2-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlar tahlili



Download 2,32 Mb.
bet1/11
Sana27.05.2022
Hajmi2,32 Mb.
#610639
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza


2-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlar tahlili (yillar kesimida,oʻqish , matematik va tabiyy-ilmiy savodxonlik kreativ fikrlash asosida).
.


Reja:

  1. Matematik savodxonlikda kognitiv darajalar, kontekstlar, mazmun sohalari, qamrov doirasi, matematik mulohaza yuritish va muammoni hal qilish (modellashtirish) orasidagi bogʻlanish sikli.

  2. Оʻqish savodxonlik yоʻnalishida maʻlumotni topish, tushunish, mulohaza yuritish va baholash kоʻnikmalari, matn turlari, tasnifi shakli.

“Mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻygan hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Аna shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallashi, avvalo, ilm-fan va taʻlimtarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh boʻla olishimiz bilan uzviy bogʻliq...”


Shavkat Mirziyoyev

Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qoʻymoqda. Olamshumul strategic maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning oʻrni beqiyos. Bunday raqobatbardosh kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulugʻvor vazifalar turadi.


1961-yilda ish boshlagan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development – OECD) oʻtgan davr mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli muammolarning yechimini topish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, yangi asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo taʻlimining asosiy boʻgʻini boʻlgan umumiy oʻrta taʻlimni rivojlantirish maqsadida PISA (The Programme for International Student Assessment) – Oʻquvchilarning savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro dastur ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning taʻlim sohasiga murojaat etishining boisi shundaki, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda ulgʻayishidir. Shu maʻnoda OECDdek ulkan tuzilma ham davlatlarning taʻlim tizimiga qancha mablagʻ sarflayotgani va ular nechogʻlik samara berayotgani reytingini tuzishga majbur boʻldi. Keyinchalik bu tadqiqotga boshqa davlatlarning ham qiziqishi ortib, unda qatnasha boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʻnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquvtarbiya jarayoniga taʻlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish1 hamda xalq taʻlimi tizimida taʻlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan taʻlim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Konsepsiya doirasida, oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urgʻu berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumtaʻlim dasturlari va yangi davlat taʻlim standartlarini joriy etish, oʻquvchilarning bilim darajasini, taʻlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.

  • Oʻquvchilarning savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro dastur (The Programme for International Student Assessment –PISA);

  • Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (Progress in International Reading and Literacy Study - PIRLS);

  • Oʻquvchilarning matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish

darajasini baholash dasturi (Trends in International Mathematics and Science Study - TIMSS);
Shuningdek, mazkur tizimda taʻlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni oʻrnatish, oʻquvchi yoshlarning ilmiy- tadqiqot va innovatsion faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida hukumat qaroriga muvofiq2:
Rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida oʻqitish va taʻlim olish muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha
xalqaro baholash dasturlarini (The Teaching and Learning International Survey – TALIS) tashkil etishga kirishildi.
Ushbu maqsad yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʻlim sifatini
baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi (keying
oʻrinlarda Milliy markaz deb yuritiladi) tashkil etildi. Milliy markazga hukumat qarori asosida xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yoʻnalishlaridagi savollar milliy bazasini shakllantirish, xalqaro tadqiqotlar haqida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va adabiyotlar yaratish, iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish kabi bir qator vazifalar yuklatildi.
Mazkur qoʻllanma PISA dasturining tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik yoʻnalishiga oid maʻlumotlar asosida tayyorlangan boʻlib, unda 2000-2015-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlar uchun tayyorlangan va eʻlon qilingan ochiq topshiriqlardan namunalar keltirilgan.
Ushbu maʻlumotlardan umumtaʻlim muassasalarida sinfdan tashqari toʻgarak mashgʻulotlarida oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini oshirish, berilgan topshiriqlarni bajarish orqali ularning ijodiy, mantiqiy, tanqidiy fikrlash va hayotiy muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, bu borada oʻquvchilar bilimidagi boʻshliqlarni aniqlash, shuningdek, 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA tadqiqotiga tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, mazkur qoʻllanmadan oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish, qoʻshimcha oʻquv-uslubiy qoʻllanma va adabiyotlar yaratishda foydalanish mumkin.
Har bir PISA topshirigʻi bir yoki bir nechta savolni oʻz ichiga oladi. Savollar bir yoki bir nechta javob varianti tanlanadigan yoki javobi yoziladigan boʻladi. PISA 2000, PISA 2006 topshiriqlarining murakkablik darajasiga koʻra, baʻzi savollarga berilgan javoblar 1 ball, baʻzilari esa 2 ball ball bilan baholanadi. Baholash mezonlarida javoblarga ball qoʻyilishi, har bir savolning javobi, mazkur savol orqali oʻquvchining qaysi kompetensiyasi baholanishi, topshiriqni bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan.
Taʻkidlash lozimki, PISA dasturining oʻziga xosligi shundaki, u hech bir ishtirokchi mamlakat oʻquv dasturlarini takrorlamaydi, shu sababli PISA topshiriqlarini aynan bitta sinf va bitta mavzuga bogʻlash mushkul: bitta topshiriqning bir savoli qaysidir sinfning qaysidir mavzusiga tegishli boʻlsa, ikkinchi savoli boshqa sinfning qaysidir mavzusiga tegishli yoki koʻp hollarda, integratsiyalashgan boʻlishi mumkin. Shundan kelib chiqib, oʻqituvchilar PISA topshiriqlarining har bir savolini tegishli mavzuga bogʻlashlari tavsiya etiladi. PISA tadqiqotlarining ochiq topshiriqlarini atroflicha oʻrganish, shu topshiriqlarga oʻxshash yoki ularni bajarishga yordam beradigan topshiriqlarni ishlab chiqishga qiziqqan oʻqituvchilar uchun mazkur qoʻllanma munosib manba boʻlib xizmat qiladi. Shuni eʻtiborga olish kerakki, PISA topshiriqlari tajribali xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unga oʻxshash topshiriqlarni tuzish uchun tizimli va maxsus bilim talab etiladi.



Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish