Muhammad Yoqub Chingiy “Kelurnoma” asari haqida



Download 14,62 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi14,62 Kb.
#659108
Bog'liq
Leksikografiya MT Wikipedia


Wikipedia
Muhammad Yoqub Chingiy “Kelurnoma” asari haqida
Muhammad Yoqub Chingiy (XVII asr 2-yarmi — XVIII asr boshlari, Boburiylar davlati) — lugʻatshunos olim. Boburiylar sulolasi vakillaridan Avrangzeb (1658—1707) hukmronligi davridayashagan.

Muhammad Yoqub Chingiy tarjimai holi boʻyicha uning saroyda xizmat qilgani, Kelurnoma nomli oʻzbekcha-forscha lugʻat tuzganidan boshqa maʼlumot mavjud emas. Ushbu lugʻat 15 bobdan iborat boʻlib, uning 1—14-boblarida 400 ga yaqin turkiy (oʻzbekcha) feʼllar arab alifbosi tartibida har biri 15 tagacha shaklda berilgan. Masalan, aytmoq feʼli asosiy shakl sifatida keltirilib, undan keyin aytti — aytiptur — aytur — aytibidi — aytadur — aytmadi — aytmaptur — aytmas — aytmabidi — aytmadur — ayt — aytma — aytarbiz — aytmasbiz kabi zamon va mayl shakllari forscha tarjimasi bilan berilgan. Lugʻatning soʻnggi, 15-bobi, oʻz navbatida, 9 ta qismga boʻlinadi: bunda 820 ga yaqin soʻz va shakllar mavzu guruhlariga boʻlib berilgan.



Muhammad Yoqub Chingiy Kelurnomani tuzishda XVIII asrda Hindistonda yashagan turkiyzabon aholining ogʻzaki nutqidagi lugʻaviy birliklarni qamrab olishga harakat qilgan. Bunday birliklarning aksariyati hozirgi oʻzbek tilida ham qoʻllansa, ayrimlari (arna, atan, acha, egachi, engak, but, ildirim va boshqalar) oʻzbek tili shevalarida uchraydi, baʼzi birlari esa arxaiklashib, hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Lugʻatning 2 ta qoʻlyozma nusxasi mavjud boʻlib, ularning biri Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida (inv. №5052), ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi

Manbalar:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar:
•Muhammad Yakub Chingi, Kelurname (starooʻzbeksko-persidskiy slovar XVIII v.). Vvedeniye, transkripsiya, perevod teksta, glossariy A. Ibragimovoy, T., 1982.
Download 14,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish