksariyati bosh fasadi bilan ko‘cha tarafga chiqarilib,
ko‘p hollarda ikki qavatli qilib qurilgan.
Bunday mehmonxona binolarining arxitekturasini tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Tamoman milliy me’morchiligimiz an’analari asosida qurilgan mehmonxonalar;

  2. Zamonaviy arxitektura tamoyillari (uslublari) asosida qurilgan mehmonxonalar;

  3. Arxitekturasi aralash uslubda shakllantirilgan mehmonxonalar;

Birinchi guruhga kiruvchi mehmonxonalar arxitekturasiga ko‘proq milliy me’moriy shakllar va bezaklar xos bo‘lib, fasadda asosan koshinburush naqshlar, sirkor mayolika va parchinlar mavjud.
Ikkinchi guruhdagi mehmonxonalarga asosan keng oynavand fasadlar, kirish qismi – “ostona”ning bo‘rttirilishi, kursi, vujud va bino badiiy tugallik qismlarining alohida e’tibor bilan ishlanishi.
Uchinchi guruhdagi mehmonxonalar arxitekturasida yuqoridagi sifatlarning kombinatsiyasini ko‘rish mumkin.
Mehmonxonalarning deyarli 70 % ida yozgi va qishgi dam olish joylari, ya’ni zallar mavjud. Ayrim mehmonxonalarda hatto yozgi qismining maydoni qishgi zaldan bir muncha kattaroqdir. Buni to‘g‘ri hol deb tushunishimiz zarur, chunki aksari issiq kunlarimizning yoz paytida bo‘lib o‘tishi va, odatda, bahor va kuz kunlarida qishdagilarga ko‘ra ko‘proq mehmonlar kelishi kuzatiladi.
Sobiq sho‘ro va Mustaqillik davri jamoat binolarining ostonalarida binoning asosiy kirish qismini alohida me’moriy bo‘rttirish, ya’ni uni bino tarzidan oldinga alohida shakl sifatida chiqarish yoki bino balandligiga qadar ostonani oynaband bo‘rttirish shakllari keng tus olgan. Bularni biz zamonaviy me’morchilikdagi ostona kompozitsiyasining ilg‘or an’analari tarzida e’tirof etmog‘imiz zarur4.
Bugungi kunda bunda mehmonxonalar arxitekturasi, ularning hajmiy o‘lchamlari, me’moriy rejaviy va badiiy echimlari va nihoyat o‘ta qulayligi bilan sobiq ittifoq davrida qurilgan mehmonxonadan keskin farq qiladi. Bu mehmonxonalar odatda, 1-4 qavatli, shinam va qulay hovlili qilib qurilgan. Hovlida va mehmonxona tarkibida mashinalar uchun joy, dolon, omborxona, erto‘la, sauna (hammom), yozgi va qishgi oshxonalar, yashash xonalari, ish kabineti kabi asosiy funksiyaviy qulayliklar mavjud
Quvonchli tomoni shundaki, mustaqillik yillari zamonaviy xususiy mehmonxonalar arxitekturasida xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelgan milliy me’moriy an’analari izchil davom ettirilib kelinmoqda. Ko‘pchilik mehmonxonalar alohida xususiy loyihalar asosida qurilmoqda. Natijada, Mustaqillik yillari mehmonxonalar arxitekturasida o‘ziga xos yangi me’moriy uslub vujudga kelmoqda. Samarqand shahrida qurilgan mehmonxonalar arxitekturasi bunga misoldir.
Samarqand shahrida Mustaqillik yillarida qurilgan xususiy mehmonxonalar balandligi o‘rta xisobda 1-4 qavatni tashkil qiladi. Samarqandning yangi shahar qismi uchun bu juda oz. Ayniqsa shahar markaziy qismi binolarining qavatliligini ko‘tarmoq zarur. Buning uchun esa birinchi navbatda “Kritiy rinok” (Marmar bozor) dan pastdagi markazga yaqin bo‘lgan mustaqillik ko‘chasigacha bo‘lgan hududda kam qavatli eskirgan, yashashga noqulay hovlili uylarga to‘la bo‘lgan hududda yuqori qavatli va yuksak komfortli zamonaviy “Elitniy” turarjoy qurilishini mo‘ljallamoq zarur5.
Mehmonxonalarni yanada kattaroq, yozgi xona-ayvon va peshayvonni qulayroq, oshhonani milliy taomlar tayyorlashga moslab loyihalash, konstruksiyasini zilzilaga chidamli qilish, mehmonxonalar atrofini bog‘-rog‘lar, ko‘kalamzorlar, ariqlar vositasi bilan obodonlashtirish kabi bir qator muammolarni echish me’morlarimiz zimmasidagi eng ma’suliyatli va dolzarb vazifalardan biridir.
Me’morlarimizning ijodiy ishlari ko‘lamini ko‘zdan kechirsak, so‘nggi o‘n yil ichida Samarqand shahri arxitekturasining kelgusidagi ulkan taraqqiyotini his etish mumkin. Bu o‘rinda arxitekturaning g‘oyaviy tomonlari, milliylik va zamonaviylikning birlashgan holda olib borilayotganligini ta’kidlashimiz lozim. Samarqand shahri Mustaqillik yillari arxitekturasining o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri bu milliy va umummilliy arxitektura rivoji tamoyillarini hisobga olgan holda hayotga tadbiq etishdir. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda turizm rivojlanishida mehmonxonalarining milliy va zamonaviy uyg‘unlikda qurilishi bo‘yicha takliflarimizni keltirib o’tamiz:
Samarqand shahrining kelgusi taraqqiyotida mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda shahar markazlarida yuqori qavatli mehmonxonalarni barpo etishni shahar qurilishining bosh rejasiga kiritishni taklif qilamiz Samarqand shahri markaziy ko‘chalarni kengaytirish zarur;
Shahar markazi ko‘chalaridagi masalan O‘zbekiston, Ferdavsiy, Amir Temur ko‘chalarida joylashgan past xovli-joylarning o‘rniga yuqori qavatli bino-inshotlar, mehmonxonalar barpo etilsa maqsadga muvofiq edi.

Download 79,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish