MATNGA KIRISH VA MAʻLUMOTLARNI OLISH
Jadvallar, matn boʻlimlari yoki butun kitoblardan maʻlumotlarni qidirishning oʻzi bir mahoratdir. Axborotni qidirish oʻquvchilarning topshiriq talablarini tushunishi, matn tuzilishi haqidagi bilimi (masalan, sarlavhalar, paragraflar) hamda matnning mavzuga aloqadorligini baholash qobiliyatlariga asoslangan boʻladi.
Garchi baʻzi topshiriqlar matndan aniq bir soʻz yoki jumlalarni topishni talab qilsa-da, koʻp hollarda zarur maʻlumotni topish va undan xulosalar chiqarish orqali oʻqish savodxonligi tekshiriladi.
Tegishli matnni qidirish va tanlash. Tajribali oʻquvchilar faqatgina bitta matnni oʻqiganda emas, balki bir necha matnlarni oʻqiganda ham maʻlumotlarni tanlay olishadi.
Internet muhitidagi maʻlumotlar koʻp hollarda oʻquvchining tahlil qila oladigan miqdoridan koʻra ancha koʻp boʻladi. Bunday bir necha matn bilan ishlash jarayonida oʻquvchi berilgan matnning qaysi biri eng ishonchli, aniq, mavzuga mos keladigan va muhim ekanligi yuzasidan qaror qabul qilishi zarur. Oʻquvchining matn sifatini baholash boʻyicha ushbu qarorlari baʻzan qisman, baʻzan xuddi internet havolalarda berilgan maʻlumotlar kabi tushunish qiyin boʻlgan maʻnolar yordamida qabul qilinadi, shuning uchun ham oʻquvchining matnlar toʻplamidan zarur matn qismini topish va tanlash qobiliyati oʻqish savodxonligining ajralmas qismidir. PISA dasturida matnni qidirish va topshiriqlarni tanlash matn koʻrsatkichlari, masalan, toʻplam, maʻlumot manbayi (muallif, jurnal va sana)ni va qidiruv natijalarini koʻrsatish kabi aniq biriktirilgan havolalarni talab qiladi.
Tushunish. Koʻplab oʻqish mashgʻulotlari matnda berilgan maʻnoni tushunish uchun matnning kengaytirilgan qismlari tahlili va integratsiyasini talab etadi. Matnni tushunish («anglash» deb ham nomlanadi) «vaziyat modeli» deb nomlangan oʻquvchi tomonidan yaratilgan matn nimaga oid ekanligi haqidagi aqliy ifoda sifatida koʻrilishi mumkin.
Matnning juzʻiy maʻnosini ifodalashni oʻrganish oʻquvchidan kichik matnlarni va jumlalarni tushunishni talab qiladi. Matnni tushunish zarur maʻlumotni topshiriq va savollarga toʻgʻridan toʻgʻri moslashtirishga olib keladi. Oʻquvchi oʻz imkoniyati doirasida maʻlumot larni darajalarga boʻlishi, ularning ustuvorlik darajalarini belgilashi yoki hajmini kichraytirishiga toʻgʻri kelishi mumkin.
Esda tuting! Butun matn, jumladan, asosiy maʻnoni topish, matnni xulosalash yoki matnga sarlavha tanlash kabi integratsiyani talab qiluvchi topshiriqlar aralash topshiriqlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |