2-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlar tahlili


OʻQISH SAVODXONLIGINING TAʻRIFI



Download 2,32 Mb.
bet4/11
Sana27.05.2022
Hajmi2,32 Mb.
#610639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

OʻQISH SAVODXONLIGINING TAʻRIFI

Oʻqish va oʻqish savodxonligi tushunchalari yillar davomida oʻzgarib, jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat va texnologiya sohalarida oʻz aksini topdi. Oʻqish faqatgina taʻlimning dastlabki bosqichlarida, bolalikda oʻzlashtiriladigan qobiliyat, deb hisoblanmay qoʻydi.


Bugungi kunda bu qobiliyat shaxs butun umri davomida turli xil kontekstlarda oʻz tengdoshlari va keng jamoatchilik bilan muloqot qilish asosida rivojlantirib boradigan bilim, koʻnikma va malakalar, usullar jamlanmasi sifatida taʻriflanadi. Jamiyat hayotida toʻliq ishtirok etish maqsadida inson uchun bilim olish, barcha maʻlumotlarni aniqlash, tushunish va aks ettirish qobiliyati juda muhimdir.
Oʻqish savodxonligi nafaqat taʻlim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish uchun asos, zaruriyat hisoblanadi. Oʻquvchining kitob oʻqish qobiliyatiga eʻtibor qaratish, jumladan, uning maʻlumotni tanlash, tushunish, talqin qilish va baholash tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biridir.
Oʻqish savodxonligi – shaxs oʻzining bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda oʻz oʻrnini topish maqsadiga erishishi yoʻlida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyati demakdir.
Oʻqish savodxonligining quyidagi taʻrifida uning har bir qismiga alohida eʻtibor qaratilgan boʻlib, PISAdagi dalillar va boshqa amaliy tadqiqotlardan foydalangan holda, ushbu soha (domen) taʻrifiga baʻzi muhim oʻzgartirishlar kiritildi va puxta ishlab chiqildi. Bu nazariyadagi oʻzgarishlar va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlarni inobatga olib amalga oshirildi.
Oʻqish savodxonligi…
Oldingi taʻriflarga qaraganda, farqini solishtirar ekanmiz, «Oʻqish» atamasi oʻrnida «Oʻqish savodxonligi» atamasi foydalanilganligini koʻrish mumkin, chunki ushbu jumla mazkur dasturning tadqiqot doirasi, oʻrganish obyektlari haqida, hattoki ayni fan mutaxassisi boʻlmaganlarga ham aniqroq tasavvurlarga ega boʻlishga yordam beradi.
«Oʻqish» koʻp hollarda shunchaki soʻzlardan harf yasash yoki bir shakldan ikkinchisiga (masalan, yozmadan ogʻzakiga) oʻchirish, yoki hatto ovoz chiqarib oʻqish, deb tushunilardi, vaholanki, bu baholashning maqsadi keng qamrovli boʻlib, puxta tekshirishlar asosida amalga oshiriladi.
Oʻqish savodxonligi bir qator aqliy faoliyat va til kompetensiyalarini qamrab oladi. Jumladan, alohida olingan soʻzning maʻnosini tushunishdan tortib, matnning grammatik va lingvistik qurilishini anglash hamda matndan olingan maʻnoni oʻzining olam haqidagi tasavvurlari bilan bogʻlashni oʻz ichiga oladi.
U metakognitiv kompetensiyalarni, yaʻni matn bilan ishlashda kerak boʻladigan turli strategiyalarni bilish va ularni toʻgʻri qoʻllay olishni ham oʻz ichiga oladi. Metakognitiv kompetensiyalar oʻquvchi fikrlaganda, kuzatganda va oʻzining oʻqish mashgʻulotini maʻlum maqsadga yoʻnaltirganda faollashadi.
Garchi «savodxonlik» atamasi biror shaxsning oʻrganish, foydalanish, yozilgan va nashr etilgan maʻlumotni yetkazish kabi salohiyati bilan uzviy bogʻliq boʻlsa-da, bu atama, odatda, shaxsning maʻlum bir fan yoki sohaga oid bilimini anglatadi. Mazkur taʻrif «Oʻqish savodxonligi» atamasini yoritib berish uchun moʻljallangan boʻlib, koʻplab vaziyatlarda va turli maqsadlar uchun oʻqishning faol, maqsadli va qulay shaklini ifodalash fikriga mos keladi.
PISA koʻp sonli oʻquvchilarni baholaydi. Bu oʻquvchilarning baʻzilari ilmiy yoki kasbiy sohani egallash uchun universitetga borishadi, boshqalari ishga joylashish uchun zarur tayyorgarlik koʻnikmalarini egallaydilar, baʻzilari esa umumiy oʻrta taʻlimni tamomlashi bilanoq oddiy ishga joylashadilar. Ularning ilm yoki mehnat faoliyatini tanlashidan qatʻi nazar, oʻquvchilarning fuqarolik jamiyatida hamda shaxsiy hayotdagi faol ishtiroklarida oʻqish savodxonligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish