2-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlar tahlili


Tafovutlarni aniqlash va ular bilan ishlash



Download 2,32 Mb.
bet9/11
Sana27.05.2022
Hajmi2,32 Mb.
#610639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Tafovutlarni aniqlash va ular bilan ishlash. Koʻp qismli va qarama-qarshi fikrli matnlarga duch kelganda oʻquvchilar shu kabi tafovutlardan va ular bilan ishlash usullaridan xabardor boʻlishlari lozim. Odatda, tafovutlar bilan ishlash oʻquvchidan oʻzining ishonchli manbalariga asoslanib, qarama-qarshi fikrlarni aniqlashi va ularning ishonchliligini baholashini talab etadi.
Ushbu koʻnikmalar zamonaviy oʻqishning koʻp qismini oʻz ichiga olgani sababli, 15 yoshli bolalar xilma-xil matnlarni umumlashtirish, taqqoslash, tushunish kabi qiyinchiliklarga nechogʻliq tayyor ekanliklarini aniqlash muhim masala hisoblanadi.
TOPSHIRIQNI BAJARISH JARAYONI

O ʻqish savodxonligi oʻquvchidan oʻz qobiliyatlaridan toʻgʻri foydalana olishni talab etadi: u xoh topshiriq uchun oʻqish boʻlsin, xoh shu maqsadga erishish yoʻlidagi rivojlanishni kuzatish boʻlsin, xoh mashgʻulot davomida oʻzlarining uslub va maqsadlari yoʻlida oʻz-oʻzini boshqaruv boʻlsin.


Topshiriqqa yoʻnaltirilgan maqsadlar oʻquvchini topshiriq bilan bogʻliq matn yoki jumlalarni izlashga undaydi. Metakognitiv kuzatuv jarayonlari butun oʻqish mashgʻuloti davomida maqsadni tez-tez yangilab turishga imkon yaratadi. Topshiriqni bajarishda matnni qayta ishlash jarayonining tag zamiriga eʻtibor qaratilib, ushbu jarayonning turli metakognitiv darajalarini qamrab oladi.
Oʻquvchining topshiriq talablariga shaxsiy yondashuvi topshiriqni bajarish jarayonida muhim ahamiyat kasb etib, oʻqish maqsadining tuzilishi oʻquvchining qiziqish va tashabbuslaridan kelib chiqib vujudga keladigan maqsadlar kabi muayyan topshiriqlar yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi. Shunga qaramay, PISA tadqiqotida oʻqish savodxonligini baholash faqatgina oʻquvchining berilgan topshiriqni bajarish uchun tashqi harakatlarni qabul qilish koʻnikmasini shakllantirishga boʻlgan maqsadni inobatga oladi.


PISA MATEMATIK SAVODXONLIK

Har bir davlat matematik savodxonlik yoki kompetentlik tushunchasi boʻyicha oʻz qarashlariga ega va unga kutilgan natija sifatida erishish uchun oʻz taʻlim jarayonini tashkil qiladi. Tarixan matematik savodxonlik yoki kompetentlik asosiy arifmetik koʻnikmalarga ega boʻlish, xususan, butun sonlar, oddiy va oʻnli kasrlar ustida qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallarini bajarish, foizlarni hisoblash, sodda geometrik shakllarning yuzi va hajmlarini hisoblash kabi koʻnikmalarni oʻz ichiga olib kelgan. Oxirgi paytlarda esa raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi odamlarda maʻlumotlar oqimidan shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli maʻlumotlarni olish imkoniyatlarining


paydo boʻlishi, turmushning sogʻliq va sarmoyalar bilan bogʻliq sohalarida, ob-havo va iqlim oʻzgarishlari, soliqqa tortish, davlat qarzi, aholi sonining oʻsishi, yuqumli kasalliklar epidemiyasining tarqalishi, jahon iqtisodiyoti kabi ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan bogʻliq koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojlarni ham keltirib chiqardi. XXI asr hayotiy ehtiyojlarining bunday kun sayin oʻzgarib borishi esa oʻz navbatida
matematik savodxonlik tushunchasining kengayib, takomillashib borishini taqozo etmoqda.

Rasm. Kompetensiyalarning tarkibiy qismlari va faoliyat.

Asr boshida eʻlon qilingan «XXI asr koʻnikmalari» roʻyxatiga qiziqish oshib bormoqda. Soʻnggi 15 yil davomida bu koʻnikmalar roʻyxati va uni takomillashtirish borasida koʻplab munozarali chiqishlar boʻlayotgan boʻlsa-da, qator davlatlar oʻz taʻlim tizimiga bu koʻnikmalarni singdirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlarni kiritmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ham bu borada 25 ta mamlakat mutaxassislari ishtirokida «Kelajakda taʻlim va koʻnikmalar, OECD – 2030» deb nomlangan 2030-yilgacha moʻljallangan loyihani moliyalashtirgan.



Rasm. XXI asr koʻnikmalari. TA ʻRIF
Xususan, PISA xalqaro tadqiqotlar dasturida ham bu koʻnikmalarni singdirish ishlari davom etmoqda. Jumladan, PISA–2021 tadqiqotlari doirasiga «XXI asr koʻnikmalari» ichidan bevosita matematik savodxonlik tushunchasiga daxldor boʻlgan quyidagi 8 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha koʻnikmalarni baholash kiritilmoqda:
I
Shundan kelib chiqib, PISA tadqiqotlarining asosiy yoʻnalishlari, matematik savodxonlik tushunchasining mohiyati ham yildan yilga takomillashib bormoqda. Xususan, matematik savodxonlikni baholash PISA–2021 tadqiqotlarida muhim oʻrin tutadi, chunki 2021-yilda unga ustuvor yoʻnalish sifatida qaraladi. 2000-yildan 2018-yilgacha boʻlib oʻtgan tadqiqotlarda ham oʻquvchilarning matematik savodxonligi baholangan boʻlsa-da, ushbu yoʻnalish faqat 2003 va 2012-yillarda ustuvor boʻlgan.
PISA tadqiqotlarida oʻquvchilarning matematik tayyorgarligini baholashda
quyidagi uch jihatga alohida eʻtibor qaratiladi:
– topshiriqlar oʻquvchilarning kundalik hayotdagi qiziqishlari va ehtiyojlariga
mosligi;
– muammo mazmuni (kontekst)ning hayotiyligi;
– matematikani qoʻllash bosqichlarining faqat ayrimlarini emas, balki barchasining toʻliq qamrab olinganligi, yaʻni bu jarayonning bir qisminigina bajarish (masalan, tenglamani yechish, algebraik ifodani soddalashtirish) emas, balki masalani tushunish bosqichidan boshlab, uni matematik tilda ifodalash, yechish va yechimni talqin qilishgacha boʻlgan barcha bosqichlarning hammasini qamrab olinganligi. Bu jihatlar oʻquvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni, yaʻni matematik savodxonlik tushunchasida oʻz aksini topgan.
Matematik savodxonlik tushunchasi turli yillardagi tadqiqotlarda turlicha talqin qilingan. Oxirgi tadqiqot natijalariga koʻra unga quyidagicha taʻrif berish mumkin:
M atematik savodxonlik taʻrifida asosiy urgʻu turli sharoitlarda berilgan real muammolarni yechish uchun matematika bilan faol munosabatga berilib, matematik mulohazalar yuritishni, xoh u induktiv, xoh u deduktiv boʻlsin, hamda tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar yordamida, yaʻni matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va oldindan aytib berishda matematik mulohaza yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt va vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan oʻrni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning koʻzini biladigan (konstruktiv) XXI asr fuqarosi uchun zarur boʻlgan, asosli
mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini oʻzida shakllantirishga yordam beradi. Matematik savodxonlik maxsus tuzilgan topshiriqlar yordamida baholanadi va tadqiq qilinadi. Bu topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan muayyan talablarga javob berishi lozim boʻladi.
Matematik savodxonlikni baholashga qaratilgan maxsus PISA sinov topshirigʻining tuzilmasi (modeli) quyidagi 3 jihat asosida tuziladi:
– topshiriq tegishli boʻlgan matematika fanining mazmun sohasi, yaʻni boʻlimlari;
– muammo mazmuni yoki konteksti;
– topshiriqni bajarishda oʻquvchilar namoyish qilishi lozim boʻlgan aqliy faoliyat turi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish