2-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlar tahlili


PISA – OʻQUVCHILARNING SAVODXONLIGINI BAHOLASH XALQARO DASTURI UMUMIY TUSHUNCHALAR



Download 2,32 Mb.
bet2/11
Sana27.05.2022
Hajmi2,32 Mb.
#610639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

PISA – OʻQUVCHILARNING SAVODXONLIGINI BAHOLASH XALQARO DASTURI UMUMIY TUSHUNCHALAR

PISA oʻquvchilarning oʻqish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi boʻlib, oʻquvchilarning maktabda egallagan bilim va koʻnikmalarini hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishlarini aniqlashga moʻljallangan. Shuningdek, PISA xalqaro baholash dasturi oʻquvchilarning taʻlim olishga boʻlgan munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli maʻlumotlar toʻplaydi hamda ularning muammoni hal qila olish koʻnikmalarini ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda oʻquvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.


PISA xalqaro baholash dasturining natijalari asosida dunyo mamlakatlari oʻquv dasturlarida mavjud boʻlgan talablar doirasida oʻquvchilarning oʻz bilim va koʻnikmalarini hayotiy vaziyatlarda qoʻllash, fikrlash va muloqat qilish qobilyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday oʻquv dasturini belgilamaydi yoki targʻib qilmaydi, yoki umumiy eʻtirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilari oʻquvchilarda tabiiy fanlardan bilim, koʻnikmalar shakllanishi hamda mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun dastlabki muhim qadam deb eʻtirof etadi.
PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT (OECD)– Organisation for Economic Cooperation and Development) tomonidan amalga oshiriladi.
Tadqiqot ilk bor 2000-yilda oʻtkazilgan boʻlib, har uch yilda bir marotaba amalga oshiriladi.


PISA tadqiqoti quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
► taʻlim sohasidagi eng yirik, keng koʻlamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
► tadqiqotda umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida taʻlim olayotgan 15 yoshli oʻquvchilar ishtirok etadi;
► oʻquvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, yaʻni ularning maktabda egallagan bilim va koʻnikmalaridan hayot faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi;
► oʻquvchilarning matematika, oʻqish (matnni tushunish), tabiiy fanlar yoʻnalishlari va global muammolarni hal etish borasidagi funksional savodxonligi1 baholanadi;
► tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar taʻlim tizimining oʻziga xosligi boʻyicha maʻlumot olish imkonini beradigan kontekst axborot toʻplanadi.
Oʻzbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi quyidagilarga imkon yaratadi:
► umumtaʻlim maktablari bitiruvchilarining taʻlim olishni davom ettirishga qay darajada tayyor ekanini aniqlash;
► mamlakatda umumiy oʻrta taʻlimni takomillashtirish yoʻnalishlarini aniqlash;
► oʻquvchilarning taʻlim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlar taʻlim tizimlari haqida qiyosiy maʻlumotlar olish.
PISA tadqiqoti haqida qoʻshimcha maʻlumotlarni Oʻzbekistonda mazkur tadqiqotni oʻtkazishga masʻul hisoblangan Taʻlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining rasmiy veb-sayti (markaz.tdi.uz) va IHTT (www.oecd.org/pisa) saytidan olish mumkin. PISA tadqiqotlari nima uchun har uch yilda bir marotaba oʻtkaziladi va unda faqat 15 yoshli oʻquvchilar qatnashadi?
PISAning asosiy vazifasi mamlakatlarni taʻlim siyosatiga oid maʻlumotlar bilan taʻminlash va qarorlar qabul qilishda ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda oʻtkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlar va tegishli dasturlarning taʻsirini hisobga olish uchun maʻlumot va tahlillarni oʻz ichiga olgan holda oʻz vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Аgar tadqiqotni oʻtkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, oʻzgarishlar va yangilanishlar uchun yetarli vaqt va kerakli maʻlumotlarni toʻplay olmaslik muammosi vujudga keladi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish