barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida juda ko‘p odam to‘planib, ular tantanalar va
o‘yin-kulguda qatnashadilar. Ayrim ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval ko‘rinishida
o‘tadi.
Har bir ibodatxonada “sintay” xudosi turadigan “xonden” (muqaddas joy) bor. Xondenning
yonida “xayden” (ibodat qiluvchilar turadigan joy) bo‘ladi. Ibodatxonalarda xudolar timsoli yo‘q.
Ammo ba’zi ibodatxonalar sher, ba’zilari tulki, maymun yoki kiyik timsollari bilan bezatilgan. Bu
hayvonlar muayyan xudolarning elchisi hisoblanadi. Bularning barchasi sintoiylikning turli-
tuman, o‘ziga xos milliy e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Xalq orasida tulki tabiatiga ega bo‘lgan odamlarni sehrgar, folbin,
bashoratchilik
xususiyatiga ega deb hisoblaydilar. Ular tulki timsolidagi xudoga sig‘inadilar. Qadimda yaponlar
bo‘riga sig‘inishgan. Yaqin-yaqinlargacha ular bo‘rini Akami tog‘larining ruhi deb hisoblab
kelishgan. Shuningdek, yaponlar toshbaqa, ilon, chuvalchang, baliq, ninachi, akula, krab kabi
ko‘plab turli hayvonlarni muqaddas hisoblab, ularning timsollarini yomon ruhlardan himoya
qiluvchi, omad-baxt keltiruvchi narsalar sifatida uylari, ibodatxonalariga osib qo‘yadilar. Undan
tashqari, o‘simliklardan ba’zi daraxt va gullarni, jonsiz narsalardan tog‘, buloq, tosh kabilarni ham
ilohiylashtiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu urf-odatlar diniy e’tiqoddan ko‘ra ko‘proq
xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog‘liq.
Iudaizm
- eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy
dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘sha
davrda mavjud
bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida
maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan
Shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm,
magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga sig‘inish hukmronlik qilgan.
Yahudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning
"muqaddas'' kitoblar to‘plamida hayvonlarni va o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali
kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor.
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalk.", unga
dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning
isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar
iudaizm
ta’limotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning
ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha
bor o‘zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan
kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalarn ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har
bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan, shuningdek moddiy olam
hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring
qancha bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda
mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak)
Yoqub
(Iakov), Yusuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan.
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y
beriShi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida
shakllangan.
Ammo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar
taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. Chunki qabilaviy xudolar evolyusiyasi natijasida yagona
xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga
asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa
qabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon,
Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda
qabilasi kuchli hisoblanib, obro‘si juda oshib ketgan, uning xudosi Yaxve esa barcha xudolardan
yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda Yaxve
tog‘-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. quldorlik davlatining
barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy qabilalarini yaqinlashishi va birlashishiga olib kelgan.
Yahudiy davlati vujudga kelishi bilan yahudiy qabilalari o‘zlarini erda hukmdor deyish bilan
cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida tan olishgan.
Shu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi qabila
xudolaridan biri bo‘lgan Yaxve yakka deb e’tirof etilgan. qudus (Ierusalim)
shahrida markaziy
ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. Yahudiylik monoteizm sinfiy
munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi
tengsizlikni oqlagan.
Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini
mustaqkamlagan, hamda podshoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. Yahudiy ruhoniylari,
kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni, urf-odat, marosimlarni
hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash orqali
iudaizmning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o‘zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar.
Shunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta’limotining vujudga kelishi uzoq
davrlarni o‘z ichiga olgan. Shulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya tekstlari bir necha
yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va Yangi
axdnoma (Novy zavet) dan iborat. Iudaizm ruhoniylari Yangi axdnoma tannax deb ataydilar.
Iudaizm
tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo - Yaxve "mukaddas yozuvlar" sifatida
yahudiylarga yuborgan. Aslida esa Yangi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi Sharq
xalqlarining turli diniy e’tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va diniy-falsafiy
qarashlar, muhabbat kissalari va boshqa shunga o‘xshash manbalardan foydalanganlar.
Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir
necha bor bosib oliniShi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar.
Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Kuddusi Sharif ibodatxonasini
buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy
yig‘ilishlar - sinagoglar
4
tashkil etdilar.
Yahudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. Yahudiy dinida
muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 5 ta kitobdan
iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo bo‘lgan.
Ularni
qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy
urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va
boshqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan.
Yahudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo - Yaxvega e’tiqod qilishdir. Diniy aqidalardan
birida zamona oxir bo‘lgach, Yaxve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni yuborib, "mumtoz xalq" ni
dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda maxdiylik g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso
xudoning amrini erga etkazib turuvchi payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni
yovuzlikdan, gunoxdan saqlash maqsadida xudo erga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan.
Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta’limotining muhim akidalaridan
biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o‘rnatib, olamni yangilovchi
Maxdiyning kelishini kutishdir. Iudaizm ta’limoti inson hayotini 600 turdan zied toat-ibodat, urf-
odat bilan bog‘laydi.
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘nalishari paydo bo‘lgan. Iudaizmda
XX
asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni
zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o‘z sistemasiga ba’zi tuzatishlar
kiritishga majbur etdi.
Iudanizmning asosiy aqidalaridan orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona xudo
bo‘lmish Yaxvega e’tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor Mahdiga
ishonch; bu xaloskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni falastindan Sinion (Quddus
4
Кейинчалик синагога (грекча
Do'stlaringiz bilan baham: