Mavzu: Mashinasozlik sanoati
Reja:
1.Mashinasozlik rivojlanish tarixi.
2.Mashinasozlik sanoati tarmoqlari.
3.Elektronika va elektrotexnika .
Mashinasozlik rivojlanish tarixi
Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida 18-asrda vujudga keldi, dastlab 19-asrda Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavodi 18-asrda qurilgan.
Oʻzbekistonda Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi.
1920-yillardan qishloq xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud taʼmirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927-yil noyabr da Toshkentda "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931-yil da bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish va q.h. texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadigan "Qishloqmash" (hozirgi "Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" ak-siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yoʻlga qoʻ-yildi.
1941—45 yillardagi oʻrush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi oʻzgardi.
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi, toʻqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sano-atining salmogʻi katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi boʻlgan avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi
Mashinasozlik tarkibi jihatidan eng murakkab tarmoq bo'lib, 70 dan ortiq tarmoqlarni o'z ichiga oladi.
Mashinasozlik sanoat tarmoqlari
- Mashinasozlik tarkibi jihatidan eng murakkab tarmoq bo'lib, 70 dan ortiq tarmoqlarni o'z ichiga oladi.
- Bu tarmoqlarning asosiylari - transport muhandisligi, asbobsozlik, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, texnik uskunalar ishlab chiqarish.Mashinasozlik sanoati korxonalarining joylashish omillari ko'p jihatdan ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq.
- Majmua tarmoqlarini ularning paydo bolgan davrlarga ko‘ra (eski, yangi, zamonaviy),ulardan foydalanish xolatiga ko’ra (umumiy, transport mashinasozligi, elektronika,va elektrotexnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, yo‘l qurilish mashinasozligi, asbobsozligi),texnologik va hududiy joylashuvi xususiyatlariga ko’ra (metal ko‘p talab qiluvchi, ishchi kuchi talab etuvchi,fantalab mashinasozlik sohalari )guruhlashtirish mumkin.
- Bu xolatning yuzaga kelishida bazi tarmoq sohalarining ishchi kuchini ko‘p talab etishi , ularning malakaviy xususiyatga (ayniqsa asbobsozli,elektronika,elektrotexnika, aviatsiya, aerokosmik,sohalarida),maxsus ilmiy tadqiqot muassasalari va laboratoriyalarning mavjudlik xolalatlari kabilar ta’sir ko’rsatadi.
Elektronika va elektrotexnika
- Elektrotexnika (elektro... va texnika) — fan va texnikaning energiyani oʻzgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.
- Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi E.ning yaratilishiga olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |